Strategiya 2026-2030
2026-2030-yillarga mo‘ljallangan moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish milliy strategiyasida O‘zbekistonda moliyaviy texnologiyalar bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va maqsadli ko‘rsatkichlari belgilangan. Strategiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-359-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, raqamli moliyaviy infratuzilmani mustahkamlash, investitsiyalarni jalb qilish va sohaning kadrlar salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.
Strategiyani amalga oshirish doirasida Markaziy bank moliyaviy texnologiyalar sohasidagi innovatsion mahsulotlar va xizmatlarni nazorat qilinadigan sharoitlarda sinovdan o‘tkazish mexanizmi – tartibga solish qumdoni faoliyatini ta’minlaydi. Batafsil