| O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI | ||
| ¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ | ||
| ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ | ||
Bosh sahifa > Markaziy bank va BMTTD qo'shma loyihasi >
Birlashgan millatlar tashkiloti Rivojlanish dasturi BMTning rivojlanish sohasidagi global tarmog'idir. Rivojlanish dasturi o'zgarishlar tarafdori bo'lib, aholining yashash tarzini yaxshilash maqsadida bilim, tajriba va manbalarni taqdim etadi. BMTRD 166 mamlakatda faoliyat yuritib, ularga butunjahon va milliy muammolarga mustaqil echim topishda yordam ko'rsatadi. O'z salohiyatini rivojlantirishda mamlakatlar BMTRD va uning hamkorlarining tajribasiga suyanadi.
Dunyo mamlakat rahbarlari o'z zimmasiga 2015 yilga qadar kambag'allikni ikki barobarga qisqartirish kabi umumiy maqsadni o'z tarkibiga olgan Ming yillik Deklaratsiyasining rivojlanish sohasidagi maqsadlariga erishish majburiyatini oldi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun BMTRD tarmog'i global va milliy darajada amalga oshirilayotgan harakatlarni mujassamlashtiradi. Tashkilot asosiy e'tiborini quyidagi muammolarga echim topishda mamlakatlarga yordam berishga qaratadi:
· Davlatni samarali boshqaruvi
· Inqirozni oldini olish va inqirozdan keyingi qayta tiklash tadbirlari
· OIV/OITSning tarqalishiga qarshi kurash
BMTRD rivojlanayotgan mamlakatlarga yordamni jalb qilishda va undan samarali foydalanishda yordam beradi. Tashkilotning umumiy faoliyati inson huquqlari himoyasiga va xotin-qizlar huquqlarini oshirishga qaratilgan.
BMTRD tomonidan har yili chop etiladigan "Inson rivojlanishi haqidagi ma'ruza” bahs takliflari, yangicha tahlil va o'lchovning yangicha mezonlarini taqdim etish orqali asosiy e'tiborni rivojlanishning muhim masalalariga qaratadi. Shuningdek BMTRD inson rivojlanishi haqidagi hududiy, milliy va mahalliy ma'ruzalarni tayyorlanishini qo'llab-quvvatlaydi. Har bir Mamlakat ofisidagi Doimiy Vakil bir vaqtning o'zida BMT Tizimining rivojlanish faoliyati bo'yicha Doimiy Rahbar hamdir. Ushbu boshqaruv vositasida BMTRD xalqaro yordam va BMT yordami manbalaridan eng oqilona foydalanishini ta'minlaydi.
BMTRDning strategik maqsadi
BMTRDning strategik maqsadlari 2004-2007 yillar davri uchun moliyalashtirishning ko'p yillik jadvali (Multi-year funding framework (MYFF))da ko'rsatilgan bo'lib, unda tashkilotning ushbu muddat uchun aniq strategiyasi va tashkilot tomonidan targ'ib qilinayotgan xizmat yo'nalishlari aniq ko'rsatilgan.
Mingyillik Deklaratsiyasi va Mingyillik rivojlanish maqsadlarida aks ettirilgan, butunjahon kelishuvi bilan bog'langan va dastur qatnashchisi - a'zo mamlakatlar tomonidan amalga oshirilayotgan dastur tanlash tajribasidan kelib chiqqan holda, mablag' bilan ta'minlashning ko'p yillik jadvali (MYFF)da taklif etilayotgan strategik yo'nalishlar ikkisini kesishish nuqtasini tashkil qiladi. Mablag' bilan ta'minlashning ko'p yillik jadvali (MYFF) ichki va tashqi manfaatdor shaxslar uchun BMTRDning hisobotliligi, monitoringi va strategik boshqaruvi uchun muhim vosita vazifasini bajaradi. Mablag' bilan ta'minlashning ko'p yillik jadvali (MYFF)ga binoan BMTRD quyidagi strategik maqsadlarga erishish uchun faoliyat yuritadi:
1. MRMga erishish va kambag'allikni kamaytirish
2. Demokratik boshqaruvni tadbiq qilishni tezlashtirish
3. Muntazam rivojlanish uchun energetika va atrof-muhit muhofazasi
4. Inqirozni oldini olish va qayta tiklash ishlari
5. OIV/OITSning tarqalishiga qarshi kurash
BMTRDning O'zbekistondagi Mamlakat Ofisi
BMTRDning O'zbekiston Respublikasidagi Vakolatxonasi 1993 yil yanvar oyida ochilgan. Shundan beri BMTRD bu erda mamlakat rivojlanishini kuchaytirish yo'lida faoliyat yuritmoqda. BMTRD hukumat, fuqarolik jamiyati va O'zbekiston aholisiga o'tish davrining ko'p sonli muammolariga bardosh berishda faol yordam ko'rsatadi. O'zbekiston aholisining farovon va buyuk kelajagiga erishish yo'lidagi ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarni tadbiq qilish uchun zarur manbalar, tajriba va bilimni qo'lga kiritishda BMTRD ko'plab davlat va nodavlat tashkilotlarni qo'llab-quvvatlaydi.
BMTRDning ayni vaqtdagi mamlakat dasturi (2005-2009 yillar uchun) orqali O'zbekistonga ko'rsatayotgan yordami ikkita umumiy, o'zaro aloqador maqsadlarga erishishga qaratilgan: iqtisodiy va demokratik islohotlarni tezlashtirishda hukumatga yordam berish; milliy va global darajadagi rivojlanish jarayonida fuqarolik jamiyati qatnashuvini tezlashtirish va kuchaytirish. BMTRD quyidagi uch yo'nalish bo'yicha faoliyat yuritadi: iqtisodiy boshqaruv va kambag'allikni kamaytirish; atrof-muhitni boshqarish va samarali boshqaruv. Asosiy e'tibor axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni tadbiq qilishga, erkaklar bilan xotin-qizlar tengligiga va dastur bo'ylab inson huquqlariga rioya qilinishiga asoslangan asosli va qo'shma yondashuvlardan foydalanishga qaratilgan.
BMTRDning faoliyati haqidagi umumiy ma'lumot quyidagi saytda keltirilgan: www.undp.org.