O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ
ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ
Ibora to'liq holda
 
Yubiley tangalari

Banknotlar va tangalar

Foydali manbalar

Bosh sahifa > Banknotlar va tangalar >

Yangilangan sana: 03.02.2012

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
2011 yil namunasidagi  500 so`m qiymatidagi tangasi

Tanga nikel qotishmasi bilan qoplangan po'latdan tayyorlangan, rangi oq.

Tanganing old tomoni (avers)da Toshkent shahri markazida qad ko'targan "Xalqaro Anjumanlar saroyi” binosi tasvirlangan. Tasvirning pastki qismida tanganing qiymati  “500” raqami yozilgan. Raqamning tagida lotin bosma harflari bilan  “so'm ” so'zi yozilgan. Raqam va so'z botiq holda tasvirlangan. Tanganing tashqi qirrasi bo'ylab bosma lotin harflari bilan “O"ZBEKISTON MUSTAQILLIGIGA 20 YIL” so'zlari aylanasimon ko'rinishda yozilgan. So'zning boshi va oxirini bo'rtib chiqqan nuqta chegaralagan.

Tanganing orqa tarafi (revers) markazida O'zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi tasvirlangan. Gerbning tashqi qirrasi bo'ylab bosma lotin harflari bilan  “O’ZBEKISTON  MARKAZIY  BANKI” so'zlari aylanasimon ko'rinishda yozilgan.

Gerb ostining markaziy qismida tanganing ishlab chiqarilgan yili bo'rtib chiqqan ikki nuqta bilan chegaralangan “2011” raqami ko'rsatilgan.

Tanganing orqa tomonida gerbning tashqi aylanasi bo'ylab 72 dona bo'rtib chiqqan sferik nuqtalar joylashtirilgan.

Tanganing yon qirrasi silliq.

Tanganing diametri - 25,0 mm.ni, qalinligi - 1,6 mm.ni, og'irligi - 6,0 gr.ni tashkil etadi.