- Rahbar: Turg'inboev Sanjarbek Alisher O'g'li
Aloqa ma’lumotlari
Telefon: 71-212-60-09Vazifa va funksiyalar
Departamentning asosiy vazifalari:
-
Markaziy bank faoliyatiga oid dolzarb masalalar yuzasidan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish;
-
pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan takliflar tayyorlash maqsadida makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirishni amalga oshirish;
-
pul-kredit va moliyaviy statistikani shakllantirish, yuritish va tarqatish;
Departamentning asosiy funksiyalari:
-
Markaziy bank faoliyatiga oid dolzarb masalalar bo‘yicha makro va mikroiqtisodiy tadqiqotlarni o‘tkazish;
-
jahon iqtisodiyotidagi, shu jumladan asosiy tashqi savdo hamkor davlatlar iqtisodiyotidagi jarayon va tendensiyalarni o‘rganib borish hamda mamlakat iqtisodiyotiga ta'sirini tahlil qilish va prognozlashtirish;
-
iqtisodiyotidagi joriy holat va tendensiyalarni o‘rganish yuzasidan real sektor korxonalari va aholi o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish;
-
xalqaro tajriba va talablarni o‘rganish asosida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha pul-kredit va moliyaviy statistikani shakllantirish va tarqatish amaliyotini takomillashtirish.