- Rahbar: Xamidov Xusan Mirsidikovich
Aloqa ma’lumotlari
Telefon: 71-212-60-43Vazifa va funksiyalar
- Markaziy bank tomonidan litsenziyalanadigan tashkilotlarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish, sohaga oid qonun va qonun osti hujjatlarini FATF tavsiyalariga moslashtirish va risklarni minimallashirish;
- Tijorat banklari tomonidan valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda valyutani tartibga solishga oid to'g'risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini tashkil qilish;
- Masofadan turib va joyiga chiqib tekshirish orqali Markaziy bank tomonidan litsenziyalanadigan tashkilotlarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtitrishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtitrishga qarshi kurashish to'g'risidagi qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu soha bilan bog'liq ma'lumotlarni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etilishini nazorat qilish;
- Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishni oldini olish bo'yicha bank va nobank kredit tаshkilotlari sektorida risklarni baholash, tahdid va zaifliklarni aniqlash, tahlil qilish va o'rganish natijalari bo'yicha xavflarni kamaytirish choralarini ko'rish;
- Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasi bo'yicha xalqaro tashkilotlar bilan malumot almashishni tashkil etish;
- Tijorat banklari tomonidan valyuta operatsiyalarini amalga oshirilshining qonuniyligini o'rganish boyicha masofaviy va joyiga chiqib tekshiruvlar o'tkazish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tegishli choralar ko'rish.