O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ
ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ
Ibora to'liq holda
 
Yubiley tangalari

Banknotlar va tangalar

Foydali manbalar

Bosh sahifa > Bank tizimiga oid qonun hujjatlari > Qonunlar >

Yangilangan sana: 26.01.2012

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

1999 yil 14 aprel, 756-I-son

LIZING TO'G'RISIDA

(O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 y., 5-son, 108-modda; 2003 y., 1-son, 8-modda; O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2007 y., 52-son, 533-modda)

1-modda. Lizing to'g'risidagi qonun hujjatlari

Lizing to'g'risidagi qonun hujjatlari lizingni amalga oshirish paytida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi hamda ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.

Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining lizing to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.

2-modda. Lizing tushunchasi

Oldingi tahrirga qarang.

Lizing — moliyaviy ijaraning alohida turi bo'lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig'iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing ob'ektini) mulk qilib oladi va uni lizing oluvchiga shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun o'n ikki oydan ortiq muddatga beradi. Bunda lizing shartnomasi quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak:

lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing ob'ekti lizing oluvchining mulki bo'lib o'tsa;

lizing shartnomasining muddati lizing ob'ekti xizmat muddatining sakson foizidan ortiq bo'lsa yoki lizing ob'ektining lizing shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlang'ich qiymatining yigirma foizidan kam bo'lsa;

lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing oluvchi lizing ob'ektini uning bozor qiymatidan past narxda evazini to'lab sotib olish huquqiga ega bo'lsa, bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi lizing ob'ekti qiymati asos bo'ladi;

lizing shartnomasi davri uchun lizing to'lovlarining joriy diskontlangan (hisobga olingan) qiymati lizing ob'ektining lizingga topshirish paytidagi joriy qiymatining to'qson foizidan ortiq bo'lsa. Joriy diskontlangan (hisobga olingan) qiymat buxgalteriya hisobi to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

(2-moddaning birinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2007 yil 28 dekabrdagi O'RQ-138-sonli Qonuni tahririda — O'R QHT, 2007 y., 52-son, 533-modda)

Lizing uch taraflama (sotuvchi — lizing beruvchi — lizing oluvchi) yoki ikki taraflama (lizing beruvchi — lizing oluvchi) lizing shartnomasi bo'yicha amalga oshiriladi.

Lizing beruvchi va sotuvchi o'rtasida ikki taraflama lizing shartnomasi tuzilayotganida qo'shimcha ravishda lizing ob'ektining oldi-sotdi shartnomasi tuziladi.

3-modda. Lizing ob'ektlari

Tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste'mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko'char va ko'chmas mulk lizing ob'ektlari bo'lishi mumkin.

Oldingi tahrirga qarang.

Er uchastkalari va boshqa tabiiy ob'ektlar, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo'lishi cheklangan boshqa mol-mulk lizing ob'ektlari bo'lishi mumkin emas.

Qarang: O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 82-moddasi.

(3-moddaning ikkinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 1-son, 8-modda)

4-modda. Lizing sub'ektlari

Lizing beruvchi, lizing oluvchi va sotuvchi lizing sub'ektlaridir.

Lizing shartnomasi bo'yicha lizing oluvchiga kelgusida topshirish maqsadida lizing ob'ektini mulk qilib oluvchi shaxs lizing beruvchi deb e'tirof etiladi.

Egalik qilish va foydalanish uchun lizing shartnomasi bo'yicha lizing ob'ektini olayotgan shaxs lizing oluvchi deb e'tirof etiladi.

Lizing beruvchi lizing ob'ektini kimdan olayotgan bo'lsa, shu shaxs sotuvchi deb e'tirof etiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Lizing ob'ekti lizing oluvchining krediti (qarzi) hisobidan olingan taqdirda, aniq lizing ob'ektiga nisbatan lizing beruvchining kreditori va lizing oluvchi bir shaxs timsolida ish ko'rishiga yo'l qo'yilmaydi.

(4-moddaning beshinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 1-son, 8-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

5-modda. Lizing shakllari

Lizing uning uchta sub'ekti ishtirok etadigan to'g'ridan-to'g'ri shaklda ham, lizing oluvchi va sotuvchi bo'lib bir shaxsning o'zi ishtirok etadigan qaytariladigan shaklda ham amalga oshirilishi mumkin.

(5-modda O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 1-son, 8-modda)

6-modda. Qo'shimcha lizing

Lizing oluvchi lizing beruvchi oldida lizing shartnomasi yuzasidan javobgar bo'lib qolgani holda, lizing shartnomasi bo'yicha olgan lizing ob'ektini lizing beruvchining yozma roziligi bilan vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish uchun uchinchi shaxsga qo'shimcha lizingga topshirishga haqli. Bunda ushbu Qonunning qoidalari qo'shimcha lizing shartnomasida qo'shimcha lizing beruvchiga, qo'shimcha lizing oluvchiga va sotuvchiga nisbatan muvofiq ravishda lizing beruvchiga, lizing oluvchiga va sotuvchiga bo'lganidek qo'llaniladi.

Qo'shimcha lizing shartnomasining amal qilish muddati lizing shartnomasining amal qilish muddatidan ortiq bo'lishi mumkin emas.

7-modda. Lizing ob'ektini hisobga olish va ro'yxatdan o'tkazish

Oldingi tahrirga qarang.

Lizing ob'ekti lizing oluvchi balansida hisobga olinadi.

Qarang: O'zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (6 - sonli BHMS) «Ijara hisobi»ga (ro'yxat raqami 1946, 24.04.2009 y.) va «Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to'g'risida»gi Nizom (ro'yxat raqami 1648, 27.12.2006 y.).

(7-moddaning birinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 1-son, 8-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

(7-moddaning ikkinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrdagi 447–II-son Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 1-son, 8-modda)

Davlat organlarida ro'yxatdan o'tkazilishi talab etiladigan lizing ob'ektlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lizing beruvchining yoki lizing oluvchining nomiga rasmiylashtiriladi.

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 84-moddasida nazarda tutilgan bino, inshootlar va ular bilan bog'liq bitimlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish noturar bino va inshootlar qismida — tuman (shahar) ko'chmas mulk kadastr xizmatlari tomonidan, bino va inshootlarning turar joy qismi bo'yicha — texnik inventarizatsiya byurolari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 2 iyundagi 278-sonli qarori asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 7 martdagi 38-sonli «Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxsga berishni tartibga solishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qaroriga asosan, avtomototransport vositalarini ro'yxatdan o'tkazish O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

8-modda. Lizing faoliyati

Lizing faoliyati lizing beruvchi tomonidan o'z mablag'lari va (yoki) jalb etilgan mablag'lar hisobidan lizing ob'ektining sotib olinishi va uni lizing shartnomasi bo'yicha lizing oluvchiga berilishi borasidagi investitsiya faoliyati turidir.

(8-modda O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 1-son, 8-modda)

9-modda. Lizing shartnomasi

Lizing shartnomasi yozma shaklda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi.

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 27-bobida shartnomalarni tuzish tartibi nazarda tutilgan.

Oldingi tahrirga qarang.

Lizing shartnomasi:

shartnoma taraflaridan birining talabiga ko'ra;

mol-mulk lizing ob'ekti hisoblanib, u haqda tuziladigan bitimlar qonunga muvofiq notarial tasdiqlanishi talab qilinadigan hollarda notarial tasdiqlanishi lozim.

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq avtomototransport vositalari va ko'chmas mulk bilan bog'liq alohida bitimlarning notarial tasdiqlanishi talab etiladi (386, 488, 490, 497, 504, 513, 531, 565, 580-moddalar).

(9-moddaning ikkinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 1-son, 8-modda)

Quyidagilar lizing shartnomasining muhim shartlari hisoblanadi:

lizing ob'ektining tavsiflanishi (lizing ob'ektining miqdori, sifati, ro'yxati, kontrakt qiymati va boshqa ko'rsatkichlari) va shartnoma umumiy pul summasining ko'rsatilishi;

taraflarning lizing ob'ektini olish va berish bilan bog'liq majburiyatlari;

lizing ob'ektini berish tartibi, shu jumladan lizing ob'ektini etkazib berish, montaj qilish va foydalanishga topshirish tartibi;

lizing to'lovlarini to'lash shartlari, miqdorlari, muddatlari va tartibi;

lizing ob'ektidan foydalanish, unga qarash, uni saqlab turish va ta'mirlash yuzasidan taraflarning majburiyatlari;

shartnomaning amal qilish muddati.

Oldingi tahrirga qarang.

sotuvchi va lizing ob'ektini tanlash uchun mas'ul tarafning ko'rsatilishi.

(9-moddaning uchinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrdagi 447–II-son Qonuniga asosan, sakkizinchi xatboshi bilan to'ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 1-son, 8-modda)

Taraflarning kelishuviga binoan lizing shartnomasiga quyidagi shartlar kiritilishi mumkin:

Oldingi tahrirga qarang.

lizing ob'ektini sotib olish tartibi va muddatlari;

(9-moddaning to'rtinchi qismi ikkinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 1-son, 8-modda)

lizing shartnomasini o'zgartirish va bekor qilish;

lizing ob'ektini sug'urta qilish;

fors-major holatlar;

lizing beruvchi qo'shimcha xizmatlar ko'rsatishi, bunday xizmatlarsiz lizing ob'ektidan foydalanib bo'lmasa;

lizing sub'ektlari tomonidan lizing shartnomasi shartlariga rioya etilishini nazorat qilish tartibi.

Lizing shartnomasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.

10-modda. Lizing shartnomasini o'zgartirish va bekor qilish

Lizing shartnomasini o'zgartirish va bekor qilish, agar qonun hujjatlarida va shartnomada boshqa tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, taraflar kelishuviga binoan amalga oshirilishi mumkin.

Taraflardan birining talabi bilan shartnoma sud tomonidan faqat quyidagi hollarda o'zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin: 1) ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzsa; 2) Fuqarolik kodeksi, boshqa qonunlar va shartnomada nazarda tutilgan o'zga hollarda (O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 382-moddasi),

11-modda. Lizing beruvchining huquq va majburiyatlari

Lizing beruvchi quyidagi huquqlarga egadir:

lizing oluvchining lizing ob'ektidan qanday sharoitlarda foydalanayotganligini va uni belgilangan maqsadiga muvofiq ishlatayotganligini lizing shartnomasi shartlariga hamda qonun hujjatlari talablariga muvofiq nazorat qilish;

lizing oluvchining roziligi bilan lizing ob'ekti va uning sotuvchisini tanlash;

Oldingi tahrirga qarang.

qonun hujjatlarida yoki lizing shartnomasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda lizing oluvchidan lizing ob'ektini talab qilib olish;

(11-moddaning birinchi qismining to'rtinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 1-son, 8-modda)

lizing oluvchi lizing shartnomasini jiddiy tarzda buzgan taqdirda barcha lizing to'lovlarini muddatidan ilgari to'lashni yoxud etkazilgan zararni undirib va (yoki) lizing ob'ektini qaytib olgan tarzda shartnomani bekor qilishni talab etish.

Agar lizing ob'ekti lizing beruvchining aybi bilan etkazib berilmagan bo'lsa yoki lizing shartnomasi shartlariga nomuvofiq bo'lsa, lizing beruvchi lizing oluvchining roziligi bilan o'zi lozim darajada bajarmagan lizing shartnomasi shartlarini tuzatib bajarishga yoki lizing oluvchiga boshqa lizing ob'ektini taklif etishga haqli.

Lizing beruvchi:

lizing shartnomasi bo'yicha mol-mulkni olishi va uni lizing oluvchiga egalik qilish hamda foydalanish uchun berishi;

lizing oluvchi uchun mol-mulk olayotganda mol-mulk muayyan shaxsga lizingga berishga mo'ljallanganligini sotuvchiga ma'lum qilishi;

lizing ob'ektini, agar shartnomada shunday shartlar nazarda tutilgan bo'lsa, saqlab turish, ta'mirlash va unga texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha lizing oluvchi oldida o'z zimmasiga olingan majburiyatlarni o'z vaqtida va to'liq hajmda bajarishi shart.

Lizing beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo'lishi va o'zga mujburiyatlarni bajarishi mumkin.

12-modda. Lizing oluvchining huquq va majburiyatlari

Lizing oluvchi quyidagi huquqlarga ega:

lizing ob'ektini mustaqil aniqlash va sotuvchini tanlash;

lizing beruvchidan lizing shartnomasini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik tufayli etkazilgan zarar qoplanishini talab qilish;

sotuvchiga lizing ob'ekti oldi-sotdi shartnomasidan kelib chiquvchi talablarni, jumladan uning sifati va butligi, topshirish muddati, kafolatli ta'mirlashi va hokazolar xususida talablar qo'yish;

Oldingi tahrirga qarang.

lizing ob'ekti etkazib berilmagan, to'liq etkazib berilmagan, etkazib berish muddati o'tkazib yuborilgan yoki sifati talab darajasida bo'lmagan lizing ob'ekti etkazib berilgan takdirda, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, lizing to'lovlari to'lashni kechiktirish, etkazib beriladigan lizing ob'ektidan voz kechish va lizing shartnomasining bekor qilinishini talab etish;

lizing shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan takdirda, o'zi ilgari avans sifatida to'lagan to'lovlarni lizing ob'ektidan foydalanishdan olingan foydaning qiymatini chegirib tashlagan holda, qaytarib berishni talab qilish.

(12-modda birinchi qismining beshinchi va oltinchi xatboshilari O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 1-son, 8-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Uchinchi shaxs undiruvni lizing ob'ektiga qaratganda lizing oluvchi lizing shartnomasini bekor qilish va lizing ob'ektini mulk qilib olish bilan bir paytda lizing shartnomasi bo'yicha tegishli lizing to'lovlari qoldig'ini lizing beruvchining qolgan davrda oladigan daromadini chegirib tashlagan holda bir yo'la to'lashga haqli.

(12-moddaning ikkinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 1-son, 8-modda)

Lizing oluvchi:

lizing ob'ektini qabul qilib olishi va undan lozim darajada foydalanishi, uni shartnoma shartlariga muvofiq saqlab turishi;

lizing to'lovlarini o'z vaqtida to'lab turishi, agar lizing shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, lizing ob'ektini o'z hisobidan joriy ta'mirlashi, uni saqlab turishga doir boshqa xarajatlar qilishi shart.

Lizing shartnomasi bekor qilinganda lizing oluvchi lizing ob'ektini lizing beruvchidan qanday holatda olgan bo'lsa, shunday holatda, normal eskirish va taraflarning kelishuvida shartlashilgan o'zgarishlarni hisobga olgan holda qaytarishi shart, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Lizing oluvchining lizing ob'ektini ta'mirlash va unga texnik xizmat ko'rsatishga doir huquqi va majburiyati sotuvchi bilan alohida tuzilgan shartnomada belgilanishi mumkin.

Lizing oluvchi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo'lishi va o'zga majburiyatlarni bajarishi mumkin.

13-modda. Sotuvchining huquq va majburiyatlari

Sotuvchi qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq huquqlarga ega bo'ladi va majburiyatlarni bajaradi.

Agar lizing shartnomasida yoki oldi-sotdi (mahsulot etkazib berish) shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, oldi-sotdi shartnomasi bo'yicha sotuvchining lizing oluvchiga nisbatan huquq va majburiyatlari lizing beruvchiga nisbatan huquq va majburiyatlaridek bo'ladi. Bunda lizing oluvchi lizing ob'ekti oldi-sotdi shartnomasini bekor qilishga yoki uni haqiqiy emas deb topishga haqli emas.

14-modda. Lizing ob'ektining oldi-sotdi shartnomasi xususiyatlari

Lizing ob'ektining oldi-sotdi shartnomasi lizing beruvchi va sotuvchi o'rtasida tuzilib, unga ko'ra lizing beruvchi lizing oluvchining topshirig'iga binoan lizing ob'ektini keyinchalik lizing oluvchiga berish uchun o'z mulki qilib oladi.

Taraflarning xohishiga ko'ra lizing ob'ektining oldi-sotdi shartnomasi lizing shartnomasi kuchga kirishidan oldin yoki keyin tuzilishi mumkin.

Lizing ob'ekti oldi-sotdi shartnomasini tuzish paytida lizing beruvchi lizing ob'ekti qaysi maqsadda olinayotganligidan sotuvchini oldindan xabardor qilishi, buni oldi-sotdi shartnomasida qayd etishi shart.

15-modda. Lizing ob'ektiga bo'lgan mulk huquqi

Lizing ob'ektiga bo'lgan mulk huquqi lizing oluvchi tomonidan sotib olingunga qadar lizing beruvchiga tegishlidir.

Oldingi tahrirga qarang.

Lizing shartnomasining amal qilish muddati tugagunga qadar barcha lizing to'lovlari lizing beruvchining lizing shartnomasi muddati tugagunga qadar qolgan davrda oladigan daromadi chegirib tashlangan holda to'langan taqdirda, agar lizing shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, lizing ob'ektiga bo'lgan mulk huquqi lizing oluvchiga o'tishi mumkin.

(15-moddaning ikkinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 1-son, 8-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

(15-moddaning uchinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrdagi 447–II-son Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 1-son, 8-modda)

Lizing oluvchi bankrot bo'lgan, uning mol-mulki xatga olingan yoki musodara qilingan taqdirda, lizing ob'ekti lizing oluvchining umumiy mol-mulkidan ajratiladi va lizing beruvchiga qaytarilishi lozim, u mol-mulkni o'z xohishiga ko'ra tasarruf etishi mumkin. Lizing beruvchiga zararni qoplash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

16-modda. Lizing beruvchi va lizing oluvchining o'z huquqlaridan uchinchi shaxslar foydasiga voz kechishi

Lizing beruvchi lizing oluvchini xabardor qilgan holda lizing shartnomasi bo'yicha o'z huquqlaridan to'liq yoki qisman uchinchi shaxslar foydasiga voz kechishi mumkin.

Oldingi tahrirga qarang.

Lizing oluvchi lizing beruvchining ruxsati bilan lizing shartnomasi bo'yicha o'z huquqlaridan to'liq yoki qisman uchinchi shaxslar foydasiga voz kechishi mumkin.

(16-moddaning ikkinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 1-son, 8-modda)

Lizing ob'ektiga bo'lgan mulk huquqi lizing beruvchidan uchinchi shaxsga o'tganda, lizing oluvchi bilan tuzilgan lizing shartnomasi yangi mulkdor uchun o'z kuchini saqlab qoladi.

17-modda. Lizing ob'ektini jadal amortizatsiya qilishni qo'llash

Lizing beruvchi va lizing oluvchi o'zaro kelishgan holda qonun hujjatlariga muvofiq lizing ob'ektini jadal amortizatsiya qilishni qo'llash huquqiga ega.

O'zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-son BHMS) «Asosiy vositalar»ga (ro'yxat raqami 1299, 2004 yil 20 yanvar) asosan, jadallashtirilgan amortizatsiya quyidagi usullarda hisoblanadi: a) ikki baravar amortizatsiya me'yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli; b) yillar summasi usuli (kumulyativ usul).

18-modda. Lizing ob'ektini sug'urtalash

Nobud bo'lish, yo'qolish, o'g'irlash, shikastlanish, buzilish va barvaqt eskirish xavfi bilan bog'liq bo'lgan tarzdagi har qanday etkazilishi mumkin bo'lgan zarardan lizing ob'ektini sug'urtalash taraflarning kelishuviga binoan amalga oshiriladi. Bunday kelishuv bo'lmagan taqdirda, lizing oluvchi lizing ob'ekti sug'urtasi uchun javobgar bo'ladi.

19-modda. Lizing ob'ekti bilan bog'liq xavflar

Lizing ob'ekti bilan bog'liq barcha xavflar, shu jumladan uning tasodifan yo'qolishi (nobud bo'lishi) yoki tasodifan buzilishi, shuningdek o'g'irlanishi, barvaqt eskirishi, shikastlanishi xavflari lizing shartnomasida nazarda tutilgan tartibda lizing oluvchiga o'tadi. Xavflar lizing oluvchiga o'tgan daqiqadan e'tiboran lizing oluvchi lizing ob'ekti har qanday tarzda yo'qotilishi yoki shikastlanishi uchun lizing shartnomasi amal qiladigan muddat davomida javobgar bo'ladi.

Agar xavflar lizing beruvchidan lizing oluvchiga o'tadigan vaqt lizing shartnomasida belgilangan bo'lmasa, xavflar lizing oluvchiga u lizing ob'ektini olgan daqiqadan e'tiboran o'tadi.

Agar taklif etilgan lizing ob'ekti lizing shartnomasiga mos kelmasa va bu lizing oluvchiga lizing ob'ektidan voz kechish huquqini bersa, ana shunday nomuvofiqlik bartaraf etilgunga qadar yoki lizing oluvchi lizing ob'ektini olgunga qadar barcha xavflar lizing beruvchi zimmasida bo'ladi.

Sotuvchining nochorligi yoki lizing ob'ektining undan foydalanish maqsadlariga nomuvofiqligi xavflari lizing oluvchining zimmasida bo'ladi, lizing beruvchining sotuvchini yoki lizing ob'ektini tanlash yoxud lizing beruvchi lizing oluvchini muayyan sotuvchini yoki lizing ob'ektini tanlashga g'ayriqonuniy tarzda majburlash hollari bundan mustasno.

20-modda. Lizing shartnomasi bo'yicha ta'minlash

Lizing shartnomasiga bog'liq ravishda sarflangan mablag'lar qaytarilishining kafolati sifatida lizing beruvchi lizing oluvchidan ta'minlash berilishini, shu jumladan garov, bank kafolati yoki uchinchi shaxsning kafilligi ko'rinishidagi ta'minlash berilishini talab qilishi mumkin.

21-modda. Lizing ob'ektidan garov sifatida foydalanish

Oldingi tahrirga qarang.

Lizing beruvchi lizing oluvchining oldindan roziligini olmay turib, lizing ob'ektidan garov sifatida foydalanish huquqiga ega emas.

(21-moddaning birinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 1-son, 8-modda)

Lizing oluvchi lizing ob'ektini garov sifatida ishlatishga haqli emas.

22-modda. Lizing to'lovlari

Oldingi tahrirga qarang.

Lizing to'lovlari lizing beruvchiga lizing ob'ekti qiymatining lizing oluvchi tomonidan qoplanishidan, shuningdek lizing beruvchining foizli daromadidan iborat bo'ladi.

(22-moddaning birinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2007 yil 28 dekabrdagi O'RQ-138-sonli Qonuni tahririda — O'R QHT, 2007 y., 52-son, 533-modda)

Lizing to'lovlari shartnomaning butun amal qilish muddatiga taqsimlanadi va bo'lib-bo'lib to'lanadi. Lizing to'lovlarining miqdorlari va davriyligi lizing shartnomasi bilan belgilanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

23-modda. Lizing oluvchidan pul summalarini talab qilib olish va lizing ob'ektini olib qo'yish

Lizing beruvchi tomonidan lizing oluvchidan pul summasini talab qilib olish va lizing ob'ektini olib qo'yish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

(23-modda O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 1-son, 8-modda)

24-modda. Lizing sub'ektlarining javobgarligi

Lizing beruvchi mol-mulkni etkazib bermaganlik, to'liq etkazib bermaganlik, etkazib berish muddatini o'tkazib yuborganlik va tegishli darajada sifatli bo'lmagan mol-mulkni etkazib berganlik uchun, agar bu uning aybli harakatlari (harakatsizligi) tufayli bo'lsa, lizing oluvchining oldida javobgar bo'ladi.

Lizing beruvchi lizing oluvchi oldida lizing ob'ekti yuzasidan javobgar bo'lmaydi, lizing ob'ekti sotuvchisi va lizing ob'ektining o'zi lizing beruvchi tomonidan tanlangan va lizing oluvchi shu tufayli zarar ko'rganligi isbotlangan hollar bundan mustasno.

Lizing beruvchi va lizing oluvchi sotuvchiga nisbatan lizing ob'ektining oldi-sotdi shartnomasi bo'yicha solidar kreditorlar sifatada ish ko'radilar. Sotuvchi ular oldida lizing ob'ektining oldi-sotdi shartnomasidan kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarish (lizing ob'ektining sifati, butligi, lozim darajada etkazib berilishi va boshqalar) yuzasidan javobgar bo'ladi. Bunda sotuvchi lizing ob'ekti bilan bog'liq aynan bitta zarar uchun bir paytning o'zida lizing oluvchi va lizing beruvchi oldida javobgar bo'lishi mumkin emas.

Oldingi tahrirga qarang.

(24-moddaning to'rtinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrdagi 447–II-son Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 1-son, 8-modda)

Lizing beruvchi lizing ob'ektining lizing shartnomasini tuzishda qayd etib o'tilgan kamchiliklari uchun javob bermaydi.

Lizing oluvchining aybi bilan lizing ob'ektining yo'qolishi yoki lizing ob'ektining o'z vazifasiga doir ahamiyatini yo'qotishi, agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, lizing oluvchini lizing beruvchi oldidagi javobgarlikdan ozod etmaydi.

25-modda. Nizolarni hal etish

Lizingni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan nizolar sud tartibida hal etiladi.

Shuningdek, lizingga oid masalalar O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 587 — 599-moddalarida aks ettirilgan. Tanishish uchun tavsiya etiladi.

O'zbekiston Respublikasining Prezidenti
 I. KARIMOV

Toshkent sh.