O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ
ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ

Bosh sahifa > Markaziy bank tasarrufidagi korxona va tashkilotlar >

Yangilangan sana: 12.04.2012

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Axborotlashtirish Bosh markazi davlat unitar korxonasi

SSSR davlat bankining O'zbekiston respublikasi banki 1991 yil 31 avgustda O'zbekiston Respublikasi Oliy kengashining o'n ikkinchi chaqiriq navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi qaroriga muvofiq O'zbekiston respublikasi davlat banki deb e'lon qilindi va 1991 yil 31 avgustda  Xisoblash markazi  O'zbekiston respublikasi davlat banki Hisoblash markazi deb qayta nomlandi.

1992 yil 1 avgustdan  O'zbekiston respublikasi davlat bankining Hisoblash markazi  O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1992 yil 31 iyuldagi 54-son buyrug'iga asosan  O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Hisoblash markazi deb qayta nomlandi.

1995 yil 1 maydan O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Hisoblash markazi O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 06.04.1995 yildagi 23-son buyrug'iga asosan O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Axborotlashtirish Bosh markazi deb qayta nomlandi.

2006 yil 9 dekabrdan O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Axborotlashtirish Bosh markazi O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006 yil 9 dekabrdagi 30-A/2 qarori bilan O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Axborotlashtirish Bosh markazi davlat unitar korxonasi deb qayta nomlandi.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Axborotlashtirish Bosh markazi davlat unitar korxonasi tarkibiga uning Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan hududiy bo'limlar ham kiradi. Hududiy bo'limlar O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Axborotlashtirish Bosh markazi davlat unitar korxonasining filiallari hisoblanadi. Bu bo'limlar yuridik shaxs huquqiga va o'zining mustaqil balansiga ega emaslar. Korxona o'z-o'zini mablag' bilan ta'minlash asosida faoliyat ko'rsatadi.

Korxona faoliyatining sohasi:

Korxona O'zbekiston Respublikasi bank tizimida axborot-telekommunikatsiya tizimlarini tadbiq etish bilan shug'ullanadi.

Korxona faoliyatining asosiy maqsadlari:

1. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining banklararo elektron  to'lov tizimini uzluksiz ishlashini ta'minlash;

2. Bank tizimining ma'lumotlar uzatish tarmog'ini loyihalash va ushbu tarmoqni uzluksiz ishlashini ta'minlash;

3. Respublika moliya sektoriga telekommunikatsiya xizmatlari ko'rsatish.

 Korxonaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

1. Elektron to'lov tizimi dasturiy majmualarini ishlab chiqish va tadbiq etish.

2. Elektron to'lovlar tizimining ish faoliyatini ta'minlash.

3. Elektron pochta xizmatini ta'minlash.

4. Markaziy bank elektron xujjat aylanishi tizimini yaratish va uni uzluksiz ishlashini ta'minlash.

5. Markaziy bank integrallashgan axborot-taxlil amaliy dasturiy tizimlarini ishlab chiqish va tadbiq etish.

6. Bank ma'lumotlarini uzatish tarmoqlarini loyihalash, ishlab chiqish va ekspluatatsiya qilish.

7. Bank depozitorlarining Milliy axborot bazasi (BDMAB) ish faoliyatini ta'minlash.

8. Elektron to'lovlar tizimining markazlashtirilgan elektron arxivini yuritish.

9. Amaliy dasturiy tizimlarni ishlab chiqish va tadbiq etish.

10. Hisoblash, aloqa va tashkiliy texnika vositalariga texnik xizmat ko'rsatish.