O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ
ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ
Ibora to'liq holda
 
Yubiley tangalari

Banknotlar va tangalar

Foydali manbalar

Bosh sahifa > Markaziy bank va BMTTD qo'shma loyihasi >

Yangilangan sana: 23.04.2010

Mikromoliyalashtirish tizimini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash

Loyihaning davomiyligi Iyul 2009 - Dekabr 2011

Asosiy hamkorlari: O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki, Mikromoliyaviy tashkilotlar va kredit uyushmalarining milliy assotsiatsiyasi (MTvaKUMA)

Mikromoliyalashning mohiyati kam ta'minlangan aholiga, ayniqsa rivojlanayotgan davlatlardagi ayollarga moliyalash va mikrokreditlardan foydalanish imkoniyatini yaratib berishdan iborat. Mikromoliyalash ularga turmush sharoitlarini yaxshilab olish, shuningdek, moliyaviy barqarorlikka etishishni ta'minlash imkoniyatini beradi. Muvaffaqiyat bilan ish yuritayotgan ko'pgina kichik korxonalar tarixi mikromoliyalashning ijtimoiy ahamiyatini mustahkamlaydi, shuningdek kambag'allikni qisqartirish hamda ayollarning huquq va imkoniyatlarini oshirishda naqadar bebaho ekanligini namoyish etadi. Mikromoliyaviy tashkilotlar bilim manbai bo'lib, qishloq joylardagi aholiga biznes yuritishning asoslari borasida maslahat berib, moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratishga xizmat qiladi.      

O'zbekistondagi moliyaviy xizmatlarga bo'lgan talab hamda mikromoliyaviy tarmoq rivojlanishining yuqori salohiyati, mos ravishda qonunchilik bazasini yaratishni, mikromoliyalash bozori qatnashchilari salohiyatini mustahkamlashni va ta'kidlash zarurki, mikromoliyalashning ijtimoiy ta'siri to'g'risida aholi xabardorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar kambag'allikni qisqartirishga erishishda asosiy tashabbus hisoblanadi. Shu munosabat bilan, 2008-2010 yillarda aholi farovonligini oshirish Strategiyasi doirasida, Hukumat bilan yaqin hamkorlikda, O'zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi "Mikromoliyalash tarmog'ini  rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash” Loyihasini ishga tushirdi.   

Loyihaning asosiy maqsadi:

Loyihaning asosiy maqsadi barcha manfaatdor tomonlar, jumladan, Hukumat muassasalari, xalqaro donor va moliyaviy institutlarning harakatlarini birlashtirish orqali amaliy, samarador va mustahkam mikromoliyaviy tizimni yaratishdir.

Faoliyatning yo'nalishi va kutilayotgan natijalar:

·         Qonunchilik bazasi va mikromoliyalashning ijtimoiy ta'sirini ilgari surishni takomillashtirish masalalari bo'yicha ochiq muzokaralarni yaratishga ko'maklashish;

·         O'zbekistonda mikromoliyalashni rivojlantirishning  uzoq muddatli Kontseptsiyasini ishlab chiqish orqali mikromoliyalash tarmog'ining qonunchilik bazasini takomillashtirish;

·         "Mikrokredit tashkilotlari to'g'risida”gi hamda “Mikromoliyalash to'g'risida”gi amaldagi qonunlarga o'zgartirishlar kiritish borasida  amaliy tavsiyalar va takliflarni ishlab chiqishda texnik ko'maklashishni taqdim etish;

·         Samarali boshqaruv tizimini, ma'lumotning oshkoraligi hamda shaffofligini yaratish, shuningdek, mikromoliyaviy institutlarning hisobot berishi va sog'lom raqobat g'oyasini ilgari surish maqsadida, mikromoliyaviy tarmoqni nazorat qilish va muvofiqlashtirish borasida Markaziy Bankning salohiyatini mustahkamlash;

·         Treninglar, seminarlar, shuningdek, etakchi xalqaro ekspertlarni jalb qilish orqali Markaziy Bank xodimlarining salohiyatini mustahkamlash;

·         Mikrokredit tashkilotlarining mustahkam tizimini yaratish va   Mikromoliyaviy tashkilotlar va kredit uyushmalarining milliy assotsiatsiyasi (MTvaKUMA)ning institutsional salohiyatini mustahkamlash;

·         Mikromoliyalash masalalarida bo'yicha Axborot aktsiyalari va turli xildagi qo'llanmalarni ishlab chiqish va tushuntirish orqali, aholining, jumladan, ayollar va qishloq joylardagi aholining xabardorligini oshirish.

Murojaat uchun:

Loyiha Ofisi

Dildora Tadjibaeva

dildora.tadjibaeva@undpaffiliates.org

Tel: (+998 71) 244 11 16, 244 10 98

Fax: (+998 71) 244 11 85     

BMTTD Ofisi

Kamolxon Inomxodjaev

kamolkhon.inomkhodjayev@undpaffiliates.org

Tel: (+998 71) 120 34 50

Fax: (+998 71) 120 34 85

www.undp.uz