O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ
ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ

Bosh sahifa > Savol-javoblar >

Yangilangan sana: 14.03.2011

Savol: Muayyan yuridik shaxs, masalan, kichik korxona qonun hujjatlarida belgilangan qanday holatda kreditlar olishi mumkin? Buning uchun qanday hujjatlar talab etiladi? Iloji bo'lsa, banklar nomi ham ko'rsatilsa. Agar kichik korxona boshlang'ich kapital uchun kredit olishni rejalashtirgan bo'lsa, garovga nimalar qo'yilishi talab etiladi? Agar kichik korxona yuridik shaxs sifatida davlat ro'yxatidan o'tganiga 6 oydan oshgan bo'lsa, u boshlang'ich kapital uchun kerdit olishi mumkinmi?
Sh.Mahmudov, Toshkent shahri

Javob: 1. AT Mikrokreditbank mablag'lari hisobidan kichik biznes su'bektlariga ajratiladigan imtiyozli mikrokreditlar.
Mazkur bank tomonidan imtiyozli mikrokreditlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 6 maydagi 78-sonli "Mikrokreditbank aktsiyadorlik-tijorat banki faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori bilan tasdiqlangan "Mikrokreditlar berish va mikrolizing xizmatlari ko'rsatish tartibi to'g'risida Nizom”ga asosan ajratiladi.

Ushbu Nizomga ko'ra,

A) boshlang'ich sarmoyani shakllantirish uchun mikrokreditlar:

- yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan dehqon xo'jaliklari va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda;

- mikrofirmalar va dehqon xo'jaliklari uchun (yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan) eng kam oylik ish haqining 100 baravarigacha miqdorda;

- fermer xo'jaliklari uchun eng kam oylik ish haqining 200 baravarigacha miqdorda ajratiladi.

Mikrokreditlar foiz stavkasi - yillik 3 foiz miqdorida, muddati- 18 oygacha.

Dastlabki (boshlang'ich) sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlar faqat yangidan ochilgan va davlat ro'yxatidan o'tkazilgan kundan 6 oydan oshmagan davr mobaynida kredit olish uchun buyurtma bergan tadbirkorlarga beriladi.

B) biznesni rivojlantirish (kengaytirish) va aylanma mablag'larni to'ldirish uchun kichik biznes sub'ektlariga mikrokreditlar eng kam oylik ish haqining 500 baravarigacha miqdorda, yillik 7 foiz ustama bilan, 24 oygacha muddatga ajratiladi.

V) uchinchi tarafdan mol-mulk olish, unga egalik qilish va foydalanish uchun kichik biznes sub'ektlariga eng kam oylik ish haqining 2000 baravarigacha miqdorida yillik 5 foiz ustama bilan, 3 yilgacha muddatga mikrolizing xizmati ko'rsatiladi.

2. Byudjetdan tashqari jamg'armalar kredit liniyalari hisobidan kichik biznes sub'ektlariga ajratiladigan mikrokreditlar:

Byudjetdan tashqari jamg'armalar hisobidan mikrokreditlar O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2006 yil 21 fevralda 1548-son bilan ro'yxatga olingan “Tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub'ektlariga byudjetdan tashqari jamg'armalar va Mikrokreditbank kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi to'g'risida”gi Nizomga asosan ajratiladi.

A) boshlang'ich sarmoyani shakllantirish uchun

yangidan ochilgan va davlat ro'yxatidan o'tkazilgan kundan 6 oydan oshmagan davr mobaynida kredit olish uchun bankka buyurtma bergan yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko'rsatayotgan kichik biznes sub'ektlariga aylanma mablag'larni shakllantirishga, investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga, asbob-uskunalar sotib olish maqsadlariga beriladi.

Foiz stavkasi - Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 1/6 qismi miqdorida.

Mikrokredit summasi - yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko'rsatayotgan dehqon xo'jaliklari va mikrofirmalarga eng kam oylik ish haqining 150 baravarigacha va kichik korxonalar va fermer xo'jaliklariga eng kam oylik ish haqining 300 baravarigacha bo'lgan miqdorda.

Muddati - 3 yilgacha.

B) ishlab chiqarishni kengaytirish va faoliyatini rivojlantirish uchun mikrokreditlar

-  Dehqon va fermer xo'jaliklarini rivojlantirish va kengaytirish, shu jumladan, qishloq xo'jaligi texnikasini sotib olish, fermerlik inshootlarini qurish, chorvachilik, parrandachilikni rivojlantirish uchun yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan dehqon xo'jaliklariga eng kam oylik ish haqining 200 baravariga va yuridik shaxs maqomiga ega dehqon va fermer xo'jaliklariga eng kam oylik ish haqining 1000 baravarigacha miqdorida, Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 1/3 qismi (bugungi kunda yillik 4,67 foiz) bilan, 3 yilgacha bo'lgan muddatga;

- Mahsulotlar ishlab chiqarish, xom ashyo va materiallarni tubdan qayta ishlash, hunarmandchilikni rivojlantirish, kasanachilik mehnatini tashkil etish uchun yakka tartibdagi tadbirkorlarga eng kam oylik ish haqining 200 baravaridan hamda mikrofirma va kichik korxonalarga eng kam oylik ish haqining 1000 baravari miqdorida, qayta moliyalash stavkasining 40 foizi (bugungi kunda yillik 5,6 foiz) bilan, 3 yilgacha bo'lgan muddatga;

- Xizmatlar ko'rsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun yakka tartibdagi tadbirkorlarga eng kam oylik ish haqining 200 baravaridan, mikrofirma va kichik korxonalarga eng kam oylik ish haqining 1000 baravaridan ko'p bo'lmagan miqdorda, Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 45 foizi, (bugungi kunda yillik 6,3 foiz) bilan, 3 yilgacha bo'lgan muddatga ajratiladi.

3. Tijorat banklarida tashkil etilgan Imtiyozli kreditlash maxsus jamg'armasi mablag'lari hisobidan tadbirkorlik sub'ektlariga ajratiladigan kreditlar.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 19 maydagi «Tijorat banklarining kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini rag'batlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi 195-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan kichik tadbirkorlik sub'ektlari, dehqon va fermer xo'jaliklarini Imtiyozli kreditlash jamg'armasi mablag'lari hisobidan kreditlash tartibi to'g'risida Nizom”ga muvofiq, tijorat banklarida tashkil etilgan Imtiyozli kreditlash maxsus jamg'armasi mablag'lari hisobidan tadbirkorlik sub'ektlariga kreditlar Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 50 foizidan (yillik 7 foiz) yuqori bo'lmagan foiz stavkasi bilan:

- xom ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar hamda boshqa ishlab chiqarish zaxiralari xarid qilish uchun zarur bo'lgan aylanma mablag'larni to'ldirishga 1 yil muddatgacha;

- qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish uchun aylanma mablag'larni to'ldirishga kamida 2 yil muddatga;

- investitsiya loyihalarini mablag' bilan ta'minlash uchun 5 yil muddatga ajratiladi.

Kredit olish uchun bankka taqdim qilinishi lozim bo'lgan hujjatlar

· qarzdor tomonidan imzolangan va kredit berilishidan oldingi sana qo'yilgan, kreditdan foydalanish maqsaddari bayon etilgan va kredit ta'minlangan holda garov mavzui ko'rsatilgan ariza;

·  imtiyozli kreditning butun muddati uchun pul oqimlari prognozi majburiy tartibda ko'rsatilgan biznes-reja;

·  qarz oluvchi (yuridik shaxslar uchun) ro'yxatga olingan joydagi davlat soliq inspektsiyasining balans qabul qilinganligi to'g'risidagi yozuv mavjud bo'lgan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, debitorlik va kreditorlik qarzlar to'g'risidagi ma'lumotnoma, shuningdek 90 kundan ortiq muddatdagi qarzdorlik bo'yicha taqqoslash dalolatnomalari;

Kredit ta'minot turlari

·  mol-mulk yoki qimmatli qog'ozlar garovi;

·  bank yoki sug'urta tashkilotining kafolati;

·  uchinchi shaxslar kafilligi;

·  qarz oluvchining kreditni so'ndirmasligi xavfi sug'urtalangani to'g'risida sug'urta kompaniyasining sug'urta polisi;

Tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar qaytarilishini ta'minlash sifatida kredit shartnomasi bo'yicha sotib olinadigan mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar ular qiymatining 80 foizi miqdorida garov uchun qabul qilinadi. Imtiyozli kreditning mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar garovi bilan qoplanmagan qismi uchun qarz oluvchi ta'minlashning quyidagi turlaridan bir yoki bir nechtasini taqdim etadi:

Dastlabki (boshlang'ich) sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlar davlat ro'yxatidan o'tkazilgan kundan 6 oydan oshgan kredit olish uchun tegishli xizmat ko'rsatuvchi bankka buyurtma bergan yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko'rsatayotgan dehqon xo'jaliklari, mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo'jaliklarining faoliyatini boshlash uchun aylanma mablag'larni shakllantirishga, investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga, asbob-uskunalar sotib olish uchun imtiyozli mikrokreditlar berilishi amaldagi me'yoriy hujjatlarda belgilab berilmagan.

Savol: Bugungi kunda ipoteka kreditlari fuqarolarga barcha banklar tomonidan berilayaptimi? S.Jo'raev, Farg'ona viloyati

Javob: Ipoteka kreditlarini ajratish va rasmiylashtirish O'zbekiston Respublikasining “Ipoteka to'g'risida”gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 16 fevraldagi PQ-10-sonli “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 3 yanvardagi 2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruktsiya qilishga va sotib olishga ipoteka kreditlari berish to'g'risidagi Nizom”, “Aholining keng qatlami, shu jumladan yosh oilalar uchun uy-joy qurilishini va rekonstruktsiya qilishni moliyalashtirish va kreditlash tartibi to'g'risidagi Nizom” (ro'yxat raqami 1727, 2007 yil 12 oktyabr) hamda “Aholining keng qatlami, shu jumladan yosh oilalar uchun qurilgan yoki rekonstruktsiya qilingan uy-joylarni xarid qilish uchun ipoteka kreditlari berish tartibi to'g'risidagi Nizom” (ro'yxat raqami 1835, 2008 yil 12 iyul) asosida amalga oshiriladi va tartibga solinadi.

Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 3 yanvardagi 2-son qaroriga asosan tasdiqlangan “Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruktsiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish to'g'risida”gi Nizomning 3-bandiga asosan ipoteka kreditlari tijorat banklari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan yakka tartibdagi va namunaviy loyiha asosida, qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilib yakka tartibda uy-joy qurish va rekonstruktsiya qilish, shuningdek yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko'p kvartirali uydagi kvartirani sotib olish maqsadlarida qaytarishlik, to'lovlilik, ta'minlanganlik va muddatlilik shartlarida berilishi belgilangan.

“Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi Qonunning 20-moddasiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasida banklar bank operatsiyalarini amalga oshirishga doir qarorlar qabul qilishda mustaqilligi belgilangan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 21 martdagi PF-2564-sonli “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmonining 9-bandiga muvofiq, bank aktivlari, shu jumladan kreditlar portfelini shakllantirish bilan bog'liq tavakkalchiliklar tadbirkorlikka oid tavakkallikka taalluqli bo'lib, ularni boshqarish tijorat banki rahbariyatining vakolatiga kirishini ma'lum qilamiz.

Savol: Bilishimizcha, o'tgan yili ba'zi banklarda to'y va shunga o'xshash marosimlar uchun qisqa muddatli kreditlar joriy etilgan edi. Bu albatta, ko'pgina fuqarolarga ma'qul tushib, foydalandilar. Hozirda mazkur kreditlarni olsa bo'ladimi?
M.Do'siyorova, Qashqadaryo viloyati

Javob: O'zbekiston Respublikasining «Iste'mol krediti to'g'risida»gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq, iste'mol krediti berish qoidalari iste'mol krediti beruvchi tashkilot tomonidan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi.

Hozirda Xalq banki, Agrobank va boshqa tijorat banklari tomonidan aholining keng qatlamiga, shu jumladan yosh oilalarga iste'mol maqsadlari uchun, shu jumladan respublikada ishlab chiqarilgan tovarlarni sotib olish va to'y marosimlari o'tkazish maqsadida 1 yildan 3 yilgacha bo'lgan muddatga iste'mol kreditlari ajratib kelinmoqda.

“Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi Qonunning 20-moddasiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasida banklar bank operatsiyalarini amalga oshirishga doir qarorlar qabul qilishda mustaqilligi belgilangan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 21 martdagi PF-2564-sonli “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmonining 9-bandiga muvofiq, bank aktivlari, shu jumladan kreditlar portfelini shakllantirish bilan bog'liq tavakkalchiliklar tadbirkorlikka oid tavakkallikka taalluqli bo'lib, ularni boshqarish tijorat banki rahbariyatining vakolatiga kirishini ma'lum qilamiz.

Shundan kelib chiqib, jismoniy shaxslar tomonidan iste'mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olishga kredit olish uchun o'zlari yashab turgan tuman (shahar)dagi tijorat banklari filiallariga murojaat etishlari mumkin.

Savol: Ilgari tijorat banklari tomonidan avtomobil sotib olish uchun kredit berilar edi. Bu esa ko'pchilikning istak-xohishiga to'g'ri kelardi. Ushbu kreditni hozir ham olsa bo'ladimi?F.Yodgorova, Navoiy viloyati

Javob: O'zbekiston Respublikasining “Iste'mol krediti to'g'risida”gi Qonuniga muvofiq hozirgi kunda respublikada faoliyat yuritayotgan barcha tijorat banklari va ularning filiallari tomonidan jismoniy shaxslarga (iste'molchilarga) ularning iste'mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun iste'mol kreditlari ajratib kelinmoqda.

Shunga ko'ra, jismoniy shaxslar tomonidan “GM Uzbekistan” korxonasida ishlab chiqarilgan avtomashinalarni bank krediti hisobiga sotib olish uchun dastlab bevosita ushbu korxonaning rasmiy dilerlaridan tegishli shartnomani olishlari lozim.

Savol: Bugungi kunda tijorat banklari tomonidan uy-joy sotib olish uchun yosh oilalarga ipoteka kreditlari beriladimi?
F.Xushboqov, Samarqand viloyati

Javob: Ipoteka kreditlarini ajratish va rasmiylashtirish O'zbekiston Respublikasining “Ipoteka to'g'risida”gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 16 fevraldagi PQ-10-sonli “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 3 yanvardagi 2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruktsiya qilishga va sotib olishga ipoteka kreditlari berish to'g'risidagi Nizom”, “Aholining keng qatlami, shu jumladan yosh oilalar uchun uy-joy qurilishini va rekonstruktsiya qilishni moliyalashtirish va kreditlash tartibi to'g'risidagi Nizom” (ro'yxat raqami 1727, 2007 yil 12 oktyabr) hamda “Aholining keng qatlami, shu jumladan yosh oilalar uchun qurilgan yoki rekonstruktsiya qilingan uy-joylarni xarid qilish uchun ipoteka kreditlari berish tartibi to'g'risidagi Nizom” (ro'yxat raqami 1835, 2008 yil 12 iyul) asosida amalga oshiriladi va tartibga solinadi.

Shuningdek, yuqorida qayd etilgan “Aholining keng qatlami, shu jumladan yosh oilalar uchun qurilgan yoki rekonstruktsiya qilingan uy-joylarni xarid qilish uchun ipoteka kreditlari berish tartibi to'g'risidagi Nizom”ga muvofiq, yosh oilalarga ipoteka kreditlari quyidagi shartlar asosida beriladi:

15 yildan kam bo'lmagan muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan bankning o'z mablag'lari va Ipoteka krediti berishni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi mablag'lari va boshqa jalb qilingan mablag'lar hisobidan ajratiladi;

ipoteka kreditlari bo'yicha belgilanadigan yillik foiz stavkasi moliyalashtirish manbasidan kelib chiqqan holda quyidagicha belgilanadi:

bankning o'z mablag'lari va jalb qilingan mablag'lari hisobidan yosh oilalarga beriladigan ipoteka kreditlari bo'yicha yillik foiz stavkasi, kredit shartnomasi tuziladigan davrdagi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasi miqdorida;

ipoteka krediti berishni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi mablag'lari hisobidan beriladigan ipoteka kreditlari bo'yicha yillik foiz stavkasi - yiliga ko'pi bilan 5 foiz miqdorida;

dastlabki badalning bir qismini yoki barcha summasini yosh oila a'zolari (er yoki xotin)ning ish beruvchisi bo'lgan yuridik shaxslar tomonidan pul o'tkazish orqali ipoteka krediti oluvchi yosh oila a'zosi nomiga ochilgan maqsadli jamg'arma omonat hisobvarag'iga o'tkazib berilishi mumkin;

bank tomonidan bevosita jalb etilgan xalqaro va xorijiy moliya institutlarining grantlari va investitsiyalari hisobidan beriladigan ipoteka kreditlari bo'yicha muddat va kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi ushbu mablag'larni berish to'g'risida bank va ko'rsatib o'tilgan moliya institutlari o'rtasida tuzilgan tegishli shartnomalar shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

“Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi Qonunning 20-moddasiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasida banklar bank operatsiyalarini amalga oshirishga doir qarorlar qabul qilishda mustaqilligi belgilangan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 21 martdagi PF-2564-sonli “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmonining 9-bandiga muvofiq, bank aktivlari, shu jumladan kreditlar portfelini shakllantirish bilan bog'liq tavakkalchiliklar tadbirkorlikka oid tavakkallikka taalluqli bo'lib, ularni boshqarish tijorat banki rahbariyatining vakolatiga kirishini ma'lum qilamiz.

Shu sababli ipoteka krediti ajratish uchun bevosita tijorat banklariga murojaat etilishi lozimligini bildiramiz.

Savol: Yangi ochilgan xususiy korxonalar uchun olinadigan kreditlar 2011 yil kichik biznes va hususiy tadbirkorlar yilida foiz stavkalari qanday tartibda belgilangan? Men olmoqchi bo'lgan kredit turi savdo uchun. Sirojiddin Yo'ldoshev, Andijon viloyati

Javob: Hurmatli Sirojiddin Yuldoshev, bugungi kunda kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan bir qator kredit turlari ajratilib kelinmoqda, jumladan savdo faoliyatini rivojlantirish uchun quyidagi muddat va foiz stavkalarida kredit mablag'lari ajratilmoqda.

1. Tijorat banklari tomonidan yangi tashkil etilgan korxonalarga savdo faoliyati uchun o'z mablag'lari hisobidan ajratiladigan kredit bo'yicha foiz stavkalari O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi, O'zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi Qonuni hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq mijoz va bank o'rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq belgilanadi.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 6 maydagi 78-son Qarori bilan tasdiqlangan “Mikrokreditlar berish va mikrolizing xizmatlari ko'rsatish tartibi to'g'risida” Nizomga asosan, Mikrokreditbank mablag'lari hisobidan boshlang'ich (start) sarmoyasini shakllantirish uchun mikrokredit yiliga 3 foiz stavka bo'yicha 18 oy muddatgacha:

eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda  yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan tadbirkorlik sub'ektlari uchun;

eng kam oylik ish haqining 100 baravarigacha miqdorda  mikrofirmalar va dehqon xo'jaliklari uchun (yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan);

eng kam oylik ish haqining 200 baravarigacha miqdorda  fermer xo'jaliklari uchun beriladi.

Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub'ektlariga mikrokredit boshlang'ich (start) sarmoyasini shakllantirish uchun ular kredit olish uchun davlat ro'yxatidan o'tkazilgan kundan boshlab 6 oy mobaynida buyurtma taqdim etilganda beriladi.

Mikrokreditlar biznesni rivojlantirish (kengaytirish) va aylanma mablag'larni to'ldirish uchun kichik tadbirkorlik sub'ektlariga (mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xo'jaliklariga) O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizidan yuqori bo'lmagan foiz stavkasi bo'yicha, 24 oy muddatgacha, eng kam oylik ish haqining 500 baravarigacha miqdorda beriladi.

3. “Tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub'ektlariga byudjetdan tashqari jamg'armalar va Mikrokreditbank kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi to'g'risida” Nizom (ro'yxat raqami 1548, 2006 yil 21 fevral)ga asosan:

Dastlabki (boshlang'ich) sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlar faqat yangidan ochilgan va davlat ro'yxatidan o'tkazilgan kundan 6 oydan oshmagan davr mobaynida kredit olish uchun tegishli xizmat ko'rsatuvchi bankka buyurtma bergan yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko'rsatayotgan dehqon xo'jaliklari, mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo'jaliklarining faoliyatini boshlash uchun aylanma mablag'larni shakllantirishga, investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga, asbob-uskunalar sotib olish uchun beriladi.

Ushbu mikrokreditlarni olishda xodimlarining 50 foizidan ortig'ini nogironlar, shu jumladan, Ko'zi ojizlar jamiyati a'zolari tashkil etgan kichik biznes sub'ektlari ustuvorlikka ega bo'ladilar.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qo'shma korxonalar ustav kapitali shakllangandan keyin tashkil etilishlari munosabati bilan ularga ushbu mikrokreditlar berilmaydi.

Dastlabki (boshlang'ich) sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlar yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko'rsatayotgan dehqon xo'jaliklari va mikrofirmalarga eng kam oylik ish haqining 150 baravarigacha miqdorda hamda kichik korxonalar va fermer xo'jaliklariga eng kam oylik ish haqining 300 baravarigacha bo'lgan miqdorda beriladi.

Dastlabki (boshlang'ich) sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlardan foydalanganlik uchun foiz miqdori Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 1/6 qismini tashkil etadi.

Byudjetdan tashqari jamg'armalar kredit liniyalari hisobidan dastlabki (boshlang'ich) sarmoyani shakllantirishga kreditlar qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz 3 yilgacha bo'lgan muddatga beriladi.

Dastlabki (boshlang'ich) sarmoyani shakllantirish uchun berilgan mikrokreditlar bo'yicha foizlar ushbu kreditlar berilgan kundan boshlab hisoblanadi va 12 oy muddat o'tgach undiriladi.

Mazkur mikrokreditlar uchun hisoblangan foizlar dastlabki 12 oy davomida tijorat banklari daromad (foyda) solig'i hisoblash bazasiga kiritilmaydi.

Savol: Ta'lim krediti olish uchun qanday hujatlar talab qilinadi va qanday shaxslar uchun beriladi? Bu kreditni olish uchun ota-onalar davlat tashkilotlarida ishlashlari shartmi? Sirojiddin Yo'ldoshev, Isfandiyor savdo servis korxonasi, Andijon viloyati

Javob: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil
26 iyuldagi 318-conli Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o'quv yurtlarida to'lov-kontrakt asosida o'qish uchun ta'lim kreditlari berish to'g'risida”gi Nizomga muvofiq, ta'lim kreditlari tijorat banklari tomonidan Oliy ta'lim muassasalarining kunduzgi bo'limlariga to'lov-kontrakt asosida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan talabalarning o'qishi uchun talabalarning o'zlariga, ularning ota-onalariga yoki vasiylariga o'zlari yashaydigan aholi punktida joylashgan tijorat banklari muassasalari tomonidan berilishi mumkin.

Ta'lim kreditini olish uchun qarz oluvchi tijorat bankiga, ta'lim krediti berish to'g'risidagi ariza, talaba va oliy ta'lim muassasasi o'rtasidagi to'lov-kontrakt asosida o'qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt), fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan qarz oluvchining yashash joyi to'g'risida berilgan ma'lumotnoma, kreditni qaytarishning ta'minlanishi to'g'risida hujjat shuningdek, imtiyozli ta'lim kreditlari olish huquqiga ega bo'lgan chin etimlar, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari, kam ta'minlangan oilalardan chiqqanlar tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.

Qarz oluvchi yuqoridagi hujjatlarni bankka taqdim etish bilan ayni bir vaqtda pasportini shaxsan ko'rsatadi. Bank pasportdan va taqdim etilgan boshqa hujjatlardan zarur ko'chirmalar va nusxalar olishga haqlidir.