Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qaror yuzasidan sharh

Yangilangan sana:  6 Fev 2024, 15:32
6 Fev 2024

Markaziy bank boshqaruvining “Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 31-yanvarda 1545-6-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan:

- banklararo to‘lov tizimining ishtirokchilari bo‘lib banklardan tashqari qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar bo‘yicha hisob-kitoblarni va markazlashgan kliringni amalga oshirish faoliyatini yuritadigan “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJ hamda “Milliy kliring markazi” AJ hisoblanishi belgilandi, shuningdek mazkur tashkilotlarni to‘lov tizimiga ulanish tartibi keltirib o‘tildi;

- тijorat banklarining likvidlilik bilan bog‘liq masalalarini xalqaro tajriba asosida samarali tartibga solish maqsadida, banklararo to‘lov tizimida tijorat banklari o‘rtasidagi pul bozori operatsiyalari (+30 daqiqa) hamda Markaziy bank va tijorat banklari o‘rtasidagi
pul-kredit operatsiyalariga (+60 daqiqa) oid to‘lovlar uchun qo‘shimcha vaqt berilmoqda. Bunda bank mijozlarining to‘lovlarini amalga oshirish vaqti o‘zgarishsiz qoldirildi;

- shuningdek, nizomning ayrim bandlaridagi normalar amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirildi hamda bugungi kundagi bank amaliyotidan kelib chiqib ba’zi talablar takomillashtirildi.

Hujjat bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

USD = 12620.01
-42
EUR = 13522.34
-71.59
RUB = 135.74
-1.91
GBP = 15815.40
-33.64
JPY = 81.03
+0.22
CHF = 13846.84
-38.47
CNY = 1742.35
-4.95
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X