Asosiy stavka nima?
Markaziy bank asosiy stavkasi – inflatsion targetlash rejimi doirasida pul-kredit siyosatini yuritishning asosiy instrumenti bo`lib, Markaziy bankning tijorat banklari bilan amalga oshiradigan pul-kredit operatsiyalari bo`yicha mo`ljal foiz stavkasi hisoblanadi. Ushbu stavkani o`zgartirish orqali Markaziy bank iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta`minlash uchun zarur bo`lgan pul-kredit sharoitlarini belgilab boradi.
Markaziy bankning tijorat banklari bilan likvidlikni taqdim etish va jalb etish bo`yicha asosiy operatsiyalari (muddati 2 haftagacha bo`lgan depozit, REPO va SVOP auksionlari) asosiy stavka doirasida amalga oshiriladi va banklararo pul bozoridagi operatsiyalarga ta`siri orqali bank xizmatlari (depozitlar va kreditlar) bo`yicha foiz stavkalarning belgilanishida muhim omillardan hisoblanadi.