| O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI | ||
| ¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ | ||
| ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ | ||
Bosh sahifa > Markaziy bank tasarrufidagi korxona va tashkilotlar > Davlat asillik darajasini belgilash palatasi >
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
"QIMMATBAHO METALLAR XARID QILISh, SAQLASh VA SOTISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TO'G'RISIDA " 2003 yil 31 oktyabrdagi PF-3346-sonli
"O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi Qonunning 42-moddasiga muvofiq hamda qimmatbaho metallar xarid qilish, saqlash va eksport qilish jarayonini boshqarish tizimi samaradorligini oshirish va ortiqcha bo'g'inlarni qisqartirish maqsadida:
1. 2004 yilning 1 yanvaridan boshlab O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qo'mitasini O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi etib qayta tashkil qilish, Davlat asllik darajasini belgilash palatasini uning ixtiyorida saqlab qolish to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taklifi qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Qimmatbaho metallar agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar ishlab chiqarish hamda ulardan foydalanish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish;
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan sotib olinadigan va sotiladigan qimmatbaho metallarni xarid qilish, saqlash, hisobini yuritish va ortib jo'natish borasidagi ishlarni bajarish;
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki zahiralari tarkibidagi qimmatbaho metallar, shuningdek saqlanayotgan boshqa boyliklar hisobi yuritilishi hamda saqlanishini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
respublika hududida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qazib olish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, sotish, hisobini yuritish va saqlashni tashkil etish ustidan nazoratni uyushtirishda ishtirok etish;
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, tarkibida shunday metall va toshlar bo'lgan buyumlar, ularning parchalari va chiqitlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, hisobini yuritish, saqlash hamda sotishni tashkil qilish masalalari bo'yicha me'yoriy-huquqiy hujjatlarni kelishib olish;
O'zbekiston Respublikasida asllik darajasi nazoratini tashkil etish va tegishli me'yoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash.
3. Belgilab qo'yilsinki:
Qimmatbaho metallar agentligi hamda Qimmatbaho metallar agentligining Davlat asllik darajasini belgilash palatasi O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki muassasalari maqomiga egadirlar;
Agentlik va Davlat asllik darajasini belgilash palatasining faoliyatini moliyalash O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Qimmatbaho metallar agentligi bosh direktori lavozimiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisining o'rinbosari hisoblanadi va belgilangan tartibda tayinlanadi.
4. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qo'mitasida saqlanayotgan boyliklarni 2004 yilning 1 yanvari holati bo'yicha qonunchilikda belgilangan tartibda xatlovdan o'tkazib, qabul qilish va topshirish ishlarini amalga oshirsinlar.
5. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Hisob palatasi oltin-valyuta zahiralarining eng maqbul tarkibiga erishish hamda tavakkalchiliklarini boshqarish vazifalaridan kelib chiqqan holda respublikanig qimmatbaho metallaridan samarali foydalanishni ta'minlasinlar.
6. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy bank va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi takliflarni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Mahfiy.
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O'.T.Sultonov va O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisi F.M.Mullajonov zimmalariga yuklatilsin.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov