O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ
ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ
Ibora to'liq holda
 
Yubiley tangalari

Banknotlar va tangalar

Foydali manbalar

Bosh sahifa > Banknotlar va tangalar >

Yangilangan sana: 03.02.2012

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
2002 yil namunasidagi  50 so'm qiymatidagi tangasi

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 50 so'm bo'lgan «SHAHRISABZ SHAHRINING 2700 YILLIGI» yubiley esdalik tangasi po'latdan tayyorlanib, miss-nikel qotishmasi bilan qoplangan. Rangi oq.

Tanganing old tomonida «Amir Temur» haykali va "Oq saroy” qarorgohi aks ettirilgan, uning yuqori qismi aylanasi bo'ylab «SHAHRISABZ SHAHRINING 2700 YILLIGI» degan matn yozilgan, pastki qismining markazida tanga qiymatini ifoda etuvchi «50» raqami tasvirlangan.

Tanga orqa tomonining markazida O'zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan bo'lib, uning yuqori qismida aylana bo'ylab «O'ZBEKISTON  MARKAZIY  BANKI» degan matn yozilgan hamda tanga aylanasi bo'ylab 70 dona bo'rtib chiqqan sferik nuqtalar bilan chegaralangan. Gerbning pastki markaziy qismida tanga ishlab chiqarilgan yilni belgilovchi «2002» yozuvi aks ettirilgan.

Tanga qirrasining yuzida (gurti) har bir to'pida 10 donadan jami 100 dona chiziq (shtrix) tushirilgan.

Tanga diametri - 26,4 mm., qalinligi – 2,3 mm., og'irligi – 8,0 gr.