O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ
ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ

Bosh sahifa > Markaziy bank tasarrufidagi korxona va tashkilotlar > Davlat asillik darajasini belgilash palatasi >

Davlat asillik darajasini belgilash palatasi

Yangilangan sana: 26.10.2011


Davlat proba palatasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 8 fevraldagi Farmoni va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 18 fevraldagi Qarori bilan Moliya Vazirligi huzuridagi Qimmatbaho metallar qo'mitasi qoshida tashkil etilgan.

O'zbekiston Respublikasining 2001 yil 7 dekabrda "Qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasi va tamg'alanishi to'g'risida”gi Qonun qabul qilingach, Davlat proba palatasi “Davlat asillik darajasini belgilash palatasi” deb qayta nomlandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 31 oktyabrdagi “Qimmatbaho metallar xarid qilish, saqlash va sotish tizimini takomilashtirish to'g'risida”gi Farmoni va “O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to'g'risida”gi Qonunining 42-moddasiga muvofiq, Qimmatbaho metallar agentligining Davlat asillik darajasini belgilash palatasi O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki muassasalari maqomiga egadir.

Davlat asillik darajasini belgilash palatasi o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2003 yil 6 dekabrda ¹30/8-son bilan tasdiqlangan “Davlat asillik darajasini belgilash palatasi to'g'risidagi Nizom” asosida olib boradi.

Davlat asillik darajasini belgilash palatasi o'ziga yuklatilgan vakolatlar doirasida quyidagi vazifalarni bajaradi.

- Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amaliyot qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslarni belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazadi. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlash uchun ro'yxatdan o'tganlik guvohnomasini o'rnatilgan tartibda beradi va ushbu guvohnomadan mahrum qiladi.

- O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan  buyumlarni shu bilan bir qatorda, chet eldan sotish uchun keltirilganlarini ham, tahlil qilish va O'zbekiston Respublikasi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tamg'alarini bosishni ta'minlaydi.

- O'zbekiston Respublikasi sud-tergov idoralari uchun qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar va ulardan yasalgan buyumlar bo'yicha texnik ekspertizalar o'tkazadi.

Davlat asillik darajasini tamg'alarining, tayyorlovchilarga tegishli shaxsiy tamg'alarning izlarini texnik ekspertizadan o'tkazadi va ular yuzasidan xulosalar beradi.

- Qotishmalarda, yarimtayyor mahsulotlarda, buyumlarda, chiqindilarda, suyuq aralashmalardagi qimmatbaho metallarni aniqlash uchun arbitraj nazorat analizlarini bajaradi.

- Mineral xom ashyolarni qayta ishlash texnologiyasi bo'yicha loyihalardagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga taalluqli masalalar bo'yicha ekpertizalar o'tkazadi.

- Korxonalar va jismoniy shaxslar buyurtmasiga asosan belgilangan tartibda maxsus reaktivlarini tayyorlab beradi.

Qonunchilikda ko'rsatilgan tartibda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning hisobga olinishi va saqlanishi masalalari bo'yicha o'rnatilgan tartibda:

- mulkchilik shaklining har qanday ko'rinishiga ega bo'lib, idoraviy va ma'muriy-hududiy mansubligidan qat'iy nazar mineral xom ashyolarni texnologik qayta ishlash bilan shug'ullanuvchi, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni ishlab chiqaruvchi va ulardan foydalanuvchi korxonalarni;

- qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni sotib olish, garovga olish va sotish bilan shug'ullanadigan tashkilotlarni, shuningdek, yakka tartibda mehnat va tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarning sifatini, ularda Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tamg'asi mavjudligini nazorat qiladi.

Davlat asillik darajasini belgilash palatasi quyidagi huquqlarga ega:

Davlat asillik darajasini belgilash palatasi va uning tarkibiy bo'linmalari xodimlari o'zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun xizmat guvohnomalarini va yozma farmoyishlarini ko'rsatib, tekshirilayotgan korxonalarining tartibini hisobga olgan holda, kiyimlarini almashtirmay, tekshirishsiz erkin kirish xuquqiga ega.

Taftish va tekshiruv mobaynida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlash qoidalari qo'pol buzilganligi aniqlangan hollarda sud-tergov idoralariga kerakli ma'lumotlarni berish.

Nazorat ostidagi korxonalardan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning tushumi, ajratib olinishi, ishlab chiqarilishi va ishlatilishi, hisobi, saqlanishi, ularning chiqindi va parchalarini to'plab Agentlikka topshirishga daxldor bo'lgan barcha me'yoriy texnik va buxgalterlik va boshqa hujjatlarni, shuningdek, taftish, tekshirish, ish ahvolini tekshirish vaqtida vujudga kelgan savollar bo'yicha ma'lumotnomalar va tushuntirish xatlari taqdim etishni talab qilish, hujjatlarni tekshirish va zarur hollarda xona va joylarni muhrlash.

Taftish va tekshirish o'tkazilayotgan korxona rahbarlariga aniqlangan kamchiliklar va qoida buzishlarni tugatishda so'zsiz bajarilishi lozim bo'lgan ko'rsatmalar berish, shuningdek, korxona, ishlab chiqarish uchastkalarida va saqlash joylarida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan oqilona sarflanmaganda, texnologik jarayonlarda qo'pol buzilishiga yo'l qo'yilganda, saqlanishi ta'minlanmaganida ushbu korxona yoki ishlab chiqarish uchastkalarini muhrlab qo'yish. 

- Texnologik qayta ishlash jarayonida qimmatbaho metallarni asossiz me'yoridan ortiq sarflanishi, ajratib olishni asossiz pasaytirib yuborish, qimmatbaho metallarni qabul qilish, sarflash, hisobga olish, saqlash, Agentlikka qimmatbaho metallarning chiqindi va parchalarini yig'ib topshirish qoidalarini buzganliklari uchun ma'sul shaxslarni amaldagi qonunchilik asosida ma'muriy javobgarlikka tortish.

- Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarga, tarkibida shunday materiallar bo'lgan buyumlarga va sanoat mahsulotlariga andozalar (standart), texnik standartlarni ishlab chiqishda ishtirok etish va kelishish.

- Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlari va buyumlar asillik darajasini aniqlash, tahlil qilish va O'zbekiston Respublikasining Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tamg'asi bilan tamg'alash, shuningdek, boshqa yuridik ahamiyatga ega bo'lgan harakatlar uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 27 mayda ¹232-son “Asillik darajasi to'lovlari va asillik darajasi to'lovlarni undirish to'g'risida”gi qaror bilan tasdiqlangan asillik darajasini aniqlash to'lov haqqini undirish.

- Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlarini tekshirib ko'rish, tamg'alash masalalari yuzasidan qaror qabul qilish, shu jumladan chet el korxonalari buyurtmasi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi hududida to'liq texnologik jarayondan o'tmagan, eksportga mo'ljallangan zargarlik va maishiy buyumlarini testdan o'tkazish va tamg'alash bo'yicha Agentlik bilan kelishilgan holda qarorlar qabul qilish.

- Texnik ekspertiza, asillik darajasi tamg'alari va zargarlik buyumlarini yasovchilarining shaxsiy tamg'alari bo'yicha sud-tergov idoralariga ekspertiza xulosalarini berish.

- O'zbekiston Respublikasi va boshqa mamlakatlarning yuridik va jismoniy shaxslariga kelishilgan shartnoma asosida pullik xizmat ko'rsatish.

- Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amaliyot qiluvchi korxonalar va jismoniy shaxslar uchun bajarilishi majbur bo'lgan me'yoriy-yo'riqnoma hujjatlarning loyihasini tayyorlash jarayonida ishtirok etish.

- Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan ko'rsatiladigan pullik xizmatlari uchun undiriladigan asillik darajasini aniqlash to'lov haqqi va boshqa yuridik ahamiyatga ega bo'lgan harakatlar uchun to'lov loyihasini ishlab chiqish. 

Davlat asillik darajasini belgilash palatasining alohida huquqlari:

            - qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va maishiy buyumlarni O'zbekiston Respublikasi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tamg'asi bilan tamg'alash;

            - arbitraj tahlillarini bajarish, tashqi nazorat tahlilarini bajarish, sud-tergov idoralariga texnik ekspertizalarni o'tkazish;

            - yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga mos kelmagan holda amaliyot qilgan holatlarida, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar va ulardan yasalgan buyumlarni tahlil va ekspertiza uchun olib qo'yish;

            Davlat asillik darajasini belgilash palatasi O'zbekiston Respublikasi Davlat asillik darajasi tamg'asining yagona saqlovchisi va foydalanuvchisidir.

Quyidagi faoliyatlar Davlat asillik darajasini belgilash palatasining nazorat doirasiga kiradi:

- qayta ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarda mineral xom ashyodan qimmatbaho metallarni kompleks ajratib olish;

            - qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni ishlatishda oqilona va samarali foydalanish;

            - ko'rsatib o'tilgan boyliklarning hisoboti holati va uni to'g'ri olib borilishi, saqlanishini ta'minlash;

            - qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning parcha (lom) va chiqindilarini to'plab va qayta ishlash korxonasiga topshirish;

            - qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar ishlatilishi, harakati, saqlanishiga oid me'yoriy-texnik hujjatlarning mavjudligi va ularning talablarini bajarilishiga rioya qilinishi;

- qimmatbaho metallarni tahlil qiluvchi boshqa laboratoriyalar ishi va ularning attestatsiya qilinganligi ustidan vaqti-vaqti bilan va doimiy ravishda nazorat qiladi.

Amaldagi qonunchilikka mos ravishda boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Bulardan tashqari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo'lgan ikkilamchi resurslar va chiqitlarni tayyorlash hamda qayta ishlash” to'g'risidagi 2003 yil 17 noyabrdagi ¹515 qarori, Qimmatbaho metallar Agentligining 2004 yil 26 yanvardagi ¹01-sonli buyrug'i, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash to'g'risida”gi 2003 yil 12 noyabrdagi ¹503 va keyinchalik 2006 yil 27 sentyabrdagi ¹205-son qarori bilan qayta tasdiqlangan faoliyatni litsenziyalash Komissiyasi ishchi organi vazifasi Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga yuklatilgan.