O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ
ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ
Ibora to'liq holda
 
Yubiley tangalari

Banknotlar va tangalar

Foydali manbalar

Bosh sahifa > Pul-kredit siyosati > Banknotlar va tangalar >

Yangilangan sana: 03.02.2012

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
2001 yil namunasidagi  10 so`m qiymatidagi tangasi

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankning 2001 yil namunasidagi, qiymati 10 so`m bo'lgan tangasi 2001 yilning 1 sentyabrdan muomalaga kiritilgan.

Tanga mis-ruh qotishmasi bilan qoplanib, po'latdan tayyorlangan, rangi oq. Tanga old tomonining yuqori qismida chap tarafga sal og'dirilgan holda uning qiymati - "10" yirik raqamlar bilan aks ettirilgan bo'lib, uning tagida "SO'M" deb yozilgan. O'ng tarafda O'zbekiston Respublikasi xaritasi hamda bayrog'ining uchta yo'li ramziy holda tasvirlangan.

Tanganing orqa tomoni markazida O'zbekiston Respublikasining Gerbi tasvirlangan bo'lib, uning atrofida tanganing tashqi aylanasi bo'ylab "O'ZBEKISTON MARKAZIY BANKI" degan matn yozilgan. Gerbning pastki qismida tanga chiqarilgan yil - "2001" raqamlari aks ettirilgan.

Tanganing yon tomoni silliq.