| O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI | ||
| ¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ | ||
| ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ | ||
Bosh sahifa > Markaziy bank tasarrufidagi korxona va tashkilotlar > O'zbekiston Respublikasi Moliya sohasini rivojlantirish agentligi >
O'zbekiston Respublikasi Moliya sohasini rivojlantirish agentligi faoliyati to'g'risida ma'lumot
Moliya sohasini rivojlantirish agentligi (Agentlik) maxsus moliya tashkiloti bo'lib, u o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki qoshida amalga oshiradi. Agentlik Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 19 iyuldagi 348-sonli qarori bilan respublika moliya sohasining rivojlanishga yo'naltirilgan loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan.
O'tgan davr mobaynida, Agentlik xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi bir qator loyihalarni amalga oshirdi. Jumladan, Agentlik 1999-2004 yillar mobaynida Jahon bankining «Moliya sohasini institutsional rivojlantirish» loyihasini amalga oshirdi. Jahon banki ushbu loyiha amalga oshirishi uchun O'zbekistonga 25 mln. AQSH dollari miqdorida qarz mablag'lari ajratdi.
Loyihaning asosiy maqsadlari bank tizimining me'yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish, moliya sektorining informatsion tizimini mustahkamlash, banklarni restrukturizatsiyalash va xususiylashtirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish hamda yirik banklarda samarali bank faoliyatini joriy etishdan iborat edi.
Loyiha amalga oshirilgandan so'ng banklarda korporativ boshqaruvni yaxshilashga, banklar orasida raqobatni rivojlantirishga, Markaziy bankning nazorat funktsiyasini mustahkamlashga erishildi.
Agentlik tomonidan amalga oshirilgan loyihalardan yana biri Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) «Kichik va mikromoliyalashtirishni rivojlantirish» loyihasi bo'lib, ushbu loyiha 2004-2010 yillar davomida amalga oshirildi. OTB mazkur loyiha uchun 20 mln. AQSH dollari miqdorida qarz mablag'lari ajratdi.
Loyiha doirasida kichik biznesga moliya xizmatlarini samarali ko'rsatishning me'yoriy huquqiy bazasini va mexanizmini yaratishdan iborat bo'lib, loyiha qo'yidagi komponentlardan tashkil topgan edi: 1) kredit uyushmalari uchun institutsional bazani yaratish; 2) kichik biznesni moliyalashtirish uchun loyihada ishtirok etayotgan tijorat banklariga kredit liniyalari ochish.
Loyihani amalga oshirish davomida kredit uyushmalari faoliyatini tartibga solib turuvchi asosiy qonunchilik hujjatlari qayta ko'rib chiqildi va ularga tegishli o'zgartirishlar kiritildi.
Shu bilan birga, Moliya sohasini rivojlantirish agentligi Kredit uyushmalari assotsiatsiyasi va Mikromoliya tashkilotlari hamda kredit uyushmalarining milliy assotsiatsiyasi bilan birgalikda kredit uyushmalari xodimlarining buxgalteriya hisobi va hisoboti, kredit tahlili va kredit hujjatlarini rasmiylashtirish, moliyaviy boshqaruv hamda biznes rejani tuzish sohalaridagi bilimlarini oshirish maqsadida bir qator amaliy seminarlarni tashkil etdi.
Bundan tashqari, OTB loyihasi doirasida nobank moliya tashkilotlariga qarzdorlar to'g'risidagi kredit axborotlarini almashish imkoniyatini ta'minlovchi ma'lumotlar bazasini yaratishda Markaziy bank huzuridagi Kredit axboroti milliy institutiga texnik ko'mak ko'rsatildi.
Hozirgi davrda, Moliya sohasini rivojlantirish agentligi Germaniyaning Xalqaro hamkorlik bo'yicha jamg'arma kassalari fondi bilan birgalikda "Pul jamg'armalarini mobilizatsiya qilish” hamda “O'zbekistonda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish” loyihalarini amalga oshirib kelmoqda.