Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Moliya-iqtisod departamenti

Yangilangan sana:  4 Mar 2020, 16:06
  • Rahbar: Bоbоyev Ilizоd Maxmutovich

Aloqa ma’lumotlari

Telefon: 71-212-61-37

Vazifa va funksiyalar

Departamentning vazifalari:
  • Markaziy bank amalga oshiradigan xarajatlarini daromadlar va xarajatlar moliyaviy rejasiga muvofiq moliyalashtiradi va nazorat qiladi;
  • Markaziy bank tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibini ishlab chiqadi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyati bilan bog‘liq moliya-xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshiradi va hisobini yuritadi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi korxona va tashkilotlar hamda Bosh boshqarmalarining moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qiladi.
Departamentning funksiyalari:
  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mablag‘laridan to‘g‘ri va samarali foydalanilishi va tushayotgan daromadlarning to‘g‘ri kirim qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
  • Markaziy bankning yillik daromadlari va xarajatlari moliyaviy rejasini ishlab chiqadi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tizimi xodimlarining shtatlar jadvalini ishlab chiqadi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki apparatini, uning Bosh boshqarmalarini hamda huzuridagi korxona va tashkilotlarni saqlash xarajatlariga mablag‘lar ajratadi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining moliyaviy faoliyati to‘g‘risidagi yillik hisobotni tayyorlashda qatnashadi.

USD = 12695.00
+11.01
EUR = 13648.39
+0.42
RUB = 138.12
-1.12
GBP = 15859.86
-42.06
JPY = 81.70
-0.36
CHF = 13972.04
+7.5
CNY = 1757.00
-0.2
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X