Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

2020-yilning 22-yanvar kuni Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) “Xalqaro Moliyaviy Statistika” axborot-statistik tizimida O‘zbekiston Respublikasining sahifasi ochildi.

Yangilangan sana:  24 Yan 2020, 15:26
23 Yan 2020

Mazkur tizim XVJning asosiy axborot-statistik ma’lumotlar tarmog‘i bo‘lib, unda XVJga a’zo 200 ga yaqin mamlakatlarning iqtisodiy, moliyaviy, ijtimoiy va boshqa statistik ma’lumotlari e’lon qilib boriladi. Tizimda joylashtirilgan ma’lumotlar mamlakatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni tahlil qilishda xalqaro ekspertlar, moliyaviy institutlar hamda investorlar tomonidan foydalaniladigan muhim manba hisoblanadi.

XVJning “Xalqaro Moliyaviy Statistika” axborot-statistik tizimidagi O‘zbekiston Respublikasi sahifasida mamlakatimiz bo‘yicha muhim ijtimoiy-iqtisodiy statistik ko‘rsatkichlar, shu jumladan Yalpi ichki mahsulot, pul-kredit statistikasi, to‘lov balansi, xalqaro investitsiya pozitsiyasi, mehnat bozori va demografiya ko‘rsatkichlari hamda boshqa statistik ma’lumotlar davriy ravishda e’lon qilib boriladi.

USD = 12683.99
+35.87
EUR = 13647.97
+25.94
RUB = 139.24
+0.82
GBP = 15901.92
-9.41
JPY = 82.06
-0.19
CHF = 13964.54
+2.6
CNY = 1757.20
+2.32
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X