Pul-kredit operatsiyalari nima?
Pul-kredit siyosati asosiy operatsiyalari
Markaziy bank faoliyatining asosiy maqsadi bo`lgan iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta`minlashda transmission mexanizm foiz kanali ta`sirchanligini oshirish maqsadida pul-kredit operatsiyalari amalga oshiriladi.
Pul-kredit operatsiyalari bank tizimi umumiy likvidligini tartibga solish orqali qisqa muddatli foiz stavkalarini boshqarishga yo`naltirilgan.
Markaziy bank tomonidan ushbu operatsiyalar foiz koridori mexanizmi asosida amalga oshiriladi va pul bozori foiz stavkalarining asosiy stavkaga nisbatan ±2 foizlik koridorda shakllanishini ta`minlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki
pul-kredit siyosatining operatsion mexanizmi
Maqsadi |
Instrument turi |
Instrumentlar |
Shartlari |
Foiz stavkasi |
Likvidlikni taqdim etish* |
Auksion shaklidagi operatsiyalar |
1 haftalik REPO auksionlari |
7 kun |
Asosiy stavka |
Valyuta garovi asosidagi |
7 kun |
|||
1 haftalik SVOP auksionlari** |
||||
2-6 kunlik “toʻgʻrilash” REPO va valyuta garovi asosidagi kredit auksionlari |
Likvidlik holatidan |
|||
2-6 kunlik “toʻgʻrilash” |
||||
Doimiy tusdagi operatsiyalar |
Overnayt REPO operatsiyalari |
1 kunlik |
Asosiy stavka |
|
Valyuta garovi asosidagi |
||||
Overnayt SVOP |
||||
Kun davomidagi |
Kun ichida |
Foizsiz |
||
Likvidlikni jalb etish * |
Doimiy tusdagi operatsiyalar |
Overnayt depozit operatsiyalari |
1 kunlik |
Asosiy stavka |
Auksion shaklidagi operatsiyalar |
1 haftalik |
7 kunlik |
Asosiy stavka |
|
2-6 kunlik “toʻgʻrilash” depozit auksionlari |
Talab |
|||
Markaziy bank |
7 kunlik |
Asosiy stavka |
||
12 oygacha |
Asosiy stavka |
* Markaziy bankning barcha turdagi auksion va overnayt shaklidagi operatsiyalarining soʻndirilish vaqti belgilangan kun soat 10:00 da amalga oshiriladi.
** Zaruratga qarab qoʻllaniladigan operatsiyalar.
*** Zaruratga qarab boshqa ish kunlarida ham o‘tkazilishi mumkin.
Likvidlikni taqdim etish operatsiyalari
1. REPO auksioni – bu kredit tashkilotlaridan qimmatli qog`ozlarni markaziy bank tomonidan sotib olish va keyinchalik ularni oldindan belgilangan narxda ma`lum muddatdan keyin sotish bo`yicha ikki tomonlama bitim.
Markaziy bank REPO stavkasini – asosiy stavka darajasida belgilaydi – bu o`z o`rnida REPO operatsiyalari bo`yicha taqdim etilgan mablag`lar uchun narx hisoblanadi. Davlat qimmatli qog`ozlari va Markaziy bank obligatsiyalari oldi-sotdi predmeti hisoblanadi.
2. Valyutaviy SVOP auksioni – oldindan belgilangan valyuta kurs (forvard operatsiyasi) bo`yicha ma`lum vaqtdan keyin teskari operatsiyani amalga oshirish sharti bilan ikki tomonlama valyuta ayirboshlash operatsiyasi (spot operatsiyasi).
Forvard kursini hisoblashda milliy valyutaning qiymati sifatida Markaziy bankning asosiy stavkasidan foydalaniladi. Bitim predmeti xorijiy valyuta hisoblanadi.
3. Overnayt REPO va Overnayt valyutaviy SVOP operatsiyalari – bir kun muddatga “asosiy stavka + 2%” stavkada muntazam qo`llaniladigan operatsiyalar.
Likvidlikni jalb etish operatsiyalari
1. Markaziy bank obligatsiyasi – obligatsiya egasi tomonidan belgilangan tartibda daromad olish huquqini beruvchi Markaziy bank tomonidan elektron shaklda emissiya qilinadigan qimmatli qog`ozlar.
2. Depozit auksionlari – Markaziy bankning tijorat banklaridan depozitlarga asosiy stavka darajasida mablag`larni jalb qilish operatsiyalari. Ushbu auksionlar 2022 yilning mart oyidan boshlab “to`liq qoplanadigan o`zgarmas foiz stavkali” operatsiyalar (fixed rate – full allotment) ko`rinishida amalga oshiriladi.
3. Overnayt depozit - “asosiy stavka - 2%” stavkasi bo`yicha 1 kun muddatga muntazam foydalaniladigan operatsiyalar.