O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ
ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ
Ibora to'liq holda
 
Yubiley tangalari

Banknotlar va tangalar

Foydali manbalar

Bosh sahifa > Bank tizimiga oid qonun hujjatlari > Prezident qarorlari >

Yangilangan sana: 12.04.2011

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
2005 yil 15 aprel, PQ-57-son

"Naqd pul muomalasini takomillashtirish va bankdan tashqari aylanmani qisqartirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida

Qayd etilsinki, naqd pul muomalasini erkinlashtirish bo'yicha keyingi yillarda amalga oshirilgan chora-tadbirlar, eng avvalo, kassa rejalari bekor qilinishi, tijorat banklarining vakillik hisobvaraqlaridagi mablag'lari doirasida ularga naqd pullar monesiz berilishi, naqd pullarni inkassatsiya qilishni tashkil etish tizimi takomillashtirilishi bank kassalariga naqd pul tushumining ancha ko'payishiga, pul tizimi mustahkamlanishiga va to'lov intizomi mustahkamalanishiga olib keldi.

Shu bilan bir vaqtda bozor islohotlari va iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish ustuvor vazifa sifatida bankdan tashqari aylanmani qisqartirish, ayniqsa Qoraqalpog'iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida ish haqi va boshqa to'lovlar o'z vaqtida to'lanishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etadi.

Pul muomalasi mexanizmlarini yanada takomillashtirish, naqd pullarning bankdan tashqari aylanishini keskin qisqartirish, mehnatga haq to'lash, ijtimoiy va boshqa to'lovlar bo'yicha hisob-kitoblar o'z vaqtida amalga oshirilishini ta'minlash maqsadida:

1. Quyidagilar hisobiga bo'sh naqd pul mablag'larining bankdan tashqari aylanmasini tubdan qisqartirish va ularni banklarga jalb etish mahalliy davlat hokimiyati organlari, tegishli vazirliklar, idoralar va nazorat organlari, shuningdek barcha bank muassasalari faoliyatining muhim yo'nalishlari etib belgilansin:

naqd pul tushumi to'liq hisobga olinishi va inkassatsiya qilinishi, qonun hujjatlarida ko'zda tutilgan tartibda naqd pulga tovarlar sotadigan va xizmat ko'rsatadigan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan nazorat-kassa mashinalari so'zsiz qo'llanilishi ustidan soliq nazorati mexanizmini takomillashtirish;

aholi jamg'armalari va xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning bo'sh pul mablag'larini bank omonatlariga, ayniqsa muddatli depozitlarga jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

qonun hujjatlarida ko'zda tutilgan barcha hollarda aholi depozitlaridan va xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning hisobvaraqlaridan naqd pullarni monesiz berish, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga muvofiq pul massasini boshqarish, naqd va naqdsiz pul hisob-kitoblari o'rtasidagi farqlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish tizimini yaratish;

aholi mablag'larini jalb etish bilan bog'liq bank krediti berish, birinchi navbatda respublikamiz korxonalarida ishlab chiqarilgan tovarlarni sotib olishga iste'mol krediti, shuningdek uy-joy qurilishiga ipoteka krediti berishning yangi shakllarini faol rivojlantirish va ko'lamini kengaytirish;

qishloqda savdo-sotiqni keng rivojlantirish uchun soliq imtiyozlari tizimini yaratish, shu jumladan qishloq joylarda shahar do'konlari va supermarketlari filiallari tarmoqlarini vujudga keltirish, ularning aylanma kapitalini shakllantirish mexanizmini joriy etish;

bozor infratuzilmasi institutlarini, birinchi galda, sug'urta va lizing xizmatlari ko'rsatadigan, aholining bo'sh mablag'larini safarbar etadigan korxonalarni rivojlantirish.

2. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi tijorat banklari bilan birgalikda ishlab chiqqan bankdan tashqari aylanmani tubdan qisqartirish va naqd pul massasini bank operatsiyalariga jalb etish bo'yicha Kompleks chora-tadbirlar ro'yxati ilovaga* muvofiq ma'qullansin.

* Ilova berilmaydi.

Oldingi tahrirga qarang.

(3-band O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 29 sentyabrdagi PQ–193-son qaroribilan o'z kuchini yo'qotgan — O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2005 y., 39-son, 296-modda)

4. Pul-kredit siyosati bo'yicha respublika komissiyasi har oy o'z majlislarida respublika mintaqalaridagi pul muomalasining holatiga oid masalalarni ko'rib chiqsin hamda ularning natijalari bo'yicha Vazirlar Mahkamasiga tegishli axborot va aniq takliflar kiritsin.

5. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Respublika inkassatsiya birlashmasi, Davlat soliq qo'mitasi va tijorat banklari:

inkassatsiya xizmatlari faoliyatini tashkil qilishni takomillashtirish bo'yicha Hukumat qarorlari qat'iy ijro etilishini ta'minlasin;

naqd pul tushumini inkassatsiya qilishda qabul qilingan sxema aniq va so'zsiz bajarilishi, eng avvalo respublika mintaqalarida savdo tushumini inkassatsiya qilish qoidalariga rioya etilishi, naqd pul mablag'larining bank kassalariga o'z vaqtida kelib tushishi va ularning muomalaga chiqarilishi ustidan qattiq nazorat o'rnatsin;

inkassatsiya qilingan naqd pul tushumining hajmlari amalda vujudga keladigan chakana savdo va pulli xizmat hajmlariga mos kelishi ustidan doimiy monitoringni amalga oshirsin.

6. O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari:

belgilangan savdo qoidalariga rioya etilishi, nazorat kassa mashinalari mavjudligi, pul tushumining bank kassalariga to'liq va o'z vaqtida topshirilishi ustidan qat'iy nazoratni ta'minlasin;

savdo, uy-joy kommunal sohasi, aloqa, yo'lovchi transporti xizmatlar hamda boshqa turdagi pulli xizmatlarni tashkil qilishni takomillashtirish va rivojlantirish hisobiga naqd pul mablag'lari kelib tushadigan qo'shimcha manbalarni aniqlash borasidagi tizimli ishlarni tashkil qilsin.

7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari R.S. Azimov va O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklatilsin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
I. KARIMOV

Toshkent sh.