O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ
ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ
Ibora to'liq holda
 
Yubiley tangalari

Banknotlar va tangalar

Foydali manbalar

Bosh sahifa > Qimmatli qog'ozlar bozori >

Tijorat banklarining fond birjasidagi ishtiroki

Yangilangan sana: 07.10.2011

Tijorat banklari "Toshkent" Respublika fond birjasi savdolarida emitentlar rolida, shuningdek, investorlar sifatida qatnashgan holda fond bozorining faol ishtirokchilari hisoblanadi.

2011 yil 1 sentyabr holatiga ko'ra, emitent banklar aktsiyalari ishtirokidagi birja umumiy aylanmasi 78,4 mlrd. so'mni tashkil qildi. Bundagi bitimlar respublikamizdagi 16 ta tijorat bankining qimmatli qog'ozlari bilan amalga oshirildi.

Fond birjasi orqali sotilgan banklar aktsiyalarining qiyosiy salmog'i umumiy birja aylanmasida 66,7 foizni tashkil etdi.


Mamlakatimiz rahbariyati tomonidan respublika bank tizimining izchil rivojlanishiga katta e'tibor qaratalayotgani, shuningdek, banklarning kapitallashuvini yanada oshirish va resurs bazasini mustahkamlash borasida chora-tadbirlar ko'rilayotgani bois, fond birjasida investorlarning banklar aktsiyalariga qiziqishi tobora ortmoqda. Banklar aktsiyalariga kiziqish ularning ishonchli, barqaror zkani, daromadlarning doimiy ortishi kabi omillar bilan bog'likdir.

Ta'kidlash joizki, aktsiyadorlik banklarining aksariyati Respublika fond birjasining rasmiy birja listingiga kiritilgan. Bu esa, banklar aktsiyalari ishonchli, moliyaviy barqaror, investitsion  jozibador  hamda axborot jihatidan ochiq ekanidan dalolat beradi. Bundan tashqari, banklarning rasmiy birja listingiga kiritilgani ular qimmatli qog'ozlarining majburiy kotirovkasini amalga oshirishga va bu qimmatli qog'ozlarning adolatli bozor qiymatini belgilashga imkon beradi.

Yana shuni ta'kidlash muhimki, banklar aktsiyalari hajmining yarmidan ko'prog'i (77,1 foizi) ikkilamchi birja bozorida sotilgan. Birja orqali sotilgan banklar aktsiyalarining qolgan qismi (22,9 foizi) banklar tomonidan qo'shimcha emissiya qilingan aktsiyalarning birlamchi joylashtirish ulushiga to'g'ri keladi.

Umumiy birja aylanmasida qo'shimcha emissiya qilingan 86,7 foiz (17,9 mlrd. so'm) aktsiyalarni birlamchi joylashtirish banklar tomonidan qo'shimcha emissiya qilingan aktsiyalar ulushiga to'g'ri kelishini aytib o'tish ham maqsadga muvofiqdir.

Joriy yilning 8 oyi davomida “Toshkent” Respublika fond birjasining birlamchi bozorida mamlakatimizdagi 6 ta tijorat bankining umumiy qiymati 17,943 mlrd. so'mlik qo'shimcha emissiya qilingan aktsiyalari  Investorlarning ikkilamchi bozorda sotilgan aktsiyalarga qiziqishi, shuningdek, banklar aktsiyalarining etakchi pozitsiyasi bilan tavsiflanadi. Banklar aktsiyalarining birja ikkilamchi aylanmasidagi ulushi 2006 yildagi 12,8 foizdan 2011 yilga kelib, 65,1 foizga ortdi.


Banklarning “Toshkent” Respublika fond birjasidagi qimmatli qog'ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarda ishtirok etishini tahlil qilgan holda, aytish joizki, banklar qimmatli qog'ozlar birja bozorida faol emitentlar bo'lishi barobarida investorlar sifatida ham qatnashmokda.

Respublika fond birjasi orqali qimmatli qog'ozlarni sotib olishda banklar investitsiyalari hajmining dinamikasi shuni ko'rsatmoqdaki, agar 2006 yilda banklar qo'yilmalarining qiyosiy salmog'i birja aylanmalari umumiy xajmida 3,7 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2008 yilda bu ko'rsatkich 8,4 foizga o'sdi, joriy yilning 8 oyi yakunlari bo'yicha esa 6,7 foizdan oshib ketdi. Banklarning boshqa emitentlar aktsiyalariga investitsiyalari umumiy hajmi joriy yilning 8 oyi davomida 7,9 mlrd. so'mni tashkil etgani ham e'tiborlidir.

Agar banklar investitsiyalarini sohalar kesimida ko'rib chiqadigan bo'lsak, u holda moliya sohasi korxonalarining aktsiyalari banklar uchun ko'proq investitsion jozibadorlikka ega. Ularning ulushi joriy yil 8 oyi davomida banklar investitsiyalarining 60,4 foizini tashkil etdi. So'ngra sug'urta kompaniyalarining 22,4 foizlik ulushi kuzatilmokda.

Tijorat banklarining fond bozorlaridagi faol ishtiroki qimmatli qog'ozlar bozorining rivojlanishiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Qimmatli qog'ozlar bozorini, jumladan, birja fond bozorini yanada rivojlantirish esa aktsiyadorlik-tijorat banklarining bozordagi pozitsiyasi kuchayishi bilan uzviy bog'liq holda bo'lishi shubhasiz.