O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ
ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ
Ibora to'liq holda
 
Yubiley tangalari

Banknotlar va tangalar

Foydali manbalar

Bosh sahifa > Markaziy bank va BMTTD qo'shma loyihasi >

Yangilangan sana: 14.05.2010

Hurmatli sahifamiz mehmonlari!

Loyihamiz va texnik hamkorlik bo'yicha Germaniya jamiyatining (GTZ) "Markaziy Osiyoda mikromoliyalashtirishni rivojlantirishda hamkorlik qilish"  loyihasi doirasida  Xalqaro mehnat tashkiloti Xalqaro ta'lim markazining "Muvaffaqiyatli mikromoliyalshtirish kaliti: Eng yaxshi natijalarga erishish uchun boshqarish san'ati” moduli bo'yicha trening tashkil qilish rejalashtirilmoqda. Trening O'zbekiston mikromoliya tashkilotlaridan mikromoliyalashtirish bo'yicha akkreditatsiyalangan trenerlar milliy bazasini tashkil etish hamda jamg'arish, kredit va boshqa moliyaviy xizmatlar taqdim etish borasida O'zbekiston mikromoliya institutlari faoliyatini takomillashtirishga ko'maklashishga qaratilgan. Bu bilan BMTTDning “Mikromoliyalashtirish tarmog'ini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash” Loyihasi mandati yutuqlari qo'llab-quvvatlanadi. XMT akkreditatsiyasini olgan trenerlar kelgusida Mikrokredit tashkilotlari va kredit uyushmalari milliy assotsiatsiyasi, shuningdek O'zbekiston kredit uyushmalari assotsiatsiyasi hamda mahalliy tayyorlov markazlari kabi milliy tashkilotlar bilan hamkorlikda trening olib borish huquqini oladilar. Mazkur trening 3 ta bosqichdan iborat bo'lib, barcha 3 ta bosqichdan muvaffaqiyatli o'tgan hamda XMTni saralash mezonlariga jaob beradiganlar uchun mazkur modul bo'yicha trener sifatida xalqaro sertifikatsiyani olish imkonini beradi.

Birinchi bosqichni 2010 y. 7-18 iyunda o'tkazish rejalashtirilgan (2-haftalik kurs). O'zbekiston mikromoliya tarmog'i vakillari uchun qatnashish - tekin. Qatnashchilar o'zlarining yo'l xarajatlari, yashash va kundalik to'lovlarni o'zlari qoplaydilar. Trening davomida kofe-breyklar va tushlik taqdim etiladi.

Siz treningda mikromoliyalashtirish bo'yicha menejer sifatida – direktorlar, direktor o'rinbosarlari, kredit bo'limlari boshliqlari, yohud salohiyatli trener sifatida qatnashishingiz mumkin. Mikromoliyalashtirish bo'yicha menejer sifatida qatnashish uchun, iltimos, ilova qilinayotgan fayl birinchi qismini – Ro'yxatga olish shaklini to'ldiring hamda shaklda ko'rsatilgan manzil bo'yicha 2010 y. 14 maygacha jo'nating. Salohiyatli trener sifatida qatnashish uchun, iltimos, Trenerni sertifikatlash jarayonida qatnashish uchun ariza shaklini to'ldiring hamda shaklda talab etilgan hujjatlar bilan birga shaklda ko'rsatilgan manzil bo'yicha 2010 y. 14 maygacha jo'nating.

Qatnashish uchun joylar soni cheklangan. Saralash Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan belgilangan mezonlarga ko'ra amalga oshiriladi.

Qo'shimcha savollar tug'ilgan taqdirda, iltimos, Mikromoliyalashtirish masalalari bo'yicha Loyiha  mutaxassisi Nasiba Masharipovaga  quyidagi manzilga murojaat eting:

nasiba.masharipova@undpaffiliates.org