Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
9077

Korrupsiyaga qarshi kurashish

Yangilangan sana: 23 Apr 2026, 16:46

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi
Timur Amindjanovich Ishmetovning
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha
M U R O J A A T I

Korrupsiya davlat taraqqiyotiga toʻsiq boʻladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan, jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtiradigan eng jiddiy tahdid

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev

Korrupsiya har qanday koʻrinishda jamiyat taraqqiyotiga toʻsqinlik qilishi, davlat organlari va tashkilotlariga boʻlgan ishonchni susaytirishi hamda qonun ustuvorligiga putur yetkazishini barchamiz yaxshi anglaymiz.

Zero, Davlatimiz rahbarining 2025-yil 26-dekabrdagi Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga murojaatnomasida “Korrupsiyaga yoʻl qoʻyish – islohotlarga xiyonat ekanligi va bu illatga qarshi kurashish boʻyicha 2026-yilda “favqulodda holat” eʼlon qilinganligi” taʼkidlab oʻtildi.

Shu sababli, Yangi Oʻzbekistonda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, inson huquqlari va manfaatlarini soʻzsiz taʼminlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlar doirasida barcha sohalarda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish muhitini shakllantirish talab etiladi.

Markaziy bank tizimida ham korrupsiyaning oldini olish choralarini koʻrish, uni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan sabab va shart-sharoitlarni barvaqt aniqlash hamda bartaraf etish boʻyicha samarali tizimni shakllantirishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Markaziy bank tizimida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tashkil etilganligi, ishga qabul qilishni ochiq tanlovlar asosida amalga oshirilishi, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish, xaridlarni amalga oshirishda korrupsiyaviy xatarlarni aniqlash va bartaraf etish amaliyotlari joriy qilinganligi hamda pul va ichki valyuta bozorlaridagi operatsiyalarning toʻliq bozor mexanizmlari asosida amalga oshirilishi kabi qator amaliy ishlarni keltirib oʻtish mumkin.

Natijada, Markaziy bank tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar 2025-yildagi korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi bo‘yicha reyting baholash yakunlariga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlari orasida yuqori – 95 ball bilan baholandi.

Shuningdek, Markaziy bank tavsiyalari asosida bank tizimida aholi va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatilayotgan bank xizmatlarini raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, bank tizimida korrupsiyaning oldini olish choralarini koʻrish, uni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan sabab va shart-sharoitlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi murosasiz muhitni shakllantirish borasidagi ishlar kelgusida ham izchillik bilan davom ettiriladi.

Markaziy bank korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish boʻyicha ishlarni samarali tashkil etishda fuqarolarimizning faolligini va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlaydi.

Markaziy bankning markaziy apparati, uning hududiy bosh boshqarmalari hamda tasarrufidagi korxonalari xodimlarining qonunchilikka zid xatti-harakatlari yoki harakatsizliklarining guvohi boʻlsangiz yoki xodimlarning korrupsiya va boshqa huquqbuzarlik holatlariga aloqadorligi yuzasidan maʼlumotlarga ega boʻlsangiz, Markaziy bankning (71) 200-00-44 raqamli Ishonch telefoni yoki ushbu aloqa kanallari: telegram bot va rasmiy veb-sayt orqali oʻz murojaatingizni yoʻllashingiz mumkin.

Murojaatingiz qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda koʻrib chiqiladi hamda tasdiqlangan korrupsion holatlar boʻyicha keskin qonuniy choralar koʻriladi.

Oʻz navbatida, Markaziy bank tizimida mehnat qilayotgan har bir rahbar va xodimni korrupsiya holatlarining har qanday koʻrinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlishga hamda oʻz xizmat vazifalarini halol va xolis bajarishga yana bir bor chaqiraman.

Korrupsiyaga qarshi kurashish har birimizdan yuksak huquqiy ong, fuqarolik masʼuliyati va shaxsiy daxlsizlikni talab etadi. Faqatgina birgalikdagi qatʼiy saʼy-harakatlarimiz orqaligina ushbu illatga barham berishimiz mumkin.

Markaziy bankning korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari haqidagi yillik HISOBOT

pdf 331.3 КБ
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki(markaziy apparat, hududiy bosh boshqarmalar va tasarrufdagi korxonalar)da 2025-yil davomida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining amal qilishi haqida UMUMIY HISOBOT


USD = 11993.53
+40.8
EUR = 14054.02
+32.27
RUB = 158.52
-0.96
GBP = 16262.03
+13.49
JPY = 76.41
+0.07
CHF = 15313.50
+20.86
CNY = 1755.93
+5.43
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X