Majburiy rezervlar nima?
Majburiy zaxiralash
Majburiy zaxiralash – bu banklarning Markaziy bankda ochilgan maxsus hisobvaraqlarida saqlanadigan mablag`lari va (yoki) vakillik hisobvaraqlarida yuritiladigan, o`rtachalash koeffitsienti hajmidan kelib chiqib hisoblanadigan, majburiy zaxiralarning o`rtacha miqdori hisoblanadi.
O`rtachalash koeffitsienti – 0 dan 1 gacha bo`lgan koeffitsient, Markaziy bankdagi korrespondentlik hisobvarag`ida saqlashning ma`lum muddati davomida saqlash uchun zarur bo`lgan majburiy zaxiralarning o`rtacha miqdorini aniqlash uchun foydalaniladi.
Tijorat banklari majburiyatlari qanday valyutada bo`lishidan qat’iy nazar, zaxiralarni faqat milliy valyutada shakllantiradilar.
Majburiy zaxiralarni saqlash davri 28 va 35 kalendar kunlaridan iborat bo`lib, haftaning payshanba kuni boshlanib chorshanba kuni tugaydi.
Majburiy zaxiralar quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- bank tizimi likvidligini samarali boshqarish;
- pul bozori foiz stavkalarining qisqa muddatli o`zgaruvchanligini o`rtachalash koeffitsientidan foydalanish orqali kamaytirish;
- differensial normativlarni qo`llash orqali bank tizimida dollarizatsiya darajasini pasaytirish.