Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Markaziy bank grantlari

Yangilangan sana: 10 Iyun 2026, 09:47

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tadqiqot granti tanlovini e’lon qiladi.

Tadqiqot mavzusi “O‘zbekistonda kreditga talabning yuqori shakllanishining xulq-atvor omillari”

Bunda Kreditga talabning shakllanishida xulq-atvor omillarining rolini aniqlash va baholash hamda natijalar asosida amaliy tavsiyalar, shu jumladan yumshoq ta’sir choralarini ishlab chiqish talab etiladi.

Tanlovda oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug'ullanadigan yuridik shaxslar ishtirok etish uchun ariza topshirishi mumkin.

Ushbu tadqiqot granti miqdori 120 mln so‘mni tashkil qiladi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  • Oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot tashkiloti bo‘lishligi;
  • Jamoada kamida 2 nafar PhD (yoki unga tenglashtirilgan) ilmiy darajaga ega mutaxassis mavjudligi;
  • Kamida bitta a’zo xulq-atvor iqtisodiyoti yoki eksperimental iqtisodiyot yo‘nalishida tajribaga ega bo‘lishi hamda shu sohada tadqiqotlar olib borgan bo‘lishi.

Taqdim qilinadigan hujjatlar:

1.    Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjat;

2.    Tadqiqot loyihasi taklifi (3-5 sahifa): qisqacha adabiyotlar sharhi, taklif etilayotgan metodologiya, ish grafigi va asosiy yondashuvlar.

3.    Jamoa a’zolarining ma’lumotnomalari (CV);

4.    Jamoa a’zolarining nashr qilingan ilmiy maqolalari ro‘yxati.

Arizalarni m.yakubov@cbu.uz elektron pochta manziliga yuborishingiz so`raladi.

Arizalar joriy yilning 30-iyun kuniga qadar qabul qilinadi.

Qo‘shimcha savollar yuzasidan 71 233 00 65 hamda 71 212 73 94 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Tanlov natijalari Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi.




USD = 12058.45
-27.11
EUR = 13818.98
-51.62
RUB = 164.04
-0.48
GBP = 15959.36
-43.13
JPY = 74.77
-0.39
CHF = 14964.57
-93.44
CNY = 1781.34
-4.4
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X