| O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI | ||
| ¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ | ||
| ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ | ||
Bosh sahifa > Markaziy bank va BMTTD qo'shma loyihasi >
MARKAZIY BANK VA BMT TARAQQIYoT DASTURINING "MIKROMOLIYaLAShTIRISh TIZIMINI RIVOJLANTIRIShNI QO'LLAB-QUVVATLASh” QO'ShMA LOYIHASI
TEXNIK HAMKORLIK BO'YIChA GERMANIYa JAMIYaTINING (GTTs) "MARKAZIY OSIYoDA MIKROMOLIYaLAShTIRIShNI RIVOJLANTIRIShGA KO'MAKLAShISh” LOYIHASI
XALQARO MOLIYa KORPORATsIYaSI (IFC) NING ShVEYTsARIYa HUKUMATI HAMKORLIGIDAGI MARKAZIY OSIYo DAVLATLARI VA OZARBAYJONDA MOLIYa INFRATUZILMASINI MUSTAHKAMLASh BO'YIChA LOYIHASI (ACAFI)
MIKROMOLIYa MARKAZI (MMM) NING JURNALISTLARNI QAYTA TAYYoRLASh XALQARO MARKAZI HAMKORLIGIDAGI “O'ZBEKISTONDA MOLIYaVIY TA'LIM DASTURLARI YoRDAMIDA MOLIYaVIY SAVODXONLIKNI OShIRISh” LOYIHASI
HAMDA JURNALISTLARNI QAYTA TAYYoRLASh XALQARO MARKAZI KO'MAGIDA
Ommaviy axborot vositalari (OAV) vakillari uchun mikromoliyalashtirishning dolzarb masalalari, kredit axborotlarini almashish tizimi va O'zbekistonda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish masalalariga bag'ishlangan eng yaxshi materiallar tanlovini e'lon qiladi.
Tanlovning maqsadi — jurnalistlarning mikromoliyalashtirishning dolzarb masalalari, kredit axborotlarini almashish tizimi va O'zbekistonda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish masalalariga bag'ishlangan materiallar tayyorlash jarayonidagi yutuqlari hamda o'z faoliyatiga yangicha yondashuvini taqdirlash.
Tanlovga mualliflar tomonidan taqdim etiladigan, 2010 yilning 1 martidan 1 sentyabriga qadar O'zbekistondagi mahalliy hududiy ommaviy axborot vositalarida birinchi marta chop etilgan yoki efirga uzatilgan, uchtadan kam bo'lmagan ishlar qabul qilinadi.
Ishlar keng, ixtisoslashmagan auditoriyaga mo'ljallangan bo'lishi va quyidagi masalalarga bag'ishlangan bo'lishi shart: 1) mikromoliyalashtirish va kredit axborotlarini almashishning aholi farovonligini oshirishga ta'siri (borish qiyin bo'lgan tumanlar aholisi va ayniqsa ayollarning moliyaviy xizmatlardan foydalanishini ta'minlash, ayollar va imkoniyatlari cheklangan fuqarolarning imkoniyatlarini kengaytirish, yangi ish o'rinlarini yaratishdagi hamkorlik, yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish, moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini ta'minlashda turli tashkilotlar hamkorligining sxemasi va h.k); 2) ta'limning kreativ va interaktiv usullarini qo'llagan holda aholining moliyaviy savodxonligini oshirishning muhimligi.
Tanlov natijalari jyuri tomonidan 2010 yildan 1 sentyabrida e'lon qilinadi. Har bir ish besh ballik reyting tizimida baholanadi.
Mukofotlar ommaviy axborot vositalarining 4 turi: bosma nashrlar, radio, televidenie va Internet bo'yicha topshiriladi. Elektron OAV bo'yicha 3 daqiqadan 30 daqiqagacha bo'lgan ishlar istalgan tashuvchi vositalarda toshirilishi mumkin, bosma nashrlar yo'nalishida ishlar hajmi 3 tadan 30 ming belgigacha (oraliq bilan) bo'lishi lozim.
Tanlov yakunlarini e'lon qilish va g'oliblarni tantanali taqdirlash marosimi 2010 yilning 23-24 sentyabr kunlari Markaziy Bank va BMT Taraqqiyot Dasturi “Mikromoliyalashtirish tizimini rivojlantirishni qo'llab quvvatlash” qo'shma loyihasining mikromoliyalashtirish bo'yicha Xalqaro regional konferentsiya doirasida o'tkaziladi.
Tanlov g'oliblarini taqdirlash uchun quyidagi mukofotlar ta'sis etiladi:
• BMT Taraqqiyot dasturining Faxriy mukofoti — aholi farovonligini oshirishda mikromoliyalashtirishning ijtimoiy roliga bag'ishlangan eng yaxshi jurnalistik material uchun. Mukofotlar quyidagi nominatsiyalar bo'yicha ta'sis etiladi: 1. Eng yaxshi maqola; 2. Eng yaxshi video lavha; 3. Radiodagi eng yaxshi lavha; 4. Internetdagi eng yaxshi material.
• IFC Faxriy mukofoti — kredit axborotlarini almashish tizimini yoritib bergan eng yaxshi material uchun.
• GTTs Faxriy mukofoti - 1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.06.2007 yildagi 114-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2010 yilgacha O'zbekiston Respublikasida mikromoliyalashtirishni rivojlantirish Dasturini amalga oshirish va natijalarini yoritib bergan eng yaxshi material uchun; 2. “Mikromoliyalashtirish haqidagi eng yaxshi fotokadr/fotolavha/fotoreportaj”.
• Mikromoliya markazi Faxriy mukofoti — moliyaviy ta'lim dasturi bo'yicha eng yaxshi jurnalistik material uchun. Barcha media materiallarda tanlangan maqsadli guruhlarni qamrab olishning kreativ usullaridan foydalanilgan va bir yoki bir nechta mavzu ilgari surilgan bo'lishi lozim: (1) pensiyaga jamg'arish, favqulodda vaziyatlar, oilaning moliyaviy maqsadlari; (2) qarzlarni oqilona rejalashtirish; (3) byudjetni samarali boshqarish; (4) moliyaviy mahsulot va xizmatlarni tanlashdagi mas'uliyatli iste'molchi xatti-harakati; oilaviy byudjetni uzoq muddatli rejalashtirish. Mukofotlar quyidagi nominatsiyalar bo'yicha ta'sis etiladi: 1. Eng yaxshi maqola; 2. Eng ya'shi video lavha; 3. Eng yaxshi radio lavha.
*G'oliblarga noutbuk, videokamera, printer, diktofon kabi qimmatbaho sovrinlar beriladi.
BOG'LANISh:
“Mikromoliyalashtirish”, “Mikromoliyalashtirishni rivojlantirish dasturi” va “Moliyaviy ta'lim” tanlovlari bo'yicha materiallar va ishtirokchi ma'lumotnoasi quyidagi manzilga shaxsan yoki pochta orqali jo'natilishi mumkin: Toshkent sh., S. Rahimov tumani, A. Qodiriy ko'chasi (mo'ljal “Sebzor”, Markaziy Bank viloyat bo'limi) 1A, ¹605-606 xonalar. Pochta indeksi: 100019.
Elektron pochta: microfinance_contest@gmail.com
Zakiya Abdurazakova - BMT Taraqqiyot dasturi “Mikromoliyalashtirish tizimini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash” loyihasining jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha assistenti.
Tel: (+99871) 244-11-16,
Faks: (+99871) 244-11-85
zakiya.abdurazakova@undpaffiliates.org
Nadejda Stepanova – Jurnalistlarni qayta tayyorlash Xalqaro markazi eksperti.
Tel/Faks: (+998 71) 233 90 42
“Kredit axborotlarini almashish tizimi” tanlovi bo'yicha materiallar va ishtirokchi ma'lumotnoasi quyidagi manzilga shaxsan yoki pochta orqali jo'natilishi mumkin: Toshkent sh., Yunusobod tumani A. Temur ko'chasi, 107 B, Xalqaro Biznes markazi, 14-qavat. Pochta indeksi: 100084.
Elektron pochta: uzinfo@ifc.org
Tatyana Kraynova – ACAFI (IFC) loyihasining O'zbekistondagi jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha mutaxassisi
Tel: (+998-71) 238-59-25
Faks: (+998-71) 238-59-27
Qo'shimcha ma'lumot, ishtirokchi ma'lumotnomasi hamda tanlov nizomi bo'yicha savollar bilan, murojat qiling:
Zakiya Abdurazakova – BMT Taraqqiyot dasturi “Mikromoliyalashtirish tizimini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash” loyihasining jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha assistenti.
Tel: (+99871) 244-11-16,
Faks: (+99871) 244-11-85