Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Majburiy rezervlar nima?

Yangilangan sana:  24 Noy 2022, 16:24

Majburiy zaxiralash

Majburiy zaxiralash bu banklarning Markaziy bankda ochilgan maxsus hisobvaraqlarida saqlanadigan mablag`lari va (yoki) vakillik hisobvaraqlarida yuritiladigan, o`rtachalash koeffitsienti hajmidan kelib chiqib hisoblanadigan, majburiy zaxiralarning o`rtacha miqdori hisoblanadi.

O`rtachalash koeffitsienti – 0 dan 1 gacha bo`lgan koeffitsient, Markaziy bankdagi korrespondentlik hisobvarag`ida saqlashning ma`lum muddati davomida saqlash uchun zarur bo`lgan majburiy zaxiralarning o`rtacha miqdorini aniqlash uchun foydalaniladi.

Tijorat banklari majburiyatlari qanday valyutada bo`lishidan qat’iy nazar, zaxiralarni faqat milliy valyutada shakllantiradilar.

Majburiy zaxiralarni saqlash davri 28 va 35 kalendar kunlaridan iborat bo`lib, haftaning payshanba kuni boshlanib chorshanba kuni tugaydi.

Majburiy zaxiralar quyidagi funksiyalarni bajaradi:

-      bank tizimi likvidligini samarali boshqarish;

-      pul bozori foiz stavkalarining qisqa muddatli o`zgaruvchanligini o`rtachalash koeffitsientidan foydalanish orqali kamaytirish;

-      differensial normativlarni qo`llash orqali bank tizimida dollarizatsiya darajasini pasaytirish.

Ma`lumot uchun “Tijorat banklarining O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga o`tkaziladigan majburiy rezervlari to`g`risidagi” Nizom



USD = 12683.99
+35.87
EUR = 13647.97
+25.94
RUB = 139.24
+0.82
GBP = 15901.92
-9.41
JPY = 82.06
-0.19
CHF = 13964.54
+2.6
CNY = 1757.20
+2.32
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X