Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Kadrlar siyosati

Yangilangan sana:  12 Mar 2020, 15:35

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi PF-5296-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq Markaziy bankka xodimlarning oqilona tanlovini, joy-joyiga qo‘yish va rotatsiyasini, kadrlar zaxirasini sifatli shakllantirishni, shuningdek xodimlarning mehnati samaradorligi va motivatsiyasini oshirishni ta’minlovchi xodimlarni boshqarishning zamonaviy tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish vazifasi yuklatilgan.

Mazkur Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida 2019-2021 yillar uchun xodimlarni boshqarish Siyosati ishlab chiqildi. Markaziy bankning strategik maqsadlariga erishishni ta’minlovchi yuqori malakali kadrlar salohiyatini shakllantirish Siyosatning asosiy maqsadi etib belgilandi.

Xodimlarni boshqarish siyosatining asosiy vazifalari quyidagi samarali tizimlarni yaratishdan iborat: 

  • xodimlarni tanlash va ularni ish jarayoniga moslashtirish;
  • xodimlarni baholash va samarali motivatsiya qilish;
  • xodimlarni rivojlantirish;
  • iqtidorlarni boshqarish va kadrlar zaxirasini shakllantirish;
  • korporativ qadriyatlarni rivojlantirish.

Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga nomzodlarni tanlov asosida saralab olish tartibi

Markaziy bankda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlariga nomzodlarni tanlab olish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019 yil 18 iyuldagi 16/7-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga nomzodlarni tanlov asosida saralab olish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu Nizom orqali O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga shaffoflik va ochiqlik tamoyilari ostida yuqori malakali xodimlarni tanlov asosida saralab olish tizimi joriy qilindi. Tanlovning asosiy maqsadi yuqori malakali xodimlarni ishga qabul qilish orqali Markaziy bankning strategik maqsadlariga muvaffaqiyatli erishishni ta’minlash.

Tanlov quyida keltirilgan bosqichlarda amalga oshiriladi: 

  • nomzodlarning rezyumelari tahlili; 
  • test sinovlari (kasbga oid, mantiqiy fikrlash, bank tizimiga oid qonunchilikni va xorijiy tillarni bilish darajasi); 
  • nomzodning Markaziy bank qadriyatlariga mos kelishi bo‘yicha suhbat; 
  • nomzodning professional va liderlik kompetensiyalari bo‘yicha suhbat.

Yuqorida keltirilgan bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ishga taklif qilinadilar.

Xodimlarni o‘qitish va rivojlantirish siyosati

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish bo‘yicha uzluksiz tizim yaratilgan bo‘lib, u o‘z ichiga chet el xalqaro tashkilotlari, moliya institutlari, chet el banklari va boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan seminar, o‘quv kurslari, treninglar, halqaro anjumanlar, stajirovka va xorijiy xizmat safarlarini qamrab oladi.

Markaziy bank xodimlari uchun Xalqaro valyuta fondi (XVF), Yaponiyaning xalqaro hamkorlik markazi (JICA), Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA), Yaponiya siyosiy fanlar milliy instituti (GRIPS), Yaponiyaning Sukuba va Xitotsubashi universitetlari, Yaponiyaning takomillashgan grant dasturi (JDS) hamda Yaponiya xalqaro universitetlarining boshqa grantlari asosida magistratura yo‘nalishlarida tanlov asosida tahsil olish imkoniyatlari mavjud.

Qo‘shimcha ma’lumot yoki savollar yuzasidan Kadrlar bilan ishlash departamentiga murojaat qilishingizni suraymiz: (+99871) 212-60-91, 212-60-46. E-mail: recruit@cbu.uz


USD = 10315.62
+20.29
EUR = 12210.60
+15.78
RUB = 136.28
-1.37
GBP = 13322.62
+151.8
JPY = 98.67
+1.67
CHF = 11315.95
-15.03
CNY = 1524.29
+17.58
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X