O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ
ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ
Ibora to'liq holda
 
Yubiley tangalari

Banknotlar va tangalar

Foydali manbalar

Bosh sahifa > Bank tizimiga oid qonun hujjatlari > Qonunlar >

Yangilangan sana: 26.01.2012

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

2000 yil 25 may, 69-II-son

TADBIRKORLIK FAOLIYaTI ERKINLIGINING KAFOLATLARI TO'G'RISIDA

(O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000 y., 5-6-son, 140-modda; 2001 y., 5-son, 89-modda; 2003 y., 5-son, 67-modda; 2004 y., 1-2-son, 18-modda; O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2004 y., 25-son, 287-modda; 51-son, 514-modda; 2006 y., 12-13-son, 100-modda; 37-38-son, 371-modda; 41-son, 405-modda; 2007 y., 52-son, 533-modda; 2008 y., 52-son, 513-modda; 2009 y., 52-son, 555-modda; 2010 y., 37-son, 314-modda, 50-son, 469-modda; 2011 y., 16-son, 162-modda, 37-son, 374-modda)

I. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Qonunning asosiy vazifalari

Ushbu Qonunning asosiy vazifalari fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratishdan, ularning ishchanlik faolligini oshirishdan, shuningdek tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

2-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlari

Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Notijorat tashkilotlarga nisbatan ushbu Qonun ular faoliyatining o'z xususiyatiga ko'ra tadbirkorlikdan iborat bo'lgan qismiga tatbiq etiladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasida tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari bilan bog'liq munosabatlar Qoraqalpog'iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.

Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.

3-modda. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi

Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) — tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o'z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat.

4-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari (tadbirkorlik sub'ektlari) belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 24 maydagi PQ-357-sonli qarori bilan tasdiqlangan qarori bilan tasdiqlangan «Tadbirkorlik sub'ektlarini davlat ro'yxatiga olish va hisobga qo'yishning xabardor qilish tartibini joriy etish to'g'risida»gi nizomga qarang.

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), ularning mansabdor shaxslari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishi qonun hujjatlarida man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyatining sub'ektlari bo'lishi mumkin emas.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-son «Byudjet tashkilotlarini mablag' bilan ta'minlash tartibini takomillashtirish to'g'risida»gi qaroriga muvofiq, yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan byudjet tashkilotlari faoliyat turi bo'yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan, foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berishdan qo'shimcha daromad olishlari mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 6 martdagi 103-son «Tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishi taqiqlangan mansabdor shaxslarning ro'yxati to'g'risida»gi qaroriga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

5-modda. Kichik tadbirkorlik sub'ektlari

1.Tadbirkorlik. Tadbirkorlik sub'ektlari / Kichik tadbirkorlik sub'ektlari]

Kichik tadbirkorlik sub'ektlari quyidagilardir:

yakka tartibdagi tadbirkorlar;

ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo'lgan xodimlarining o'rtacha yillik soni ko'pi bilan yigirma kishi, xizmat ko'rsatish sohasidagi va boshqa noishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo'lgan xodimlarining o'rtacha yillik soni ko'pi bilan o'n kishi, ulgurji va chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi, band bo'lgan xodimlarining o'rtacha yillik soni ko'pi bilan besh kishi bo'lgan mikrofirmalar;

quyidagi tarmoqlardagi:

engil va oziq-ovqat sanoatidagi, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog'ochsozlik, mebel sanoati hamda qurilish materiallari sanoatidagi, band bo'lgan xodimlarining o'rtacha yillik soni ko'pi bilan yuz kishi;

mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg'i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band bo'lgan xodimlarining o'rtacha yillik soni ko'pi bilan ellik kishi;

fan, ilmiy xizmat ko'rsatish, transport, aloqa, xizmat ko'rsatish sohalari (sug'urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalaridagi, band bo'lgan xodimlarining o'rtacha yillik soni ko'pi bilan yigirma besh kishi bo'lgan kichik korxonalar.

Kichik tadbirkorlik sub'ektlari xodimlarining o'rtacha yillik soni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. Bunda unitar (sho''ba) korxonalarda, filiallarda va vakolatxonalarda ishlovchilarning soni ham hisobga olinadi.

Qo'shimcha ma'lumot uchun Yollanib ishlovchilarning soni va ish haqi statistikasi bo'yicha Yo'riqnoma (ro'yxat raqami 788, 30.07.1999 y.)ga qarang.

Faoliyatning bir necha turini amalga oshiruvchi (ko'p tarmoqli) yuridik va jismoniy shaxslar yillik oborot hajmida ulushi eng ko'p bo'lgan faoliyat turi mezonlari bo'yicha kichik tadbirkorlik sub'ektlariga kiradi.

(5-modda O'zbekiston Respublikasining 2003 yil 12 dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004 y., 1-2-son, 18-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Kichik tadbirkorlik sub'ektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, kafolatlar va huquqlar yuqorida sanab o'tilgan tijorat tashkilotlariga ular tomonidan vakolatli tashkilotlarga (davlat soliq, bojxona xizmati organlari, davlat statistika organlari, banklar va boshqalarga) imtiyozlar, kafolatlar va huquqlar xususiyatidan kelib chiqib, kichik tadbirkorlik sub'ektlari ekanligi haqida xabarnoma taqdim etgan holda qilingan murojaatlar asosida beriladi. Xabarnomaning to'g'riligi uchun javobgarlik xabarnomani taqdim etgan sub'ektlar zimmasiga yuklatiladi.

(5-modda O'zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Qonuniga muvofiq to'rtinchi qism bilan to'ldirilgan — O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Mikrofirma va kichik korxona xodimlarning belgilangan o'rtacha yillik sonini oshirib yuborgan taqdirda, oshirib yuborishga yo'l qo'yilgan davr uchun va keyingi uch oyga ular qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, kafolatlar va huquqlardan mahrum etiladi. Ushbu qoida quyidagi hollarda tatbiq etilmaydi:

mikrofirma va kichik korxona O'zbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarining hamda oliy ta'lim muassasalarining bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalari tuzganda, band bo'lgan xodimlarning belgilangan o'rtacha yillik soni ko'pi bilan 20 foiz oshirilganda. Xodimlar sonining oshirilishiga O'zbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlari, akademik litseylari va oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarining o'qishni tugallagan kunidan boshlab uch yildan ortiq vaqt o'tmagan taqdirda yo'l qo'yiladi;

kichik korxona o'z uyida ishlayotgan fuqarolar (kasanachilar) bilan mehnat shartnomalari tuzganda, band bo'lgan xodimlarning belgilangan o'rtacha yillik soni ko'pi bilan 30 foiz oshirilganda.

(5-moddaning beshinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2010 yil 13 dekabrdagi O'RQ-265-sonli Qonuni tahririda — O'R QHT, 2010 y., 50-son, 469-modda)

6-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlik

Yakka tartibdagi tadbirkorlik — yuridik shaxs tashkil etmagan holda jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan xodimlarni yollash huquqisiz, mulk huquqi asosida o'ziga tegishli bo'lgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo'l qo'yadigan o'zga ashyoviy huquq tufayli o'ziga tegishli bo'lgan mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

Qo'shimcha ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 165-moddasiga qarang.

Yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirish uchun er-xotindan biri er-xotinning umumiy birgalikdagi mol-mulkidan foydalanadigan hollarda, agar qonunlarda, nikoh shartnomasida yoki er-xotin o'rtasidagi o'zga kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, erning (xotinning) roziligi talab qilinadi.

Batafsil ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 24-moddasiga qarang.

7-modda. Jismoniy shaxslarning yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi birgalikdagi tadbirkorlik faoliyati

Jismoniy shaxslar yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini quyidagi:

er-xotinning umumiy mol-mulki negizida ular tomonidan amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik;

oddiy shirkat;

yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xo'jaligi shakllarida amalga oshirishlari mumkin.

Er-xotinga umumiy birgalikdagi mulk huquqida tegishli bo'lgan mol-mulk negizida oilaviy tadbirkorlik amalga oshirilayotganida, ish muomalalarida er-xotin nomidan erning yoki xotinning roziligi bilan ulardan biri ishtirok etadi, bu rozilik yakka tartibdagi tadbirkor ro'yxatdan o'tkazilayotganda tasdiqlanishi lozim.

Tadbirkorlik faoliyati ob'ekti sifatida uy-joydan foydalanish bilan bog'liq oilaviy tadbirkorlik amalga oshirilayotganida, uy-joy mulkdorlaridan birining ish muomalalariga kirishishi oilaning voyaga etgan boshqa a'zolarining notarial tasdiqlangan roziligi bo'lgan taqdirda amalga oshiriladi.

Jismoniy shaxslar faqat yakka tartibdagi tadbirkorlar tariqasida davlat ro'yxatidan o'tganlaridan keyin ular birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tuziladigan oddiy shirkat shartnomasi taraflari bo'lishlari mumkin.

Dehqon xo'jaligi va oddiy shirkatni tuzish, ularning faoliyat yuritishi va faoliyatini tugatish bilan bog'liq munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Batafsil ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasining «Dehqon xo'jaligi to'g'risida»gi, «Xo'jalik shirkatlari to'g'risida»gi Qonunlari hamda Fuqarolik kodeksining 53-bobi (962—975-moddalari)ga qarang.

8-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining huquqlari

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari quyidagilarga haqli:

qonun hujjatlariga muvofiq o'ziga tegishli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish;

mustaqil ravishda ishlab chiqarish dasturini shakllantirish, mahsulot etkazib beruvchilarni va o'z mahsulotining (ishlari, xizmatlarining) iste'molchilarini tanlash;

tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish va uni o'z ixtiyoriga ko'ra tasarruf etish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorida ustun mavqeni egallab turgan tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari bundan mustasno;

«Tovar bozorlari chegarasini aniqlash va xo'jalik yurituvchi sub'ektni monopolist deb tan olish tartibi to'g'risida Nizomni tasdiqlash haqida»gi qaror (ro'yxat raqami 1014, 09.03.2001 y.)ga qarang.

o'z mahsulotini (ishlari, xizmatlarini), ishlab chiqarish chiqindilarini bozor kon'yunkturasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar va tariflar bo'yicha yoki shartnoma asosida realizatsiya qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

Batafsil ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 28 oktyabrdagi 239-sonli «Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaroriga qarang.

binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa mol-mulkni olish va (yoki) ijaraga olish, shu jumladan lizing yo'li bilan;

belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish.

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.

9-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining majburiyatlari

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari:

o'zlari tuzgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishlari;

yollash asosida jalb etilgan xodimlar bilan o'z vaqtida hisob-kitob qilishlari;

xavfsizlik, ekologiya, sanitariya, gigiena va mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etishlari;

realizatsiya qilinadigan tovarlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq sertifikatlarga ega bo'lishlari;

Qo'shimcha ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to'g'risida»gi Qonunining 10—16-moddalari, shuningdek O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2005 yil 7 sentyabrdagi 340-sonli «Majburiy tartibda sertifikatlanadigan bir turdagi mahsulotlarning alohida turlarini sertifikatlash qoidalarini tasdiqlash to'g'risida»gi buyrug'iga qarang (ro'yxat raqami 1513, 2005 yil 28 sentyabr).

pochta manzili va boshqa rekvizitlari o'zgarganligi to'g'risida tegishli davlat organlarini o'z vaqtida xabardor qilishlari;

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 24 maydagi PQ-357-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Tadbirkorlik sub'ektlarini davlat ro'yxatiga olish va hisobga qo'yishning xabardor qilish tartibini joriy etish to'g'risida»gi Nizomning 36-bandiga muvofiq, tadbirkorlik sub'ektlari o'z pochta manzili o'zgargan taqdirda o'n kun muddatda bu haqda ro'yxatdan o'tkazuvchi organlarni yozma ravishda xabardor qilishlari shart.

buxgalteriya, tezkor va statistika hisobini qonun hujjatlari talablariga muvofiq yuritishlari;

o'z faoliyatlari to'g'risidagi hisobotlarni tegishli organlarga belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etishlari shart.

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.

10-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining birlashmalari

Tadbirkorlik sub'ektlari o'z huquqlarini hamda manfaatlarini himoya qilish maqsadlarida qonunga muvofiq uyushmalar (ittifoqlar) va boshqa birlashmalarga birlashishlari mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasining «O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to'g'risida»gi Qonuni va O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 77-moddasiga qarang.

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining birlashmalarini tuzish, ularning faoliyat yuritishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi bilan bog'liq munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Batafsil ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 22 martdagi 153-son qarori bilan tasdiqlangan «Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish haqida»gi Nizomga qarang.

II. TADBIRKORLIK FAOLIYaTINI AMALGA OShIRISh ASOSLARI

11-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish

Oldingi tahrirga qarang.

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish tegishli davlat organi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 24 maydagi PQ-357-sonli qarori bilan tasdiqlangan qarori bilan tasdiqlangan «Tadbirkorlik sub'ektlarini davlat ro'yxatiga olish va hisobga qo'yishning xabardor qilish tartibini joriy etish to'g'risida»gi nizomga qarang.

(11-moddaning birinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2004 yil 30 apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2004 y., 25-son, 287-modda)

Ro'yxatdan o'tkazuvchi organlar ariza beruvchiga tadbirkorlik faoliyati sub'ekti tariqasida davlat ro'yxatidan o'tkazishni uni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan rad etishga yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qo'shimcha talablarni belgilashga haqli emas.

Ariza beruvchini tadbirkorlik faoliyati sub'ekti tariqasida davlat ro'yxatidan o'tkazishni rad etganlik, shuningdek ro'yxatdan o'tkazish muddatlarini buzganlik ustidan sudga shikoyat qilish mumkin. Ro'yxatdan o'tkazuvchi organning qarori, shuningdek mazkur organ mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) sud tomonidan qonunga xilof deb topilgan taqdirda ular ariza beruvchiga ro'yxatdan o'tkazishni rad etganlik yoki ro'yxatdan o'tkazish muddatini buzganlik tufayli etkazilgan zararning o'rnini qoplaydilar va ma'naviy zarar uchun tovon to'laydilar.

Oldingi tahrirga qarang.

(12-modda O'zbekiston Respublikasining 2004 yil 30 apreldagi 621-II-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2004 y., 25-son, 287-modda)

13-modda. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash

Litsenziyalanishi lozim bo'lgan tadbirkorlik faoliyatining turlari qonunlar bilan belgilanadi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12 maydagi 222-II-son «Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro'yxati to'g'risida»gi qaroriga qarang.

Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

«O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 50-moddasiga muvofiq, banklar va kredit uyushmalarini ro'yxatga olish, shuningdek banklar, kredit uyushmalari va garovxonalarga litsenziyalar berish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

O'zbekiston Respublikasi «Notariat to'g'risida»gi Qonunining 3-moddasiga muvofiq, notarial faoliyat bilan shug'ullanish huquqini beruvchi litsenziya berish tartibi O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilab qo'yiladi.

14-modda. Tadbirkorlik faoliyatining mulkiy asosi

Tadbirkorlik faoliyati tadbirkorlik sub'ektlarining o'z mol-mulki asosida va (yoki) jalb etilgan mol-mulk asosida amalga oshirilishi mumkin.

Tadbirkorlik sub'ektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishiga asos va vosita bo'lgan mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda huquqlarning belgilanishi, o'zgartirilishi va bekor bo'lishi bilan bog'liq oldi-sotdi, garov, ijara va boshqa bitimlar ob'ekti bo'lishi mumkin.

15-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarini kreditlash va sug'urta qilish

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarini kreditlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektiga kredit berilayotganda bank muassasalari, boshqa kredit yoki sug'urta tashkilotlari kafil bo'lishlari mumkin. To'lovga qobiliyatli yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kafil bo'lishlari mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi «Mikromoliyalash to'g'risida»gi Qonunining 18-moddasiga qarang.

Tadbirkorlik faoliyati sub'ekti kredit shartnomalari bo'yicha majburiyatlarni ta'minlash tariqasida o'z mol-mulkidan, shu jumladan ashyolari va mulkiy huquqlaridan, shuningdek o'zi olgan kreditni to'lay olmaslik xavfi sug'urtasi to'g'risidagi sug'urta polisidan foydalanishi mumkin.

Tadbirkorlik sub'ektlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda imtiyozli kreditlanish huquqiga ega.

«Tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub'ektlariga byudjetdan tashqari jamg'armalar va Mikrokreditbank kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi to'g'risida»gi Nizom (ro'yxat raqami 1548, 21.02.2006 y.) va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 19 maydagi 195-son qarori bilan tasdiqlangan «Tijorat banklari tomonidan kichik tadbirkorlik sub'ektlariga, dehqon va fermer xo'jaliklariga Imtiyozli kredit berish maxsus jamg'armasi hisobidan kredit berish tartibi to'g'risida»gi Nizomga qarang.

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarini sug'urta qilish sug'urta tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

(16-modda O'zbekiston Respublikasining 2007 yil 28 dekabrdagi O'RQ-138-sonli Qonuni bilan o'z kuchini yo'qotgan — O'R QHT, 2007 y., 52-son, 533-modda)

17-modda. Hisob va hisobot

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari hisob va hisobotni qonun hujjatlariga muvofiq yuritadilar.

Oldingi tahrirga qarang.

Kichik tadbirkorlik sub'ektlari faqat davlat statistika organlari hamda soliq organlariga belgilangan shaklda hisobot taqdim etadilar.

Batafsil ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 23 fevraldagi 65-son «Kichik biznes korxonalarining hisobot berishini qisqartirish va tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori, O'zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining Milliy standarti «Kichik tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan soddalashtirilgan tartibda hisob yuritish va hisobotlar tuzish to'g'risida»gi 20-son BXMS (ro'yxat raqami 879, 24.01.2000 y.)ga qarang.

(17-moddaning ikkinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2003 yil 12 dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004 y., 1-2-son, 18-modda)

Davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik sub'ektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qo'shimcha hisobot turlarini belgilash man etiladi.

III. TADBIRKORLIK FAOLIYaTI SUB'EKTLARI HUQUQLARINING KAFOLATLARI

18-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlari

Davlat iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.

Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir.

Mulkdor mulkiga o'z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.

Tadbirkorlarga o'z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, jamoat birlashmalarining g'ayriqonuniy qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.

19-modda. Tadbirkorlik sub'ektlarining qonun hujjatlarida man etilmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish erkinligi kafolatlari

Yuridik shaxs bo'lmish tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining muassislari ta'sis hujjatlarida faoliyatning asosiy turlarini sanab o'tish bilan kifoyalanishga haqli. Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan va ta'sis hujjatlarida ko'rsatilmagan har qanday faoliyat turi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shug'ullanishlari mumkin.

20-modda. Tadbirkorlik sub'ektlarining o'z mahsuloti (ishlari, xizmatlari) va daromadlarini (foydani) tasarruf etish erkinligi kafolatlari

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari o'zlari ishlab chiqargan mahsulotning (bajargan ishlar, ko'rsatilgan xizmatlarning) hamda ularni realizatsiya qilishdan olgan daromadlarining (foydaning) mulkdoridir.

Oldingi tahrirga qarang.

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining barcha ishlab chiqarish xarajatlari qoplanib, soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar to'langanidan keyin qolgan daromadi (foydasi) ular tomonidan ixtiyoriy ravishda ishlatiladi, sud tartibidagi majburiy undiruv hollari bundan mustasno.

(20-moddaning ikkinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2008 yil 31 dekabrdagi O'RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O'R QHT, 2008 y., 52-son, 513-modda)

21-modda. Pul mablag'larini tasarruf etish kafolatlari

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari o'z pul mablag'larini mustaqil ravishda tasarruf etadilar.

Bank muassasalari tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining pul mablag'laridan foydalanish yo'nalishlarini belgilab berish va nazorat qilishga hamda pul mablag'larini o'z ixtiyoriga ko'ra tasarruf etish borasidagi huquqlarini qonunda yoki bank hisobvarag'i shartnomasida nazarda tutilmagan boshqa cheklashlarni belgilashga haqli emas.

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining ularga xizmat ko'rsatuvchi bank muassasalari hisobvaraqlaridagi mablag'lari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda naqd pul shaklida olinishi mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 22 iyundagi 264-sonli «Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining mas'uliyatini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi hamda 2002 yil 5 avgustdagi 280-sonli «Pul mablag'larining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorlariga qarang.

22-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyat erkinligi kafolatlari

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari qonun hujjatlariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni mustaqil tarzda amalga oshiradilar.

Oldingi tahrirga qarang.

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi valyuta hisobvaraqlarini ochish va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun asos bo'ladi. Tovarlarni import qiluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchisi sifatida ro'yxatdan o'tkazilganligi ham bunday tadbirkorlarga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun asos bo'ladi.

(22-moddaning ikkinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

23-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlari kafolatlari

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining mulki daxlsizdir va qonun bilan muhofaza qilinadi.

O'zbekiston Respublikasining «O'zbekiston Respublikasida mulkchilik to'g'risida»gi Qonuniga qarang.

Mol-mulk mulkdori o'z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo'lmagan har qanday harakatni qilishga haqli.

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektidan mulkni olib qo'yishga, uning boshqa ashyoviy huquqlarini bekor qilishga, shuningdek bunday huquqlarni cheklashga yo'l qo'yilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 199-moddasiga muvofiq, mol-mulkni mulkdordan olib qo'yishga qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va tartibda mulkdorning majburiyatlari bo'yicha undiruv ana shu mol-mulkka qaratilgan taqdirda, shuningdek natsionalizatsiya qilish, rekvizitsiya va musodara qilish tartibida yo'l qo'yiladi.

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining ashyoviy huquqlari qonunlarda nazarda tutilgan tartibda himoya qilinadi.

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 19-bobi (228—233-moddalari)ga qarang. (Mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish).

24-modda. Fermer xo'jaliklarining er uchastkalaridan foydalanish huquqi kafolatlari

Fuqarolarga fermer xo'jaligi yuritish uchun er uchastkalari ellik yilgacha bo'lgan, lekin o'n yildan kam bo'lmagan muddatga ijaraga beriladi.

Er uchastkasi yoki uning bir qismini olib qo'yishga faqat er to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda yo'l qo'yiladi.

Batafsil ma'lumot olish uchun O'zbekiston Respublikasi Er kodeksining 37-38-moddalariga qarang.

Er uchastkasining ijara shartnomasi taraflarning kelishuviga binoan, taraflar o'rtasida kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sud tomonidan o'zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

Fermer xo'jaligi tugatilgan taqdirda uni yuritish uchun berilgan er uchastkasining ijara shartnomasi qonunda belgilangan tartibda bekor qilinishi kerak.

Qo'shimcha ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi Er kodeksining 36-moddasiga qarang.

25-modda. Dehqon xo'jaliklarining er uchastkalaridan foydalanish huquqi kafolatlari

Dehqon xo'jaligining erga egalik qilish va erdan foydalanish sohasidagi huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilab qo'yiladi.

Dehqon xo'jaligiga berilgan tomorqa er uchastkasi bo'linmaydi.

Tomorqa er uchastkasining o'lchamlari va chegarasi faqat dehqon xo'jaligi boshlig'ining roziligi bilan o'zgartirilishi mumkin.

Dehqon xo'jaligining er uchastkasini olib qo'yishga qonunda nazarda tutilgan hollarda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shunga teng boshqa er uchastkasi berilib, buzib tashlanayotgan binolar va inshootlar qiymati qoplanganidan yoki boshqa joyga ko'chirilganidan yoxud boshqa bino va inshootlar qurib berilganidan keyingina yo'l qo'yiladi.

O'zbekiston Respublikasi Er kodeksining 41-moddasiga hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 29 maydagi 97-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun er uchastkalarining olib qo'yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga etkazilgan zararlarni qoplash tartibi to'g'risida»gi Nizomga qarang.

26-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlikni o'z nomidan amalga oshirish huquqi kafolatlari

Yakka tartibdagi tadbirkor o'z nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanadi, huquqlar va majburiyatlarga ega bo'ladi hamda ularni amalga oshiradi.

Jismoniy shaxs o'zining tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq bitimlarni tuzayotganida, agar buning mohiyati tuzilayotgan bitimning mazmunidan aniq kelib chiqmasa, yakka tartibdagi tadbirkor tariqasida harakat qilayotganligini ko'rsatishi lozim. Bunday eslatmaning bo'lmasligi yakka tartibdagi tadbirkorni o'z majburiyatlari yuzasidan zimmasidagi javobgarlikdan ozod etmaydi.

Yakka tartibdagi tadbirkor o'z faoliyatini amalga oshirayotganda shaxsiy ish hujjatlari blankalaridan, muhr, shtamplardan foydalanishga haqli, ularning matnlari mazkur shaxs yakka tartibdagi tadbirkor ekanligidan dalolat berishi lozim.

27-modda. Tadbirkorlik sub'ektlarining xom ashyo, tovarlar va xizmatlar bozorlariga erkin kirish kafolatlari

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari, mulk shakli va xo'jalik yuritish shakllaridan qat'i nazar, xom ashyo, tovarlar va xizmatlar bozoriga erkin kirishda, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun ayrim tovar turlarini etkazib berishda qatnashishda, ishlar bajarish va xizmatlar ko'rsatishda teng imkoniyatlarga ega. Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining xom ashyo, tovarlar va xizmatlar bozoriga kirish erkinligi davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan biron-bir tarzda cheklanishiga yo'l qo'yilmaydi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining xom ashyo, ayrim tovarlar va xizmatlar bozoriga kirishning alohida shartlarini belgilashi mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 fevraldagi 57-son «Mahsulotlar, xom-ashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to'g'risida»gi qaroriga qarang.

28-modda. Fermer va dehqon xo'jaliklarining moddiy-texnika resurslari, urug'lik materiallar, ko'chatlar va zotdor chorvadan erkin foydalanish kafolatlari

Fermer va dehqon xo'jaliklari moddiy-texnika resurslari, shu jumladan yonilg'i-moylash materiallari, omixta em, organik va mineral o'g'itlar bozorlariga erkin kirishda boshqa xo'jalik yuritish sub'ektlari bilan teng huquqlarga ega.

Davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, qishloq xo'jaligi kooperativlari (shirkat xo'jaliklari) fermer va dehqon xo'jaliklarining urug'lik materiallarga, ko'chatlarga, qishloq xo'jaligi ekinlarini zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish vositalariga, zotdor chorvaga bo'lgan ehtiyojlarini ta'minlash yuzasidan sharoit yaratib beradilar.

Oldingi tahrirga qarang.

29-modda. Fermer va dehqon xo'jaliklarining suv iste'molini amalga oshirish kafolatlari

Fermer va dehqon xo'jaliklari suv iste'molini ularga xizmat ko'rsatuvchi suv iste'molchilari uyushmalari tomonidan belgilanadigan suv ob'ektlaridan har yilgi suv olish limitlari asosida boshqa qishloq xo'jaligi korxonalari bilan teng huquqlarda amalga oshiradi.

Fermer va dehqon xo'jaliklarining suv ob'ektlaridan suv olish limitlari ularning roziligisiz o'zgartirilishi mumkin emas, manbalarning suvi kamaygan hollar bundan mustasno.

Fermer va dehqon xo'jaliklarining suv iste'moli huquqini davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan cheklashga faqat qonunda belgilangan hollarda yo'l qo'yiladi.

Batafsil ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi «Suv va suvdan foydalanish to'g'risida»gi Qonunining 34-moddasi, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3 avgustdagi 385-son «O'zbekiston Respublikasida suvdan cheklangan miqdorda foydalanish to'g'risida»gi qaroriga qarang.

(29-modda O'zbekiston Respublikasining 2009 yil 25 dekabrdagi O'RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O'R QHT, 2009 y., 52-son, 555-modda)

30-modda. Kredit resurslaridan erkin foydalanish kafolatlari

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari kredit resurslaridan erkin foydalanishda qonun hujjatlariga muvofiq, teng huquqlarga ega.

Byudjetdan tashqari fondlar mablag'laridan tadbirkorlik faoliyatining ustuvor yo'nalishlarini rivojlantirishga ajratiladigan kreditlardan foydalanganlik uchun davlat tomonidan imtiyozli foiz stavkalari belgilanishi mumkin.

«Tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub'ektlariga byudjetdan tashqari jamg'armalar va Mikrokreditbank kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi to'g'risida»gi Nizom (ro'yxat raqami 1548, 21.02.2006 y.) ga qarang.

Davlat tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarini imtiyozli kreditlashni amalga oshiruvchi tijorat banklariga qulay sharoitlar yaratishi mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 19 maydagi 195-son «Tijorat banklarining kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini rag'batlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarorining 2-bandiga qarang.

31-modda. Axborot olish erkinligi kafolatlari

Davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati sub'ektlariga bu sub'ektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qonun hujjatlari, hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishish imkoniyatini ta'minlashi shart. Axborot olish erkinligi qonun hujjatlarini va tegishli materiallarni e'lon qilish va tarqatish yo'li bilan ta'minlanadi.

Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor axborot bepul beriladi. Boshqa axborotlarni berganlik uchun taraflar kelishuvi asosida haq undirilishi mumkin.

Davlat statistika organlari hamma erkin foydalanishi mumkin bo'lgan statistika axboroti muntazam e'lon qilib borilishini ta'minlaydi.

32-modda. Natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinishdan kafolatlari

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining mol-mulki natsionalizatsiya va musodara qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 202-moddasiga muvofiq, natsionalizatsiya — fuqarolarga hamda yuridik shaxslarga qarashli natsionalizatsiya qilinayotgan mol-mulkka nisbatan mulk huquqini haq to'lash asosida qonun hujjatlariga muvofiq davlat ixtiyoriga o'tkazishdan iborat. Mazkur mol-mulk keyinchalik denatsionalizatsiya qilingan taqdirda, agar qonunlarda o'zgacha tartib belgilab qo'yilgan bo'lmasa, sobiq mulkdorlar ushbu mol-mulkning qaytarib berilishini talab qilishga haqlidirlar.

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 204-moddasiga muvofiq, qonunda nazarda tutilgan hollarda mol-mulk sudning qaroriga muvofiq jinoyat yoki o'zga huquqbuzarlik qilganlik uchun haq to'lamasdan mulkdordan olib qo'yilishi mumkin (musodara).

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining mol-mulki rekvizitsiya qilinmaydi, tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizotiyalar va favqulodda tusdagi boshqa holatlar bundan mustasno bo'lib, unda mulkdorga rekvizitsiya qilinayotgan mol-mulk qiymati to'lanadi. Rekvizitsiya to'g'risidagi qaror davlat hokimiyati organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda qabul qilinadi.

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilish to'g'risidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli.

33-modda. Firma nomi, tovar belgisidan (xizmat ko'rsatish belgisidan) foydalanish kafolatlari

Oldingi tahrirga qarang.

Yuridik shaxs bo'lgan tadbirkorlik faoliyati sub'ekti firma nomiga bo'lgan huquqqa ega bo'lib, bu nom uning ta'sis hujjatlarida ko'rsatiladi. Firma nomiga bo'lgan huquq tadbirkorlik faoliyati sub'ekti davlat ro'yxatidan o'tkazilgan vaqtdan e'tiboran yuzaga keladi

(33-moddaning birinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2006 yil 18 sentyabrdagi O'RQ-52-sonli Qonuni tahririda — O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2006 y., 37-38-son, 371-modda)

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining ilgari ro'yxatdan o'tkazilgan firma nomiga juda o'xshash bo'lib, tegishli tadbirkorlik sub'ektlarini aynan bir deb hisoblashga olib kelishi mumkin bo'lgan firma nomi ro'yxatga olinishi mumkin emas.

Tovar belgisidan (xizmat ko'rsatish belgisidan) foydalanish huquqi uning ro'yxatga olinganligi asosida beriladi.

Firma nomidan, tovar belgisidan (xizmat ko'rsatish belgisidan) foydalanish, ularga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritishga bo'lgan mutlaq huquq ana shu nom va belgi egasiga tegishli bo'ladi.

Firma nomini, tovar belgisini (xizmat ko'rsatish belgisini) nashr qilganda, omma orasida ijro etganda yoki ulardan boshqa tarzda foydalanganda firma nomining, tovar belgisining (xizmat ko'rsatish belgisining) o'ziga, xuddi shuningdek ularning ifodasiga biron-bir o'zgartishlar kiritishga faqat ularning egasi roziligi bilan yo'l qo'yiladi.

Firma nomi, tovar belgisi (xizmat ko'rsatish belgisi) daxlsizligiga bo'lgan huquq firma nomi, tovar belgisi (xizmat ko'rsatish belgisi) egasiga tegishlidir.

34-modda. Tadbirkorlik faoliyatiga aralashmaslik kafolatlari

Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.

Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklash uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda qishloq xo'jaligi kooperativlari (shirkat xo'jaliklari) dehqon va fermer xo'jaliklarining tadbirkorlik faoliyatiga, shu jumladan ularning agrotexnika usullarini, etishtiriladigan mahsulot turini tanlashiga, ana shu mahsulotning bahosini hamda realizatsiya qilish yo'nalishini belgilash ishlariga aralashishga haqli emas, davlat ehtiyojlari uchun mo'ljallangan xaridlar bundan mustasno.

IV. TADBIRKORLIK FAOLIYaTI SUB'EKTLARI HUQUQLARINI HIMOYa QILISh

35-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub'ektining ishchanlik obro'sini himoya qilish

Tadbirkorlik faoliyati sub'ekti o'z ishchanlik obro'siga putur etkazadigan ma'lumotlarga raddiya berilishini sud orqali talab qilishga haqli.

Agar tadbirkorlik faoliyati sub'ektining ishchanlik obro'siga putur etkazadigan ma'lumotlar ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan bo'lsa, bu ma'lumotlarga raddiya ayni shu ommaviy axborot vositalarida berilishi lozim. Agar bunday ma'lumotlar tashkilotdan olingan hujjatda mavjud bo'lsa, bunday hujjat almashtirilishi yoki chaqirib olinishi kerak. Boshqa hollarda raddiya berish tartibi sud tomonidan belgilanadi.

Tadbirkorlik faoliyati sub'ekti o'zining ishchanlik obro'siga putur etkazadigan ma'lumotlar tarqatilganda, bunday ma'lumotlarga raddiya berilishi bilan bir qatorda ularning tarqatilishi oqibatida etkazilgan zararning o'rni qoplanishini va ma'naviy zarar uchun tovon to'lanishini talab qilishga haqli.

36-modda. Intellektual faoliyat natijalarini himoya qilish

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining xolisona ifodalangan intellektual faoliyat natijalariga hamda uning o'ziga xos vositalariga (firma nomi, tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisi va hokazolarga) bo'lgan mutlaq huquqi qonun bilan muhofaza etiladi va davlat tomonidan himoya qilinadi.

Batafsil ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 65-bobi (1098—1111-moddalari) (Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni shaxsiylashtirish vositalari) va O'zbekiston Respublikasining «Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida»gi Qonuniga qarang.

Mutlaq huquqlar ob'ektlari bo'lgan intellektual faoliyat natijalari va o'ziga xos vositalardan uchinchi shaxslar faqat huquq egasining roziligi bilan foydalanishlari mumkin.

37-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining tijorat siri va oshkor etilmagan axborotini himoya qilish

Tijorat siri bo'lgan, uchinchi shaxslarga ma'lum bo'lmagan axborot (oshkor etilmagan axborot) uchinchi shaxslarga ma'lum emasligi, qonuniy asosda undan erkin foydalana olish mumkin emasligi hamda axborotning egasi uning maxfiyligini muhofaza qilish choralarini ko'rayotganligi tufayli haqiqiy yoki potentsial tijorat qiymatiga ega bo'lgan hollarda himoya qilinadi.

Oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan himoya qilish huquqi bu axborotga nisbatan biron-bir rasmiyatchilikni bajarishdan (uni davlat ro'yxatidan o'tkazish, guvohnoma olish va hokazodan) qat'i nazar vujudga keladi.

Oshkor etilmagan axborotni himoya qilish qoidalari qonunga muvofiq xizmat yoki tijorat siri bo'la olmaydigan ma'lumotlarga (davlat ro'yxatidan o'tkazilishi kerak bo'lgan yuridik shaxslar to'g'risidagi, mol-mulkka bo'lgan huquqlar hamda mol-mulk xususida tuzilgan bitimlar haqidagi ma'lumotlarga, davlat statistika hisoboti tariqasida taqdim etilishi kerak bo'lgan ma'lumotlarga va boshqa ma'lumotlarga) nisbatan tatbiq etilmaydi.

Oshkor etilmagan axborotni qonuniy asoslarsiz olgan yoki tarqalgan yoxud undan foydalanayotgan shaxs axborotdan noqonuniy foydalanganlik oqibatida bu axborotning qonuniy egasiga etkazilgan zararning o'rnini qoplashi shart.

Oshkor etilmagan axborot mazmunini tashkil etuvchi ma'lumotlarni mustaqil ravishda va qonuniy tarzda olgan shaxs bu ma'lumotlardan, tegishli oshkor etilmagan axborot egasining huquqlaridan qat'i nazar, foydalanishga haqli va bunday foydalanganlik uchun uning oldida javob bermaydi.

38-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub'ektiga etkazilgan zararning o'rnini qoplash

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektiga etkazilgan zararning o'rni bu zararni etkazgan shaxs tomonidan to'la hajmda, shu jumladan boy berilgan foydani qo'shib qoplanishi kerak. Zarar etkazuvchi bo'lmagan shaxs zimmasiga qonun bilan zararning o'rnini qoplash majburiyati yuklatilishi mumkin.

Davlat organlarining, fuqarolar o'zini-o'zi boshqarish organlarining noqonuniy qarorlari natijasida tadbirkorlik faoliyati sub'ektiga etkazilgan zararning o'rni, ularning mansabdor shaxslari aybidan qat'i nazar, sudning qarori asosida qoplanishi kerak.

Davlat organlari, fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) oqibatida tadbirkorlik faoliyati sub'ektiga etkazilgan zararning o'rni sudning qarori asosida qoplanishi kerak.

Oldingi tahrirga qarang.

1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish]

39-modda. Tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirishlarning cheklanganligi

Oldingi tahrirga qarang.

Tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan nazorat qiluvchi organlar tomonidan rejali tartibda ko'pi bilan yiliga bir marta amalga oshirilishi mumkin, xususiy korxonalar va ushbu moddaning ikkinchi — oltinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

(39-moddaning birinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2011 yil 13 sentyabrdagi O'RQ-295-sonli Qonuni tahririda — O'R QHT, 2011 y., 37-son, 374-modda)

O'zbekiston Respublikasining «Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to'g'risida»gi Qonuni va O'zbekiston Respublikasi «Xususiy korxona to'g'risida»gi Qonunining 25-moddasiga qarang.

Belgilangan normalar va qoidalarga o'z vaqtida hamda to'la hajmda rioya qiluvchi tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan ko'pi bilan ikki yilda bir marta amalga oshiriladi, ushbu moddada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Xususiy korxonalar faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan ko'pi bilan ikki yilda bir marta, belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Qarang: Nazorat qiluvchi organlar tomonidan o'tkaziladigan, tadbirkorlik sub'ektlari — yuridik shaxslar faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi to'g'risidagi Nizom (ro'yxat raqami 1573, 06.05.2006 y.).

Oldingi tahrirga qarang.

Kichik tadbirkorlik sub'ektlari va fermer xo'jaliklarining moliya-xo'jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko'pi bilan to'rt yilda bir marta, boshqa tadbirkorlik sub'ektlarining moliya-xo'jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko'pi bilan uch yilda bir marta amalga oshiriladi.

(39-moddaning to'rtinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2011 yil 13 sentyabrdagi O'RQ-295-sonli Qonuni tahririda — O'R QHT, 2011 y., 37-son, 374-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub'ektlari va fermer xo'jaliklarining moliya-xo'jalik faoliyati ular davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan e'tiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshirishlardan o'tkazilmaydi, ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

(39-moddaning beshinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2011 yil 13 sentyabrdagi O'RQ-295-sonli Qonuni tahririda — O'R QHT, 2011 y., 37-son, 374-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Aktsiz to'lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub'ektlari va fermer xo'jaliklarining moliya-xo'jalik faoliyati, shuningdek kichik tadbirkorlik sub'ektlari va fermer xo'jaliklarining byudjet hamda markazlashtirilgan mablag'lar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bog'liq moliya-xo'jalik faoliyati ular davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan e'tiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshirishlardan o'tkazilmaydi.

(39-modda O'zbekiston Respublikasining 2011 yil 13 sentyabrdagi O'RQ-295-sonli Qonuniga muvofiq oltinchi qism bilan to'ldirilgan — O'R QHT, 2011 y., 37-son, 374-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyatini tekshiruvlardan o'tkazish muddatlari o'ttiz kalendar kundan oshmasligi lozim. Alohida hollarda bu muddat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan uzaytirilishi mumkin, bunda ushbu qoida kichik tadbirkorlik sub'ektlariga nisbatan tatbiq etilishi mumkin emas.

(39-moddaning ettinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2011 yil 13 sentyabrdagi O'RQ-295-sonli Qonuni tahririda — O'R QHT, 2011 y., 37-son, 374-modda)

O'tkazilayotgan tekshirishlar tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyat ko'rsatishiga to'sqinlik qilmasligi kerak.

O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga a'zo tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyatini tekshirishlar mazkur Palata vakillari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.

Prokuratura, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining faoliyatini tekshiruvlardan o'tkazish uchun qo'zg'atilgan jinoyat ishining mavjudligi asos bo'ladi. Bunda tadbirkorlik faoliyati sub'ektining qo'zg'atilgan jinoyat ishi bilan bog'liq faoliyatigina tekshiruv bilan qamrab olinishi mumkin bo'lib, bu haqda tekshiruv tayinlanganligi to'g'risidagi qarorda ko'rsatilgan bo'lishi kerak.

Tadbirkorlik sub'ektlarining moliya-xo'jalik faoliyatini tekshirishlar belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari tomonidan, mazkur organlar tekshirishlar davomida soliq va valyutaga oid jinoyatlar alomatlarini aniqlaganida esa O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi.

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vakolatiga kirmaydigan masalalar bo'yicha ularning talablarini bajarmaslik hamda tekshirish predmetiga taalluqli bo'lmagan materiallar bilan ularni tanishtirmaslik huquqiga ega.

Oldingi tahrirga qarang.

Tekshirishlar natijalari dalolatnoma (ma'lumotnoma) bilan rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi tekshirish tugagan kuni tekshirilayotgan tadbirkorlik faoliyati sub'ektida qoladi.

(39-moddaning o'n uchinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2011 yil 13 sentyabrdagi O'RQ-295-sonli Qonuni tahririda — O'R QHT, 2011 y., 37-son, 374-modda)

(39-modda O'zbekiston Respublikasining 2006 yil 23 martdagi O'RQ-26-sonli Qonuni tahririda — O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2006 y., 12-13-son, 100-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

391-modda. Tadbirkorlik sub'ektlariga nisbatan moliyaviy jazo choralari qo'llanilmasligi

Tadbirkorlik sub'ektlari nazorat organlarining tekshirishlar natijalari bo'yicha ko'rsatmalarini bajargan, shuningdek zararning o'rnini belgilangan muddatlarda va to'la hajmda ixtiyoriy ravishda qoplagan, shu jumladan penya to'lagan taqdirda, ularga nisbatan moliyaviy jazo choralari qo'llanilmaydi.

(Qonun O'zbekiston Respublikasining 2006 yil 23 martdagi O'RQ-26-sonli Qonuniga muvofiq 391-modda bilan to'ldirilgan — O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2006 y., 12-13-son, 100-modda)

1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish]

40-modda. Tekshirishni amalga oshirayotgan mansabdor shaxslarga doir talablar

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining faoliyatini tekshirish nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari faoliyatini tekshirishga kirishishiga ushbu shaxslarda nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan tekshirishlarni o'tkazish rejasidan ko'chirma yoki shu organ qabul qilgan rejadan tashqari yoxud muqobil tekshirish o'tkazish to'g'risidagi qarorning ko'chirma nusxasi, shuningdek nazorat qiluvchi organning tekshirish o'tkazish to'g'risidagi, tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi hamda tekshirishni o'tkazish muddatlari ko'rsatilgan buyrug'ining ko'chirma nusxasi, tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tekshirishlarni o'tkazishga ruxsat berilganligi to'g'risidagi maxsus guvohnomasi va shaxsiy guvohnomasi bo'lganda yo'l qo'yiladi.

(40-moddaning ikkinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2011 yil 13 sentyabrdagi O'RQ-295-sonli Qonuni tahririda — O'R QHT, 2011 y., 37-son, 374-modda)

Tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyati tekshirilayotganda nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tekshirishlarni ro'yxatga olish kitobiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli yozuvni kiritadilar.

Oldingi tahrirga qarang.

401-modda. Tadbirkorlik sub'ektlariga nisbatan ularning faoliyatini cheklovchi choralarni qo'llash

Oldingi tahrirga qarang.

Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tadbirkorlik sub'ektlariga nisbatan ularning faoliyatini cheklovchi choralar qo'llaniladi. Bunda tadbirkorlik sub'ektlariga nisbatan quyidagi huquqiy ta'sir choralari faqat sud tartibida qo'llaniladi:

faoliyatni tugatish;

atrof tabiiy muhitga zararli ta'sir ko'rsatayotgan ob'ektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish;

faoliyatni cheklash, to'xtatib turish va taqiqlash, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog'liq holda faoliyatni o'n ish kunidan ko'p bo'lmagan muddatga cheklash, to'xtatib turish hollari mustasno;

banklardagi hisobvaraqlar bo'yicha operatsiyalarni to'xtatib qo'yish, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

moliyaviy jazo choralarini qo'llash, bundan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar to'lash muddatini o'tkazib yuborganlik uchun penya hisoblab chiqarish, shuningdek tashkilot yoki fuqaroning sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo'lganligi va moliyaviy jazo choralari summalarini ixtiyoriy ravishda to'laganligi hollari mustasno;

huquqbuzarlik predmetlarini davlat daromadiga o'tkazish;

tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug'ullanish uchun litsenziyalarning (ruxsatnomalarning) amal qilishini o'n ish kunidan ko'p bo'lgan muddatga to'xtatib turish yoki ularning amal qilishini tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish, bundan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar (ruxsatnomalar) mustasno.

(401-moddaning matni O'zbekiston Respublikasining 2011 yil 21 apreldagi O'RQ-288-sonli Qonuni tahririda — O'R QHT, 2011 y., 16-son, 162-modda)

V. TADBIRKORLIK FAOLIYaTINI DAVLAT YO'LI BILAN QO'LLAB-QUVVATLASh

41-modda. Davlat boshqaruv organlarining tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari

Davlat boshqaruv organlari o'z vakolatlari doirasida:

tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi va tadbirkorlik faoliyatining rivojlantirilishi ustidan monitoringni, mavjud muammolarni o'rganishni hamda tadbirkorlikning huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga qaratilgan normativ hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritishni amalga oshiradi;

tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlaydi;

tadbirkorlik faoliyati sub'ektlariga moliyaviy, moddiy-texnik va axborot resurslaridan erkin foydalanishda ko'maklashadi;

tadbirkorlik faoliyati sub'ektlariga o'z mahsulotlarini tashqi va ichki bozorlarda realizatsiya qilishda ko'maklashadi;

tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari o'rtasida axborot va tushuntirish ishlarini, konsalting, lizing, sug'urta va boshqa xil xizmatlar tizimi rivojlantirilishini tashkil etadi;

tadbirkorlik faoliyati sub'ektlariga kadrlarni tayyorlashda, qayta tayyorlashda va ularning malakasini oshirishda ko'maklashadi;

tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan boshqa faoliyatni amalga oshiradi.

42-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari o'z vakolatlari doirasida:

tadbirkorlikni rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyatini himoya qilishning qo'shimcha kafolatlari va choralarini belgilaydi;

Oldingi tahrirga qarang.

qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy soliqlar bo'yicha imtiyozlarni belgilaydi;

(42-moddaning to'rtinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasining 2008 yil 31 dekabrdagi O'RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O'R QHT, 2008 y., 52-son, 513-modda)

tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan boshqa faoliyatni amalga oshiradi.

43-modda. Tadbirkorlikni rivojlantirishning davlat tomonidan rag'batlantirilishi

Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan rag'batlantirish quyidagi yo'llar bilan amalga oshiriladi:

tadbirkorlik sohasiga investitsiyalarni (shu jumladan chet el investitsiyalarni), zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni jalb etish uchun, shuningdek bozor infratuzilmasi institutlarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;

eksport-import operatsiyalari, xalqaro ko'rgazmalar va yarmarkalarda, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlarini ko'rish;

tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari samarali faoliyat yuritishi uchun ularni zarur huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-texnik va boshqa xil axborotlar bilan ta'minlash;

zooveterinariya xizmati ko'rsatilishi uchun zarur sharoitlar yaratish;

Oldingi tahrirga qarang.

soliqlar, boshqa majburiy to'lovlar va tariflar bo'yicha imtiyozlar belgilash.

Qarang: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 15 maydagi PQ-1112-sonli «Tadbirkorlik faoliyatini yanada qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Qarori.

(43-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasining 2008 yil 31 dekabrdagi O'RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O'R QHT, 2008 y., 52-son, 513-modda)

Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan rag'batlantirish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.

44-modda. Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash fondlari

Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish maqsadlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fondlar tuzilishi mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 25 oktyabrdagi 486-son «Dehqon va fermer xo'jaliklarini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi to'g'risidagi nizomni hamda uning mablag'larini jamg'arish va ulardan foydalanish tartibini tasdiqlash haqida»gi qaroriga qarang.

45-modda. Tezlashtirilgan amortizatsiya

Kichik va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari ishlab chiqarish chiqimlariga mo'ljallangan xarajatlarga kiritib, asosiy fondlarning tezlashtirilgan amortizatsiyasini tegishli asosiy fondlar uchun belgilangan normadan ikki martadan ko'proq oshib ketmaydigan miqdorda qo'llashga haqli.

Kichik va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari amortizatsiya ajratmalari ajratib kelingan va uch yildan ko'proq muddat davomida ishlatilgan asosiy fondlar dastlabki qiymatining ellik foiziga qadarini hisobdan chiqarish huquqiga ega.

Kichik yoki xususiy korxona ishga tushgan paytdan e'tiboran ikki yil o'tgunga qadar tugatilgan taqdirda, qo'shimcha ravishda hisoblab chiqarilgan (tezlashtirilgan) amortizatsiya summasi kichik yoki xususiy korxonaning balans foydasi ko'payishi hisobiga qaytarilishi kerak.

46-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga energiya ta'minoti manbai iste'molidagi imtiyozlar

Energiya ta'minoti manbai bo'yicha qishloq xo'jalik tovari ishlab chiqaruvchilari uchun belgilangan imtiyozli tariflar qishloq joylarda joylashgan hamda faoliyat olib borayotgan kichik va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga ham tatbiq etiladi.

«Elektr va issiqlik energiyasi iste'molchilarining tarif guruhlari to'g'risida»gi Nizom (ro'yxat raqami 955, 10.08.2000 y.)ning 2-bandiga muvofiq, qishloqda joylashgan va o'z faoliyatini amalga oshiradigan kichik va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari III tarif guruhiga kiritilgan.

47-modda. Tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar tayyorlashni davlat yo'li bilan qo'llab-quvvatlash

Davlat tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi rivojlantirilishini ta'minlaydi.

Qishloq joylardagi tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshirayotgan muassasalar va tashkilotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozlardan foydalanadilar.

VI. YaKUNIY QOIDALAR

48-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub'ektini tugatish (faoliyatini to'xtatish)

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektini tugatish uning mol-mulki mulkdorining yoki bunday korxonalarni tuzishga vakolatli organning qaroriga muvofiq yoxud sudning qaroriga binoan amalga oshiriladi.

Tadbirkorlik faoliyati sub'ekti tugatilayotganida bo'shab qolayotgan xodimlarga qonun hujjatlariga muvofiq ularning huquqlari va manfaatlariga rioya etilishi kafolatlanadi.

Qo'shimcha ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 67-moddasiga qarang.

Tadbirkorlik faoliyati sub'ekti u davlat reestridan chiqarilgan paytdan e'tiboran tugatilgan deb hisoblanadi.

Tadbirkorlik sub'ekti faoliyatining to'xtatilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Batafsil ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53—57-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 iyuldagi 327-son «Moliya-xo'jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o'zlarining ustav jamg'armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi to'g'risida»gi qarori, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 27 apreldagi PQ-630-son «Tadbirkorlik sub'ektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to'xtatish tartibini takomillashtirish to'g'risida»gi qaroriga qarang.

49-modda. Davlat organlari va boshqa organlarning qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish

Tadbirkorlik sub'ektlari davlat organlari va boshqa organlarning noqonuniy qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan o'z xohishlariga ko'ra bo'ysunuv tartibi asosida yuqori organlar yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.

Tadbirkorlik sub'ektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi yuzasidan davlat organlari va boshqa organlarning qarori, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda davlat boji to'lashdan ozod etiladi.

Tadbirkorlik sub'ektlari davlat organlari va boshqa organlarning noqonuniy qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga shikoyat qilishlari mumkin.

50-modda. Nizolarni hal etish

Tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyati bilan bog'liq nizolar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.

51-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo'ladilar.

O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 2411-moddasiga qarang.

O'zbekiston Respublikasining Prezidenti
 I. KARIMOV

Toshkent sh.