Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Esdalik tangalarini saqlash bo‘yicha tavsiyalar

Yangilangan sana:  22 Fev 2020, 00:12

Qimmatbaho metallardan tayyorlangan buyumlar ularga mexanik shikast yetmaydigan sharoitlarda saqlanishi kerak.

Tangalarni tarkibida aktiv kimyoviy birikmalar mavjud bo‘lgan maishiy kimyo mahsulotlari, kosmetik va dori vositalari bilan birga saqlash mumkin emas. Ayniqsa, tangalarni xlor, yod va simob kabi birikmalarga yaqin saqlash nihoyatda xavflidir.

Tangalarni qolibsiz (qattiq va shaffof kapsulalar) polivinilxloriddan tayyorlangan albomlarda (rangsiz, shaffof plastmassa, termoplastik polimer) saqlash qatiyan tavsiya etilmaydi. Polivinilxlorid vaqt o‘tishi bilan yoriladi va o‘zidan xlororganik birikmalarni chiqarib, tangalarda yashil dog‘larni paydo qilishi va ular sifatining yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

Shuningdek, tangalarni banknotalar bilan birga saqlash ham tavsiya etilmaydi, chunki bo‘yoq va qog‘ozda oltingugurt birikmalari mavjud bo‘lib, ular tanga yuzasi qorayishini keltirib chiqarishi mumkin.


USD = 12640.21
-49.76
EUR = 13559.15
+1.19
RUB = 137.02
-0.18
GBP = 15817.96
+46.87
JPY = 81.22
-0.68
CHF = 13850.77
-28.67
CNY = 1744.13
-7.15
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X