Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki rahbar xodimlarining boshqaruv qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida Rossiya Banki Universiteti ekspertlari tomonidan bir haftalik seminar-trening oʼtkazildi.
Trening ishtirokchilari jamoani shakllantirish va rivojlantirish, ishni rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish, shuningdek, motivatsiya va jamoa bilan muloqot qilish yoʼnalishlarida boshqaruv koʼnikmalarini oshirdi.
Olingan koʼnikmalarni amaliyotda qoʼllash maqsadida oʼquv mashgʼulotlari interfaol shaklda tashkil etildi. Tadbir soʼngida ishtirokchilar olgan bilimlari asosida oʼz taqdimotlari bilan chiqishdi.
Markaziy bank xodimlarining boshqaruv salohiyatini oshirishga qaratilgan seminar-trening
Yangilangan sana:
1 May 2024, 11:44