| O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI | ||
| ¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ | ||
| ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ | ||
Bosh sahifa > E'lonlar va tenderlar >
Ko'rgazmaga marhamat
«Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» Davlat dasturi hamda davlat rahbarining 2011 yil 6 apreldagi "O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida”gi Qarorini bajarish maqsadida shu yil 27-28 aprel kunlari Toshkent shahridagi Markaziy ko'rgazmalar zalida “Banklar - tadbirkorlarning hamkori va tayanchi” mavzuida “BankExpo-2011” bank texnologiyalari ko'rgazmasi tashkil etiladi.
Ko'rgazma mehmonlari:
- bank tizimining bugungi kundagi ahvoli va uning rivojlanish istiqbollari;
- tijorat banklari taqdim etayotgan xizmatlar, shu jumladan, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda ko'rsatilayotgan bank xizmatlari, shuningdek, eng yangi bank texnologiyalari va uskunalari;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini milliy va xorijiy valyutada, xususan xorijiy kredit liniyalari orqali kreditlash shartlari va tartiblari bilan tanishishlari mumkin.