O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ
ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ
Ibora to'liq holda
 
Yubiley tangalari

Banknotlar va tangalar

Foydali manbalar

Bosh sahifa > Bank tizimiga oid qonun hujjatlari > Qonunlar >

Yangilangan sana: 25.01.2012

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

2011 yil 4 oktyabr

¹ O'RQ—301

KREDIT AXBOROTI ALMAShINUVI TO'G'RISIDA

Qonunchilik palatasi tomonidan 2011 yil 11 avgustda
qabul qilingan Senat tomonidan 2011 yil 26 avgustda
ma'qullangan

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi kredit axboroti almashinuvi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

2-modda. Kredit axboroti almashinuvi
  to'g'risidagi qonun hujjatlari

Kredit axboroti almashinuvi to'g'risidagi qonun ­hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining kredit axboroti ­almashinuvi to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda ­tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, ­xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.

3-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar ­qo'llaniladi:

kredit bitimi — kredit, qarz, lizing, faktoring, sug'urta shartnomasi hamda pul mablag'lari va boshqa mol-mulkni qarzga berishni, shu jumladan tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun to'lovni bo'nak (oldindan to'lash), ­kechiktirib yoki bo'lib-bo'lib to'lash tarzida berishni ­nazarda tutuvchi boshqa shartnomalar;

kredit axboroti almashinuvi — kredit byurosi, ­kredit axboroti sub'ekti, kredit axborotini etkazib beruvchi va kredit axborotidan foydalanuvchining kredit tarixini shakllantirish hamda kredit hisobotini taqdim etish maqsadida kredit axborotini yig'ish, unga ishlov berish, uni tahlil qilish, saqlash, taqdim etish, undan foydalanish va kredit axborotini himoya qilish borasidagi hamkorligi;

kredit axboroti sub'ekti — kredit bitimi bo'yicha tegishincha qarz oluvchi (qarzdor), lizing oluvchi, kafil, kafolat beruvchi, garovga qo'yuvchi, shuningdek sug'urtalovchi sifatida ishtirok etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;

kredit axborotini etkazib beruvchi — kredit ­axborotini kredit byurosiga taqdim etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;

kredit axborotidan foydalanuvchi — kredit ­bitimi bo'yicha tegishincha kreditor, lizing beruvchi, garovga ­oluvchi, shuningdek sug'urta qildiruvchi sifatida ­ishtirok etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.

4-modda. Kredit axboroti

Kredit axboroti — kredit bitimining holati, berilgan ta'minot bo'yicha (garov, kafolat, kafillik, kreditni to'lamaslik xavfini sug'urtalash va ta'minotning boshqa turlari bo'yicha) majburiyatlarning bajarilishi haqidagi ma'lumotlar, shuningdek kredit axboroti sub'ektining kredit qobiliyatini, moliyaviy holatini, to'lov qobiliyatini, to'lov intizomini va o'zga sifatlarini aniqlashga ko'maklashuvchi boshqa axborot, shu jumladan:

kredit axboroti sub'ektini va kredit axborotini ­etkazib beruvchini identifikatsiyalash imkonini ­beradigan;

kredit axboroti sub'ektining fuqarolik-huquqiy ­shartnoma bo'yicha pul summasini to'lash majburiyatlari to'g'risidagi;

kredit axboroti sub'ektiga aloqador shaxslar ­to'g'risidagi;

kredit bitimi bilan bog'liq mol-mulk to'g'risidagi ­ma'lumotlar.

5-modda. Kredit tarixi

Kredit tarixi — kredit byurosi tomonidan kredit ­axboroti sub'ektiga nisbatan shakllantirilgan kredit axboroti majmui.

Kredit tarixi o'z ichiga:

kredit axboroti sub'ektini identifikatsiyalash imkonini beradigan;

kredit axboroti sub'ektining kredit bitimlari ­to'g'risidagi, shuningdek ularning ijro etilishi holati haqidagi;

kredit axboroti sub'ektining fuqarolik-huquqiy shart­noma bo'yicha pul summasini to'lash majburiyatlari to'g'risidagi;

kredit tarixini shakllantirish sanasi to'g'risidagi, shuningdek kredit tarixini shakllantirgan kredit ­byurosi haqidagi ma'lumotlarni olishi kerak.

Kredit tarixiga kredit axboroti almashinuvi to'g'risidagi shartnomaga muvofiq boshqa ma'lumotlar ham ­kiritilishi mumkin.

Kredit axboroti sub'ektining bajarilish sanasidan e'tiboran besh yildan ko'p vaqt o'tgan pul summasini to'lash majburiyatlari to'g'risidagi ma'lumotlar kredit tarixiga kiritilmaydi.

6-modda. Kredit hisoboti

Kredit hisoboti — kredit tarixi tarkibiga kiruvchi axborotni to'liq yoki qisman o'z ichiga olgan hujjat.

Kredit hisobotining shakli, mazmuni va uni taqdim etish tartibi kredit axboroti almashinuvi to'g'risidagi shartnomada belgilanadi.

Kredit hisoboti kredit byurosi tomonidan quyidagilarga taqdim etiladi:

kredit axborotidan foydalanuvchiga — kredit axboroti sub'ektining roziligi bilan;

kredit axboroti sub'ektiga — mazkur kredit axboroti sub'ektining barcha kredit axboroti etkazib beruvchilari va kredit axborotidan foydalanuvchilarining identifikatsiya ma'lumotlari ko'rsatilgan so'rovi bo'yicha.

Kredit hisoboti kredit byurosi uni taqdim etish to'g'risida so'rov olgan kundan e'tiboran ikki ish kunidan ko'p bo'lmagan muddatda taqdim etiladi.

Kredit hisoboti faqat bitta kredit axboroti sub'ekti xususida taqdim etiladi.

7-modda. Kredit byurosi

Kredit byurosi — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etilgan va kredit axboroti almashinuvini amalga oshirish bo'yicha xizmatlar ko'rsatuvchi yuridik shaxs.

Kredit byurosining faoliyati litsenziya asosida amalga oshiriladi.

Kredit byurosi o'zining firma nomi davlat tilida to'liq yozilgan hamda joylashgan eri ko'rsatilgan yumaloq muhrga ega bo'lishi lozim. Muhrda bir vaqtning o'zida firmaning nomi boshqa istalgan tilda ham ko'rsatilishi mumkin.

Kredit byurosining firma nomida «kredit byurosi» degan so'z birikmasi yozilgan bo'lishi kerak. Ushbu Qonun talablariga javob bermaydigan yuridik shaxs o'z nomida «kredit byurosi» degan so'z birikmasidan foydalanishga haqli emas.

Kredit byurosi o'zining firma nomi yozilgan shtamplarga, blankalarga va o'z emblemasiga ega bo'lishga haqli.

8-modda. Kredit byurosini davlat ro'yxatidan 
o'tkazish va kredit byurosi faoliyatini 
amalga oshirish uchun litsenziya berish

Kredit byurosini davlat ro'yxatidan o'tkazish va kredit byurosi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) berish O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi.

Kredit byurosini davlat ro'yxatidan o'tkazish va ­litsenziya berish uchun O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga joylashgan eri (pochta manzili) ko'rsatilgan holda ariza berilib, unga quyidagilar ilova qilinadi:

muassislar umumiy yig'ilishining kredit byurosini tashkil etish to'g'risidagi bayonnomasi;

kredit byurosining ta'sis hujjatlari;

kredit byurosining rahbari va muassislari haqidagi ma'lumotlar;

kredit axborotini ruxsat etilmagan holda unga kirishdan, yo'q qilib yuborishdan, o'zgartirishdan, undan foydalanishdan yoki uni oshkor etishdan himoya qilishni ta'minlovchi dasturiy-texnikaviy kompleksning parametr­lari va joylashuvi O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan talablarga ­muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar;

kredit byurosining ustav fondi shakllantirilganligini tasdiqlovchi bank hujjati;

davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun davlat boji to'langanligi to'g'risidagi bank to'lov hujjati.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki davlat ro'yxatidan o'tkazish va litsenziya berish uchun hujjatlar ­taqdim etilgan kundan e'tiboran o'ttiz kun ichida kredit ­byurosini davlat ro'yxatidan o'tkazishni amalga oshiradi va litsenziya beradi.

Kredit byurosining ta'sis hujjatlariga kiritilgan o'zgartishlar va qo'shimchalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ro'yxatdan o'tkazilishi kerak.

Kredit byurosini davlat ro'yxatidan o'tkazganlik uchun davlat bojining miqdori O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Kredit byurosiga litsenziya berganlik uchun davlat boji undirilmaydi.

9-modda. Kredit byurosini davlat ro'yxatidan 
o'tkazishni va litsenziya berishni
 rad etish

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki kredit ­byurosini davlat ro'yxatidan o'tkazishni va litsenziya ­berishni quyidagi hollarda rad etishi mumkin:

davlat ro'yxatidan o'tkazish va litsenziya berish uchun zarur bo'lgan hujjatlar taqdim etilmaganda;

ta'sis hujjatlari va taqdim etilgan boshqa hujjatlar qonun hujjatlariga muvofiq bo'lmaganda;

davlat ro'yxatidan o'tkazish va litsenziya berish uchun taqdim etilgan hujjatlarda noto'g'ri yoki buzib ko'rsatilgan ma'lumotlar mavjud bo'lganda;

kredit axborotini ruxsat etilmagan holda unga ­kirishdan, yo'q qilib yuborishdan, o'zgartirishdan, undan foydalanishdan, uni oshkor etishdan himoya qilishni ­ta'minlovchi dasturiy-texnikaviy kompleks mavjud bo'lmaganda yoki dasturiy-texnikaviy kompleks belgilangan talablarga muvofiq bo'lmaganda;

kredit byurosining rahbari belgilangan malaka ­talablariga muvofiq bo'lmaganda.

Kredit byurosini davlat ro'yxatidan o'tkazishni va litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi qaror rad etish sabablari hamda ariza beruvchi ko'rsatilgan sabablarni bartaraf qilib, takroran ko'rib chiqish uchun ariza berishi mumkin bo'lgan muddat ko'rsatilgan holda ariza beruvchiga yozma shaklda yuboriladi. Bunda kredit byurosini davlat ro'yxatidan o'tkazishni va litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi qarorda ko'rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo'lgan vaqtga ­mutanosib bo'lishi kerak.

Kredit byurosini davlat ro'yxatidan o'tkazish va ­litsenziya berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ­takroran ko'rib chiqish ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan e'tiboran o'n kundan ko'p bo'lmagan muddatda amalga oshiriladi. Kredit ­byurosini davlat ro'yxatidan o'tkazishni va litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi qarorda ko'rsatilgan muddat o'tganidan keyin berilgan ariza yangitdan ­berilgan hisoblanadi.

Kredit byurosini davlat ro'yxatidan o'tkazishni va ­litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

10-modda. Litsenziyaning amal qilishini to'xtatib
turish, tugatish, shuningdek uni bekor 
qilish yoki qayta rasmiylashtirish

Litsenziyaning amal qilishini to'xtatib turish, tugatish, shuningdek uni bekor qilish yoki qayta rasmiylashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga ­oshiriladi.

Litsenziyaning bekor qilinishi kredit byurosining ­kredit axboroti almashinuvi bilan bog'liq ilgari ­amalga oshirilgan harakatlarini haqiqiy emas deb topishga ­sabab bo'lmaydi.

11-modda. Kredit byurosini qayta tashkil etish
 va tugatish

Kredit byurosini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, ushbu Qonun ­talablari hisobga olingan holda amalga ­oshiriladi.

Qayta tashkil etish yoki tugatish to'g'risida qaror qabul qilinganidan keyin kredit byurosi bu haqda bir ish ­kunidan kechiktirmay O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yozma shaklda xabar qiladi va ikki oy ­mobaynida ommaviy axborot vositalarida har hafta ­tegishli e'lon berib boradi.

Kredit byurosi qayta tashkil etilgan taqdirda kredit axboroti ma'lumotlar bazasi kredit byurosining huquqiy vorisiga, agar u litsenziyaga ega bo'lsa, topshiriladi. Bu holda kredit byurosining huquqiy vorisi bu haqda kredit axboroti etkazib beruvchilarni va O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankini kredit ­axboroti ma'lumotlar bazasi olingan kundan e'tiboran besh ish kuni ichida yozma shaklda xabardor etishi shart. Bunda ommaviy axborot vositalarida joylashtirilgan e'lonlarda kredit byurosining kredit ­axboroti ma'lumotlar bazasi uning huquqiy vorisiga topshirilganligi ko'rsatiladi.

Agar kredit byurosining huquqiy vorisi litsenziyaga ega bo'lmasa, shuningdek kredit byurosi tugatilgan, ­litsenziyaning amal qilishi tugatilgan yoki u bekor qilingan hollarda kredit axboroti ma'lumotlar bazasi O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tekin ­topshiriladi.

12-modda. O'zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining kredit byurolari faoliyatini
tartibga solish va nazorat qilish
borasidagi vakolatlari

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki:

kredit axboroti almashinuvi sohasida o'z vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kredit ­byurosini davlat ro'yxatidan o'tkazishni amalga oshiradi va litsenziya beradi, uning amal qilishini to'xtatib ­turadi yoki tugatadi, shuningdek litsenziyani bekor qiladi yoki qayta rasmiylashtiradi;

Kredit byurolarining davlat reestrini va Kredit ­axborotining davlat reestrini yuritadi;

kredit byurolari uchun ichki audit o'tkazishga, yillik hisobotlar tuzishga, shuningdek kredit axboroti himoya qilinishini ta'minlovchi dasturiy-texnikaviy kompleks­ning parametrlari va joylashuviga doir majburiy ­talablarni belgilaydi;

kredit byurolarining faoliyatiga taalluqli hisobotlarni va boshqa ma'lumotlarni oladi;

kredit byurolarining faoliyatini belgilangan tartibda tekshiradi;

kredit byurosining rahbariga nisbatan malaka talablarini belgilaydi;

kredit byurolariga ularning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish haqida ijro ­etilishi majburiy bo'lgan ko'rsatmalar beradi, ­ko'rsatmalar ijro etilmagan taqdirda javobgarlik ­choralarini ko'radi.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki qonun ­hujjatlariga muvofiq kredit byurolarining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo'yicha boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

13-modda. Kredit byurosining huquqlari

Kredit byurosi:

kredit axboroti almashinuvi to'g'risida shartnomalar tuzishga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa bitimlar tuzishga;

kredit axborotini etkazib beruvchilardan xolis, ­ishonchli va yangilangan kredit axboroti taqdim etishini talab qilishga;

kredit axborotidan foydalanuvchilarga kredit ­axboroti sub'ektlarining kredit qobiliyatini, moliyaviy holatini, to'lov qobiliyatini va to'lov intizomini baholashda ko'maklashish maqsadida maslahat xizmatlari hamda boshqa xizmatlar ko'rsatishga;

kredit axborotini etkazib beruvchilarga kredit axborotini taqdim etishda ko'maklashishga;

kredit axboroti sub'ektlari reyting bahosini hisoblash uslubini ishlab chiqish va undan foydalanishga;

boshqa kredit byurolaridan kredit axborotini so'rab olishga haqli.

Kredit byurosi qonun hujjatlari va kredit axboroti almashinuvi to'g'risidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.

14-modda. Kredit byurosining majburiyatlari

Kredit byurosi:

kredit axborotining elektron shakldagi ma'lumotlar bazasini yuritishi va uni muntazam ravishda yangilab ­borishi;

kredit axboroti kelib tushgan kundan keyingi ish ­kunidan kechiktirmay uni kredit tarixining tarkibiga kiritishi;

kredit axborotining xolisligi va ishonchliligini ­ta'minlashi;

axborotni himoya qilish xizmatini tashkil etishi;

kredit axboroti almashinuvini faqat ushbu Qonun 24-moddasining birinchi qismida ko'rsatilgan maqsadlarga muvofiq amalga oshirishi;

kredit axboroti sub'ektlariga, kredit axborotini ­etkazib beruvchilarga va kredit axborotidan foydalanuvchilarga kredit axborotidagi noto'g'ri yoki buzib ­ko'rsatilgan ma'lumotlarni aniqlash hamda tuzatishda ko'maklashishi;

kredit axboroti sub'ektining reyting bahosini hisoblash uslubini va kredit axboroti sub'ektini reyting baholashga ta'sir qilgan omillarni kredit axboroti sub'ektining yoki kredit axborotidan foydalanuvchining talabiga ko'ra tushuntirib berishi;

o'z faoliyati to'g'risidagi hisobotni va boshqa ma'lumotlarni belgilangan muddatlarda O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etishi;

kredit axborotining besh yil mobaynida saqlanishini ta'minlashi shart.

Kredit byurosining zimmasida qonun hujjatlari va kredit axboroti almashinuvi to'g'risidagi shartnomaga ­muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.

15-modda. Kredit byurosining yillik hisoboti

Kredit byurosining o'z faoliyati natijalari to'g'risidagi yillik hisoboti hisobot yilidan keyingi yilning 1 mayidan kechiktirmasdan ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinishi kerak.

Yillik hisobot mazmuniga doir talablar O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.

16-modda. Kredit axborotini kredit byurolariga
 taqdim etish

Kredit axboroti kredit axborotini etkazib ­beruvchilar tomonidan kredit axboroti almashinuvi to'g'risidagi shartnoma asosida kredit byurolariga ­taqdim etiladi.

Kredit tashkiloti bo'lgan kredit axborotini etkazib beruvchilar o'zidagi mavjud kredit axborotini Kredit axborotining davlat reestriga va kredit byurolariga taqdim etishi shart.

Kredit axboroti, qoida tariqasida, elektron shaklda taqdim etiladi. Kredit axborotining qog'ozda taqdim ­etilishi kredit axboroti almashinuvi to'g'risidagi shartnomada belgilanadi.

Kredit axborotini etkazib beruvchilar kredit axborotini kredit byurolariga kredit axboroti sub'ektining roziligisiz taqdim etadi.

Kredit byurolari kredit axboroti sub'ektining ­roziligisiz o'zaro kredit axborotini almashishi ­mumkin.

Kredit axborotini belgilangan tartibda kredit ­byurolariga taqdim etish tijorat, bank sirining yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirning buzilishi deb hisoblanmaydi.

17-modda. Kredit byurosiga kredit axborotini 
 taqdim etuvchi organlar va tashkilotlar

Kredit axboroti kredit byurosiga uning so'roviga ­muvofiq quyidagilar tomonidan taqdim etiladi:

yuridik shaxslarni, yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organlar tomonidan — Yuridik shaxslarning davlat reestriga va Yakka tartibdagi tadbirkorlarning davlat reestriga kiritilgan ma'lumotlar hajmida;

ko'chmas mulk ob'ektiga bo'lgan huquqlarni va unga doir bitimlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organlar tomonidan — Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarning davlat reestriga va ko'chmas mulk haqidagi boshqa ochiq foydalaniladigan ma'lumotlar bazalariga kiritilgan ma'lumotlar hajmida;

davlat soliq xizmati organlari tomonidan — soliq to'lovchilarni hisobga olish ma'lumotlari, shuningdek ularning moliyaviy hisoboti to'g'risida;

ichki ishlar organlari tomonidan — berilgan pasport­lar to'g'risida, shu jumladan yo'qolgan yoki amal qilish muddati tugagan pasportlar o'rniga berilgan pasportlar, shuningdek avtomototransport vositalarining ro'yxatdan o'tkazilganligi haqida hamda ularning mulkdorlari (egalari) to'g'risida;

davlat notarial idoralari tomonidan — bitim predmeti bo'lgan ob'ektni boshqa shaxsga o'tkazishni taqiqlash yoki xatlov mavjud emasligi to'g'risida;

litsenziya va (yoki) boshqa ruxsat etuvchi hujjatlarni ­beruvchi organlar tomonidan — ushbu hujjatlar berilganligi faktlari to'g'risida, litsenziyaning va (yoki) boshqa ruxsat etuvchi hujjatlarning amal qilishi to'xtatib turilganligi yoki tugatilganligi haqida, shuningdek ularning bekor qilinganligi va qayta rasmiylashtirilganligi to'g'risida.

Kredit axboroti kredit byurosiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan ham taqdim etilishi mumkin.

18-modda. Kredit axboroti almashinuvi
 to'g'risidagi shartnoma

Kredit byurosi kredit axborotini kredit axboroti almashinuvi to'g'risidagi shartnoma asosida kredit ­axborotini etkazib beruvchilardan oladi va kredit ­hisobotini kredit axborotidan foydalanuvchilarga ­taqdim etadi.

Kredit axboroti almashinuvi to'g'risidagi shartnoma kredit byurosi tomonidan kredit axboroti sub'ekti yoki kredit axborotini etkazib beruvchi yoxud kredit axborotidan foydalanuvchi bilan tuziladi.

Kredit axboroti almashinuvi to'g'risidagi shartnomada quyidagilar ko'rsatilishi kerak:

kredit axborotining turi, shakli, uni taqdim etish va yangilash tartibi;

taraflarning kredit axborotini ruxsat etilmagan holda unga kirishdan, yo'q qilib yuborishdan, o'zgartirishdan, undan foydalanishdan yoki uni oshkor etishdan himoya qilishni ta'minlashga doir huquq va majburiyat­lari;

kredit axborotidagi noto'g'ri yoki buzib ko'rsatilgan ma'lumotlarni aniqlash va tuzatishda taraflarning ­hamkorligi tartibi.

Kredit axboroti almashinuvi to'g'risidagi shartnomada qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar ham ­bo'lishi mumkin.

19-modda. Kredit axboroti sub'ektining kredit
 hisobotini kredit byurolariga taqdim
  etishga roziligi

Kredit byurosi kredit hisobotini kredit axborotidan foydalanuvchiga faqat kredit axboroti sub'ektining roziligi bilan taqdim etadi.

Kredit axboroti sub'ektining o'zi haqidagi kredit hisobotini taqdim etishga roziligi qonun hujjatlariga muvofiq yozma shaklda yoki elektron hujjat tarzida kredit axborotining sanasi, kredit axborotidan foydalanuvchi va kredit hisobotini taqdim etish maqsadi ko'rsatilgan holda rasmiylashtiriladi. Kredit hisoboti faqat kredit axboroti sub'ektining roziligida ko'rsatilgan kredit axborotidan foydalanuvchiga taqdim etiladi.

Kredit axboroti sub'ektining o'zi haqidagi kredit hisobotini taqdim etishga roziligi bir oy mobaynida haqiqiydir. Agar kredit axboroti sub'ekti va kredit axborotidan foydalanuvchi o'rtasida kredit bitimi tuzilsa, unda mazkur rozilik tegishli kredit bitimi amal qiladigan butun muddat mobaynida haqiqiydir.

Kredit axboroti sub'ektining o'zi haqidagi kredit hisobotini taqdim etishga roziligi kredit axborotidan foydalanuvchida besh yil mobaynida saqlanishi kerak. Agar kredit axboroti sub'ekti va kredit axborotidan foydalanuvchi o'rtasida kredit bitimi tuzilsa, unda kredit axboroti sub'ektining o'zi haqidagi kredit hisobotini taqdim etishga roziligi kredit axborotidan foydalanuvchida kredit bitimi ijro etilgan sanadan keyin besh yil mobaynida saqlanishi lozim. Kredit axborotidan foydalanuvchi kredit byurosining talabiga ko'ra mazkur rozilikni tanishish uchun uch ish kuni ichida taqdim etishi shart.

20-modda. Kredit axborotini etkazib
 beruvchining huquq va majburiyatlari

Kredit axborotini etkazib beruvchi:

kredit byurosidan litsenziyasi mavjudligini talab qilishga;

kredit axborotini bir nechta kredit byurosiga taqdim etishga haqli.

Kredit axborotini etkazib beruvchi qonun hujjatlari va kredit axboroti almashinuvi to'g'risidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.

Kredit axborotini etkazib beruvchi:

kredit byurosiga haqiqiy ma'lumotlarga asoslangan xolis, ishonchli va yangilangan kredit axborotini taqdim etishi;

kredit byurosiga kredit axborotidagi o'zgarishlar va yangilashlar haqida o'z vaqtida xabar qilishi;

kredit byurosiga berilgan kredit axborotiga belgilangan tartibda, kredit axboroti sub'ektining talabiga ko'ra o'zgartirishlar kiritishi;

kredit axboroti almashinuvi to'g'risidagi shartnomaga muvofiq kredit byurosiga ma'lumotlar uzatish tizimining uzluksiz ishlashini ta'minlashi shart.

Kredit axborotini etkazib beruvchining zimmasida qonun hujjatlari va kredit axboroti almashinuvi to'g'risidagi shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.

21-modda.  Kredit axborotidan foydalanuvchining 
 huquq va majburiyatlari

Kredit axborotidan foydalanuvchi:

bir nechta kredit byurosidan kredit hisobotlarini olishga;

taqdim etilgan kredit hisobotining xolisligi va ishonchliligi yuzasidan kredit byurosiga o'z fikr-mulohazalarini bildirishga;

kredit byurolaridan kredit axboroti sub'ektining reyting bahosini hisoblash uslubini hamda ­kredit axboroti sub'ekti reyting bahosiga ta'sir qilgan omillarni tushuntirib berishni talab ­qilishga haqli.

Kredit axborotidan foydalanuvchi qonun hujjatlari va kredit axboroti almashinuvi to'g'risidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.

Kredit axborotidan foydalanuvchi:

kredit axboroti sub'ekti to'g'risidagi kredit hisobotini kredit byurosidan olish uchun kredit axboroti sub'ektidan rozilik so'rashi;

kredit hisobotining maxfiyligi va but saqlanishiga rioya etishi hamda unda mavjud bo'lgan kredit axborotini uchinchi shaxslarga oshkor etmasligi;

kredit hisobotidan faqat ushbu Qonun 24-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maqsadlar uchun foydalanishi;

kredit axboroti sub'ekti xususida olingan kredit hisobotining ko'chirma nusxasini uning so'roviga ko'ra ­taqdim etishi;

kredit axboroti sub'ektining o'zi haqidagi kredit hisobotini berishga ilgari olingan roziligini ­tanishib chiqish uchun kredit byurosining talabiga ko'ra unga uch ish kuni ichida taqdim etishi shart.

Kredit axborotidan foydalanuvchining zimmasida qonun hujjatlari va kredit axboroti almashinuvi ­to'g'risidagi shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.

22-modda. Kredit axboroti sub'ektining huquqlari

Kredit axboroti sub'ekti:

kredit byurosidan o'zi haqidagi kredit hisobotini olish, shu jumladan bir yilda bir marta tekinga olish;

o'zi haqidagi kredit hisobotining taqdim etilishi ­maqsadi to'g'risida va kredit hisoboti taqdim etilgan kredit axborotidan foydalanuvchilar haqida kredit ­byurosidan axborot olish;

kredit axborotidan foydalanuvchidan o'zi haqidagi ­kredit hisobotining ko'chirma nusxasini olish;

o'zi haqidagi kredit axborotida xolis, ishonchli va yangilangan ma'lumotlar aks ettirilishi maqsadida unga o'zgartirishlar kiritishni kredit axborotini etkazib ­beruvchilardan talab qilish;

kredit axborotini kredit byurolariga o'z vaqtida ­taqdim etishni kredit axborotini etkazib beruvchilardan talab qilish;

o'zi haqidagi kredit tarixiga aniqliklar kiritishni kredit byurosidan talab qilish;

o'zi haqidagi kredit hisobotini taqdim etishga rozilik berishni rad etish;

kredit byurosiga qilgan murojaati o'z vaqtida ko'rib chiqilishini talab qilish;

kredit byurosida mavjud bo'lgan o'zi haqidagi kredit axborotidan, qanday maqsadlarda bo'lishidan qat'i ­nazar, foydalanish huquqiga ega.

Kredit axboroti sub'ekti qonun hujjatlari va kredit axboroti almashinuvi to'g'risidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.

23-modda. Kredit axborotini saqlash va
 himoya qilish

Kredit byurolari, kredit axborotini etkazib beruvchilar va kredit axborotidan foydalanuvchilar kredit axborotining saqlanishini hamda ruxsat etilmagan holda unga kirishdan, uni yo'q qilib yuborishdan, o'zgartirishdan, undan foydalanishdan yoki uni oshkor etishdan himoya qilinishini ta'minlashi kerak.

Kredit byurolari, kredit axborotini etkazib ­beruvchilar, kredit axborotidan foydalanuvchilar, ularning rahbarlari va boshqa xodimlari kredit ­axboroti almashinuvi jarayonida o'zlari olgan yoki o'zlariga ma'lum bo'lib qolgan ma'lumotlarni oshkor etishi taqiqlanadi.

Kredit axborotini tashkil etuvchi ma'lumotlar ­xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan o'ziga ishonib topshirilgan yoki ma'lum bo'lib qolgan yoxud ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqdim etilgan shaxslar bunday ma'lumotlarni mehnat shartnomasi (kontrakt) tugatilganidan keyin ham oshkor qilishga haqli emas.

24-modda. Kredit axborotini taqdim etishga va 
 uning almashinuviga doir cheklashlar

Kredit axborotini taqdim etish va uning almashinuvi faqat kredit bitimi tuzish, uni o'zgartirish hamda ­kredit bitimining ijrosini monitoring qilishdagi tavakkalchilikni baholash, shu jumladan kredit axboroti sub'ekt­larini reyting asosida baholash maqsadlarida amalga oshiriladi.

Kredit axborotining ushbu modda birinchi qismida ­nazarda tutilmagan maqsadlarda taqdim etilishiga va almashinuviga yo'l qo'yilmaydi.

Kredit axborotini, kredit tarixini, kredit hisobotlarini, shuningdek boshqa axborotni kredit axborotidan foydalanuvchi bo'lmagan shaxslarga taqdim etishga yo'l qo'yilmaydi.

25-modda. Nizolarni hal etish

Kredit axboroti almashinuvi sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

26-modda. Kredit axboroti almashinuvi
to'g'risidagi qonun hujjatlarini
 buzganlik uchun javobgarlik

Kredit axboroti almashinuvi to'g'risidagi qonun ­hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo'ladi.

27-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga
muvofiqlashtirish

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo'lgan o'z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko'rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlasin.

28-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun 2012 yil 1 yanvardan e'tiboran kuchga ­kiradi.

 

O'zbekiston Respublikasining
Prezidenti                                                                                                                         I. KARIMOV

 

Toshkent shahri