O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ
ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ
Ibora to'liq holda
 
Yubiley tangalari

Banknotlar va tangalar

Foydali manbalar

Bosh sahifa > Bank tizimiga oid qonun hujjatlari > Qonunlar >

Yangilangan sana: 26.01.2012

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

2009 yil 22 sentyabr, O'RQ-223-son

JINOIY FAOLIYaTDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA VA TERRORIZMNI MOLIYaLAShTIRIShGA QARShI KURAShISh TO'G'RISIDAGI QONUN HUJJATLARI TAKOMILLAShTIRILGANLIGI MUNOSABATI BILAN O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUNLARIGA O'ZGARTISh VA QO'ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA

(O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2009 y., 39-son, 423-modda)

Qonunchilik palatasi tomonidan 2009 yil 24 avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009 yil 28 avgustda ma'qullangan

1-modda. O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan «Birjalar va birja faoliyati to'g'risida»gi 625-XII-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan 260-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 yil, ¹ 9-10, 171-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, ¹ 9, 311-modda; 2006 yil, ¹ 10, 536-modda) 23-moddasi quyidagi mazmundagi to'rtinchi qism bilan to'ldirilsin:

«Birja bitimining mazmuni haqidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog'liq bo'lgan axborot qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etiladi».

2-modda. O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Garov to'g'risida»gi 736-XII-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasining 1998 yil 1 mayda qabul qilingan 614-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, ¹ 5-6, 96-modda; 2002 yil, ¹ 1, 20-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, ¹ 4, 156-modda) 45-moddasining to'rtinchi qismi chiqarib tashlansin.

3-modda. O'zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, ¹ 1, 3-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, ¹ 9, 144-modda; 1997 yil, ¹ 2, 56-modda, ¹ 9, 241-modda; 1998 yil, ¹ 5-6, 102-modda, ¹ 9, 181-modda; 1999 yil, ¹ 1, 20-modda, ¹ 5, 124-modda, ¹ 9, 229-modda; 2000 yil, ¹ 5-6, 153-modda; 2001 yil, ¹ 1-2, 23-modda, ¹ 9-10, 165-modda; 2002 yil, ¹ 9, 165-modda; 2003 yil, ¹ 1, 8-modda, ¹ 9-10, 149-modda; 2004 yil, ¹ 1-2, 18-modda, ¹ 9, 171-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, ¹ 9, 314-modda, ¹ 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, ¹ 6, 261-modda, ¹ 12, 656-modda; 2007 yil, ¹ 4, 158, 166-moddalar, ¹ 6, 248-modda, ¹ 9, 416, 422-moddalar, ¹ 12, 607-modda; 2008 yil, ¹ 4, 187, 188, 189-moddalar, ¹ 7, 352-modda, ¹ 9, 485, 487, 488-moddalar, ¹ 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, ¹ 1, 1-modda, ¹ 4, 128-modda) 243-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«243-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, ya'ni mulk (pul mablag'lari yoki boshqa mol-mulk) jinoiy faoliyat natijasida topilgan bo'lsa, uni o'tkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yo'li bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus berish, xuddi shuningdek bunday pul mablag'lari yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, ko'chirish usulini, pul mablag'lariga yoki boshqa mol-mulkka bo'lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki uning kimga qarashliligini yashirish yoxud sir saqlash, —

besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi».

4-modda. O'zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, ¹ 3, 6-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, ¹ 9, 193-modda, ¹ 12, 269-modda; 1996 yil, ¹ 5-6, 69-modda, ¹ 9, 144-modda; 1997 yil, ¹ 2, 56-modda, ¹ 4-5, 126-modda, ¹ 9, 241-modda; 1998 yil, ¹ 3, 38-modda, ¹ 5-6, 102-modda, ¹ 9, 181-modda; 1999 yil, ¹ 1, 20-modda, ¹ 5, 124-modda, ¹ 9, 229-modda; 2000 yil, ¹ 5-6, 153-modda, ¹ 7-8, 217-modda; 2001 yil, ¹ 1-2, 23-modda, ¹ 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, ¹ 1, 20-modda, ¹ 9, 165-modda; 2003 yil, ¹ 1, 8-modda, ¹ 5, 67-modda, ¹ 9-10, 149-modda; 2004 yil, ¹ 1-2, 18-modda, ¹ 5, 90-modda, ¹ 9, 171-modda; 2005 yil, ¹ 1, 18-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, ¹ 9, 312-modda, ¹ 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, ¹ 6, 261-modda, ¹ 9, 498-modda, ¹ 10, 536-modda, ¹ 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, ¹ 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, ¹ 9, 416, 421-moddalar, ¹ 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, ¹ 4, 181, 189, 192-moddalar, ¹ 9, 486, 488-moddalar, ¹ 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, ¹ 1, 1-modda) quyidagi qo'shimchalar kiritilsin:

1) quyidagi mazmundagi 1793-modda bilan to'ldirilsin:

«1793-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish

Maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim bo'lgan pul mablag'lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog'liq operatsiyalar haqidagi axborotni taqdim etmaslik yoki taqdim etish muddatlarini buzish, ichki nazoratni tashkil qilish, pul mablag'lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog'liq operatsiyalarni qonunda belgilangan hollarda yoxud maxsus vakolatli davlat organining ko'rsatmasiga binoan to'xtatishga doir chora-tadbirlarni ko'rmaslik, xuddi shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish munosabati bilan tijorat, bank sirini va qonun bilan qo'riqlanadigan o'zga sirni tashkil etuvchi ma'lumotlarni g'ayriqonuniy ravishda talab qilish, olish yoki oshkor etish —

eng kam ish haqining o'n baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi»;

2) 245-moddaning birinchi qismi «1792» raqamidan keyin «1793» raqami bilan to'ldirilsin.

5-modda. O'zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida»gi 154-I-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, ¹ 12, 247-modda; 1998 yil, ¹ 9, 181-modda; 1999 yil, ¹ 5, 124-modda; 2001 yil, ¹ 1-2, 23-modda; 2003 yil, ¹ 1, 8-modda; 2005 yil, ¹ 1, 18-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, ¹ 9, 496-modda; 2007 yil, ¹ 12, 608-modda; 2009 yil, ¹ 4, 133-modda) quyidagi o'zgartish va qo'shimchalar kiritilsin:

1) 50-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Markaziy bank moliya-bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash maqsadida banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalar faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi, shuningdek ular tomonidan ichki nazorat qoidalariga hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog'liq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish tartibiga rioya etilishi ustidan monitoring hamda nazorat qiladi»;

2) 51-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to'ldirilsin:

«Markaziy bank maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalar uchun majburiy bo'lgan ichki nazorat qoidalarini tasdiqlaydi»;

3) 53-modda:

quyidagi mazmundagi to'rtinchi qism bilan to'ldirilsin:

«Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to'g'risidagi qonun hujjatlari banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalar tomonidan buzilganligi aniqlangan taqdirda, Markaziy bank ularga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq choralar hamda sanktsiyalar qo'llashga haqli»;

to'rtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin.

6-modda. O'zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, 2-songa ilova, ¹ 11-12; 1997 yil, ¹ 2, 56-modda, ¹ 9, 241-modda; 1998 yil, ¹ 5-6, 102-modda; 1999 yil, ¹ 1, 20-modda, ¹ 9, 229-modda; 2001 yil, ¹ 1-2, 23-modda, ¹ 9-10, 182-modda; 2002 yil, ¹ 1, 20-modda, ¹ 9, 165-modda; 2003 yil, ¹ 1, 8-modda, ¹ 5, 67-modda; 2004 yil, ¹ 1-2, 18-modda, ¹ 5, 90-modda, ¹ 9, 171-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, ¹ 4, 154-modda, ¹ 9, 494, 498-moddalar; 2007 yil, ¹ 1, 3, 5-moddalar, ¹ 4, 156, 164-moddalar, ¹ 8, 367-modda, ¹ 9, 416-modda, ¹ 12, 598, 608-moddalar; 2008 yil, ¹ 4, 192-modda, ¹ 12, 640-modda) quyidagi o'zgartish va qo'shimchalar kiritilsin:

1) 96-moddaning uchinchi qismidagi «bankning taqdim qiluvchiga pul beriladigan jamg'arma daftarchasi» degan so'zlar chiqarib tashlansin;

2) 229-moddaning to'rtinchi qismidagi «shuningdek taqdim etuvchiga deb yozilgan qimmatli qog'ozlar» degan so'zlar chiqarib tashlansin;

3) 769-moddaning:

to'rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Bank omonati shartnomasida egasining nomi yozilgan omonat daftarchasini berish nazarda tutiladi»;

ettinchi qismi chiqarib tashlansin;

4) 770-moddaning:

birinchi qismi «Omonat (depozit) sertifikati» degan so'zlardan keyin «egasining nomi yozilgan» degan so'zlar bilan to'ldirilsin;

ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;

5) 778-moddadagi «bank hisobvarag'i shartnomasida» degan so'zlar «qonunda yoki bank hisobvarag'i shartnomasida» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

6) 785-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari «qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno» degan so'zlar bilan to'ldirilsin.

7-modda. O'zbekiston Respublikasining 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi 216-I-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, ¹ 5-6, 54-modda; 1997 yil, ¹ 2, 56-modda, ¹ 9, 241-modda; 1999 yil, ¹ 5, 124-modda, ¹ 9, 229-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, ¹ 9, 491-modda, ¹ 10, 536-modda; 2008 yil, ¹ 12, 640-modda; 2009 yil, ¹ 4, 133-modda) quyidagi o'zgartish va qo'shimchalar kiritilsin:

1) 14-modda:

quyidagi mazmundagi to'qqizinchi xatboshi bilan to'ldirilsin:

«ichki nazorat qoidalari hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog'liq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish tartibi buzilganda»;

to'qqizinchi xatboshisi o'ninchi xatboshi deb hisoblansin;

2) 38-modda:

quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to'ldirilsin:

«Banklar pul mablag'lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog'liq operatsiyalar to'g'risidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog'liq bo'lgan axborotni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadi»;

beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha oltinchi va ettinchi qismlar deb hisoblansin.

8-modda. O'zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dekabrda qabul qilingan «Notariat to'g'risida»gi 343-I-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, ¹ 2, 42-modda; 2001 yil, ¹ 1-2, 23-modda; 2003 yil, ¹ 5, 67-modda; 2004 yil, ¹ 1-2, 18-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, ¹ 9, 312-modda; 2006 yil, ¹ 9, 498-modda; 2007 yil, ¹ 12, 608-modda) quyidagi o'zgartishlar va qo'shimcha kiritilsin:

1) 6-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Amalga oshirilgan notarial harakatlar to'g'risidagi ma'lumotnomalar (ma'lumotlar) sud, prokuratura, tergov organlarining talabiga binoan ular yuritayotgan ishlar munosabati bilan beriladi. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog'liq bo'lgan amalga oshirilgan notarial harakatlar to'g'risidagi ma'lumotnomalar (ma'lumotlar) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etiladi. Fuqarolar mulkiga o'tayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi ma'lumotnomalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda soliq organiga taqdim etiladi. Vasiyatnoma to'g'risidagi ma'lumotnomalar vasiyat qiluvchining vafotidan keyingina beriladi»;

2) 18-modda:

o'zbekcha matnining ettinchi xatboshisidagi «shart» degan so'z chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to'ldirilsin:

«jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog'liq bo'lgan amalga oshirilgan notarial harakatlar to'g'risidagi ma'lumotnomalarni (ma'lumotlarni) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etishi shart».

9-modda. O'zbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan «Advokatura to'g'risida»gi 349-I-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, ¹ 2, 48-modda; 2001 yil, ¹ 1-2, 23-modda; 2003 yil, ¹ 5, 67-modda; 2004 yil, ¹ 1-2, 18-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, ¹ 9, 312-modda; 2008 yil, ¹ 12, 641-modda) 7-moddasi quyidagi mazmundagi ettinchi qism bilan to'ldirilsin:

«Jismoniy va yuridik shaxslar nomidan pul mablag'lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog'liq bitimlar tayyorlanganda hamda amalga oshirilganda advokatlar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog'liq axborotni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadi».

10-modda. O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 5 aprelda qabul qilingan «Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi 358-II-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, ¹ 4-5, 68-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, ¹ 10, 536-modda; 2007 yil, ¹ 9, 415-modda; 2008 yil, ¹ 4, 192-modda, ¹ 12, 635-modda) quyidagi o'zgartish va qo'shimchalar kiritilsin:

1) 10-moddaning ikkinchi qismi:

quyidagi mazmundagi o'n birinchi xatboshi bilan to'ldirilsin:

«jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to'g'risidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, sug'urtalovchilar va sug'urta vositachilariga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq choralar va sanktsiyalarni qo'llaydi»;

o'n birinchi—o'n oltinchi xatboshilari tegishincha o'n ikkinchi — o'n ettinchi xatboshilar deb hisoblansin;

2) 26-modda quyidagi mazmundagi ettinchi qism bilan to'ldirilsin:

«Sug'urtalovchilar va sug'urta vositachilari pul mablag'lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog'liq operatsiyalar to'g'risidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog'liq bo'lgan axborotni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadi».

11-modda. O'zbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustda qabul qilingan «Bank siri to'g'risida»gi 530-II-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, ¹ 9-10, 144-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, ¹ 9, 312-modda) 8-moddasi:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to'ldirilsin:

«Bank sirini tashkil etuvchi, pul mablag'lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog'liq operatsiyalar to'g'risidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog'liq bo'lgan axborot qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etiladi»;

ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va to'rtinchi qismlar deb hisoblansin.

12-modda. O'zbekiston Respublikasining 2005 yil 16 dekabrda qabul qilingan «Elektron to'lovlar to'g'risida»gi O'RQ-13-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, ¹ 12, 412-modda) 17-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«To'lov tizimining a'zosi — bank to'lov tizimidan foydalanuvchining topshirig'iga binoan elektron to'lovni tegishli to'lov hujjati tushgan kunda, agar u bankning operatsiya kuni mobaynida tushgan bo'lsa, amalga oshirishi shart, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Agar to'lov hujjati operatsiya kuni tugaganidan keyin tushsa, to'lov tizimining a'zosi — bank elektron to'lovni keyingi ish kunidan kechiktirmay amalga oshirishi shart, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno».

13-modda. O'zbekiston Respublikasining 2008 yil 22 iyulda qabul qilingan «Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida»gi O'RQ-163-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008 yil, ¹ 7, 354-modda) quyidagi o'zgartishlar va qo'shimcha kiritilsin:

1) 3-moddaning:

o'n ettinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

o'n sakkizinchi—qirq ikkinchi xatboshilari tegishincha o'n ettinchi — qirq birinchi xatboshilar deb hisoblansin;

2) 5-modda birinchi qismining:

oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

ettinchi—o'n birinchi xatboshilari tegishincha oltinchi — o'ninchi xatboshilar deb hisoblansin;

3) 15-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Qimmatli qog'ozlarga doir bitimlar yozma shaklda amalga oshiriladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilishi kerak»;

4) 32-moddaning:

uchinchi qismi chiqarib tashlansin;

to'rtinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;

5) 46-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to'ldirilsin:

«Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog'liq maxfiy axborot qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etiladi».

14-modda. Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
I. KARIMOV

Toshkent sh.